Murodullayeva Bibisora Amirillo qizi SamDU pedagogika fakulteti 3- bosqich talabasi Annotatsiya: Mustaqil Respublikamizning bugungi ma’rifiy va ma’daniy hayotida asrlarga
teng sezilarli o’zgarishlar yuz bermoqda. Qisqa vaqt ichida jamiyatimizning barcha sohalarida,
shu jumladan ta’lim sohasida ham ko’zga ko’rinarli darajada o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqola orqali o’qituvchilik kasbining ne chog’li mashaqqatli ekanligi va jamiyat hayotida
tutgan o’rni bu borada amalga oshirilgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohatlar
mohiyati haqida fikr yuritmoqchimiz.
Kalit so’zlar: o’qituvchi,jamiyat,kasb,talab,yoshlar ,mamlakat.
“ Tarbiyachi-ustoz bo’lishi uchun,boshqalarning aql –idrokini o’stirish,ma’rifat ziyosidan bahramand qilish,haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqora qilib yetishtirish uchun,eng avvalo tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi,ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak”. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. O’qituvchilik kasbi va hozirgi zamon jamiyatining talabi qanday?Jamiyat tomonidan o’qituvchi
shaxsiga qo’yilayotgan talablar aynan bugungi kun ta’lim sohasidagi o’zgarishlarga sabab
bo’lmoqda.Zero bu masalani to’laqonli hal etmoq faqat bugungi kunimizni emas kelajagimizni
ham belgilab beradi.Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar bugungi kun o’qituvchisiga
qo’yiladigan talab ham aynan yurtimizning ravnaqi uchundir.Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda
muhim masala bo’lib bu sohaga qadimdan o’z kasbining egalari jalb etilgan. O’qituvchilik kasbi
–o’ta mashaqqatli va chuqur bilim talab etadigan kasbdir.Yosh kadrlarni malakali tarbiyalash
ularda bilim ko’nikmalarni shakillantirish, ularni kelgusida faoliyat olib borishi ham aynan
yoshligidan o’zlashtirib boradigan bilimiga bog’liqdir.Jamiyatda o’z o’rnini topa oladigan yurt
ravnaqiga hissa qo’sha oladigan farzandlarni aynan malakali o’qituvchilar tarbiyalab beradi
bizga.Bugun ilm-fan texnika taraqiy etayotgan ,kundan kunga o’zgarib rivojlanib borayotgan
mamlakatimiz yoshlari ham juda shijoatli bilimga chanqoqdir.Shu sababli ham zamonaviy
o’qituvchilar keng dunyoqarashli, o’z kasbini sevadigan ,chuqur bilim egasi bo’lmog’i lozim.
Yaxshi o’qituvchi o’z shogirdlariga o’rnak bo’la oladi, u o’ziga ega bo’lgan bilimlarini yoshlarga
beminnat o’rgatadi,barcha sohada ularga namuna bo’la oladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi taxrirdagi O’zbekiston
Republikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”qabul
qilindi.Ushbu milliy modelning tarkibiy qismlari jumlasiga uzluksiz ta’limning kiritilishi ham
yetuk malakali shaxslarni tayyorlash va ularni jamiyat kelajagi uchun xizmat qilishining yana bir
isbotidir.Zero hozirgi davr o’qituvchilar “zamon ruhi” bilan chambarchas faoliyat olib borayotgani
sezilarli darajada jamiyat hayotidagi muvofaqqiyatlarimizdan ham sezilib turibdi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki,joriy yilda umum ta’lim maktablarini 452 ming o’g’il
va qizlar tamomlar ekanlar ulardan 70 mingi oliy ta’lim,85 mingi professional ta’limga kirsalar
,qolgan yoshlar esa o’zlari qiziqadigan hunar yoki biror sohada faoliyat yuritar ekanlar ularni
jamiyatimizga kerakli shaxs qilib tarbiyalsh ham aynan bugungi kundagi o’qituvchilik kasbining
mohiyati uning negizi qanchalik masuliyatli ekanligini ko’rsatib beradi.Shunday ekan barchamiz
yurt ravnaqi,taraqqiyoti,jamiyatimiz farovonligi yulida birlashaylik ulkan marralar sari dadil
qadamlar tashlash vaqti keldi!
fOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Pedagogoika X. Ibragimov SH. Abdullayeva. Toshkent, 2007
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi R.Mavlonova va boshqalar Toshkent,2010
3. Pedagogika . Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar Toshkent 2010
4. Pedagogika. Nazariyasi va amaliyoti B.X.Xodjaev Toshkent 2017