107
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF ,,O’QISH’’DARSLARIDA O’QUVCHI KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRUVCHI METODLAR.
Toshkent viloyati Qibray tumani XTB ga qarashli
5- maktabning Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Latipova Gulchexra Teshaboyevna
Tel: 97-137-74-15
Anotatsiya:
ushbu maqolamiz orqali biz dars o’tish jarayonida har bir o’qituvchi interfaol
metodlardan unimli foydalanishi va uning samarasi haqida batafsil yoritib o’tdik.
Kalit so’zlar:
Kampetensiya, metod,
interfaol SWOT
Yevropaning rivojlangan mamlakatlari hamda mamlakatimizda chet tillar bo’yicha uzliksiz
ta’lim tizimining DTS va o’quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, umumta’lim
fanlari bo’yicha kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan majburiy ta’limning Davlat
ta’lim standartlari va o’quv dasturlari loyihalari tayyorlandi va bu bir necha tajriba- tadqiqotlaridan
o’tkazildi.
2016-2017 o’quv yilida o’quv dasturida mavzularni o’zlashtirish jarayonida fanga oid
shaxsiy va tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish imkoniyatining mavjudligi uchun ilg’or
medod va usullarini jamlab tajriba-sinov ishlarini olib borish eksperimentator o’qituvchilarga
yuklatildi. Tajriba- tadqiqot jarayonida eksperimentator o’qituvchilar tavsiya etilgan metod va
texnologiyalarini darslarida qo’llash borasida bir qancha qiyinchiliklarga duch kelamiz.
- O’qituvchilar ko’pchilik metod va texnologiyalarni yaxshi bilmasliklari:
- Ushbu metod va texnologiyalar haqida ma’lumotga ega bo’lsalar ham ularni darsda qo’llay
olish ko’nikmalariga ega emasliklari.
Bu bo’yicha har bir maktabga berkitilgan ilmiy rahbarlar har chorak mobaynida seminar- tren-
inglar o’tkazib, o’zlarining tavsiya va maslahatlarini berib kelmoqda.
Ushbu ma’suliyatli vazifalarni bajarishda boshlang’ich sinf eksperimentator o’qituvchilarin-
ing 1-4- sinflarda ona tili va o’qish fanlaridan o’quvchilarga tayanch va fanga oid shaxsiy kom
-
petentsiyalarni shakllantirish interfaol metod va texnologiyalarni qo’llash haqidagi ko’nikma va
mamlakalari asta-sekin oshib kelmoqda. Metod va texnologiyalar ko’zlangan maqsadlaridan kelib
chiqilib quydagi turkumlarga bo’linadi. Masalan:
. Matn bilan ishlashga yo’naltirilgan interfaol metod va usullar:
,,Zinama-zina’’, ,,Bumerang’’, ,,Insert’’, ,,Keys-stadi’’
. Ijodiy faoliyat va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan interaktiv metodlar:
,,Idrok xaritasi’’, ,,Esse’’, ,,fSMU’’, ,,Klaster’’, ,,Guruhlarda ishlash’’
- O’quv jarayonda muammolar va muammoli vaziyatlarni yechishga yo’naltirilgan interfaol
metodlar:
- ,,SWOT- universal tahlil’’, ,,Debat’’, Muammoli vaziyat yaratish’’, ,,Rezyume’’
- ,,Organayzer’’:
Har xil chizmalar, jadvallar yordamidaamalga oshiriladigan interfaol
metodlar:
- ,,T-chizmasi’’, ,,venn diagrammasi’’, ,,Baliqskeleti’’,
O’quchilarning BKMlari va o’z- o’zini baholashga yo’naltirilgan interfaol metodlar:
,,Blits-so’rav’’, ,,Tushunchalar tahlili’’, ,,Charxp[alak’’, ,,Assesment’’, ,,BBB usuli’’ metodlari
Matn bilan ishlashga yo’naltirigan interfaol metod va usullar tukumiga kiruvchi ,,Zinama-
zina’’ texnologiyasi o’quvchilarni o’tilgan yoki o’tilishi kerak bo’lgan mavzu bo’yicha yakka va
kichik jamoa bo’lib fikrlash hamda o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan fikrlarni
umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi. Bu
texnologiya o’quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki
guruhlarga ajratilgan holda
yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Bu texnologiya 3- sinf o’qish darsligining ,,Keldi bahor- gulbahor’’ bo’lmidagi ,,Erta bahor’’,
,,Varrak’’, ,,Navro’z- bahor bayrami’’ mavzularini o’tishda juda qulay texnologiya hisoblanadi.
4- sinf ,,O’qish’’ darligidagi ,, Yashasin tinchlik, bor bo’lsin do’stlik’’ bo’limidagi shukur
Sadullaning qalamiga tegishli ,,Tinchlik qushi haqida men o’qigan she’r’’ mavzusida she’rni
o’tishda, darsning mustahkamlash bosqichida o’quvchilarni beshta kichik guruhga bo’lib, har
bir guruhga bittadan to’rtlikni berib, ularga ushbu to’rtlikning mazmunini o’z so’zlari bilan A3