Август 2020 10-қисм
Тошкент
By the way, today the child lives in the age of technology. That is why it is difficult to surprise
and interest them, so we must work hard to educate the younger generation for the future. To do
this, it is necessary to constantly search, to be active and to improve breathing skills with the
times. May we never give up on each other on such a difficult path!
References:
1. Karimov I.A. Harmoniously developed generation - the basis of development of Uzbekistan
- T: Uzbekistan, 1997
2. Mirziyoyev Sh.M. Together we will build a free and prosperous democratic state of Uz
-
bekistan - Tashkent. NMI «Uzbekistan», 2017
3. Mirziyoyev Sh.M. We will build our great future together with our brave and noble people
- Tashkent. NMI «Uzbekistan», 2017.
4. Qurbonov Sh.Y. Seytxalilov Ye.A. Education quality management. - T: Shark.
5. Ziyonet.uz
111
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA INNOVATSIYA YANGI ZAMON AVLODINI
KASHF ETADI.
Mallabayeva Umida Olimovna
Namangan viloyati Namangan shahar
82-sonli maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni
qo’llash afzalliklari haqida bayon etilgan.
O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin
ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa,
ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p
qirrali samara keltiradi.
Har bir dars bola qobiliyatining uchqunlarini alanglata oladigan yangiliklarga boy tarzda
o’tishi zarur. Tevarak atrofni va o’zini anglashdagi kichik yutuqlari ham butun o’quv faoliyatini
g`aroyib va maftunkor o’tishi bilan bog`lanadi. Bu esa darsga yangilik yaratish va innovatsion
yondashuv asosida o’tishdir. Innovatsion yondashuv bu axborot texnologologiyalariga qurulgan,
o’quvchining yaratuvchanlik qobiliyatini uyg`otadigan metodlarga asoslanishi darkor. Biz
bilamizki dunyo imoratlari ichida eng buyugi bu – maktab. Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
esa bu imoratning poydevori, pillapoyasini quramiz. Bilimli va intelektual rivojlangan barkamol
avlod, sog‘lom muhitmavjud bo‘lgan jamoada tarbiyalanadi. O‘qituvchi dars jarayonida birinchi
navbatda sog‘lom muhitni yaratishi kerak. Shundagina o‘quvchining bilim olish imkoniyatlari
kengayadi. Barkamol shaxsni voyaga yetkazish va unda dastlabki bilimlarni hosil qilish
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda
mashg‘ulotlarni tashkil etish, aytib o‘tilganidek, o‘qituvchidan yuksak bilim, iqtidor, yetarli
ko‘nikma va malakalani talab etadi. O‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan dars o‘quvchining
kompetensiyalarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Zero, ta’lim jarayonida interaktiv
metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’ananaviy ta’lim bir
xil usulda olib borilgan bo‘lsa, zamonaviy ta’limda o‘qituvchi ham o‘quvchi ham o’z oldiga
kattaroq talablar qo’yadi, faolroq ishlaydi, intiladi. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan
darslar yoshlarning hayotiy vaziyatlarga o‘z munosabatini bildirish, intilishlarini qondirib, ularni
fikrlashga, o‘z nuqtayi nazarlarini asoslashga undaydi. Ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy
jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni
va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiyalar va ularning ta’limda qo‘llanilishiga oid bilim,
tajriba o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
O’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion faoliyatga asoslanish
pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini aniq (bolaning bilim saviyasini oshirish) maqsadga
yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarning egallashni talab etadi.
Yangi pedagogik texnologiya bilimlarni o’quvchilarning faolligi asosida o’zlashtirib olishga
qaratilgan bo’ladi.
Boshlang‘ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu
jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina
qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib
beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu
ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko‘rsatadi. Pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra
o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi.
O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini
qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.
Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta
ahamiyatga ega. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini
112
Do'stlaringiz bilan baham: |