105
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA TABIATSHUNOSLIK FANINI
O’QITISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kochqarova Gulchehra Nishonovna, o’qituvchi
Toshkent viloyati Ohangaron tumani 27-maktab
gulchehra.k@inbox.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga tabiatshunoslik fanini
o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatilgan
.
Kalit so’zlar:
boshlang’ich sinf, tabiatshunoslik fani, tabiat va inson.
Tabiatni va unda yashaydigan jonzotlarni muhofaza qilish vatanni va o’zlikni asramoq demakdir.
Inson va tabiat o’zaro munosabatlari bugungi kunda oldingi davrlarga
nisbatan anchagina tartibga
solingan bo’lsada, insoniyatning boshqa tabiat kompanentlariga ko’rsatayotgan ta’siri kamaygani yo’q.
Shuning uchun tabiatshunoslik fani oldidagi eng dolzarb masala insonlarning tabiatga ko’rsatayotgan
ta’siri natijasi qanday oqibatlarga olib kelayotganligini oldindan to’la tasavvur qilishdir. Buning uchun
tabiatshunoslik dars shakllarini hozirgi zamon talablari asosida tashkil etish lozim.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda metodlardan foydalanish juda katta samara beradi. Tabi
-
at bilan tanishtirsh asosan ekologik tarbiya bilan birgalikda olib boriladi. Insonni o’rab turgan
tabiiy muhit va uning boyliklarini biladigan, undan tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqlay-
digan, tabiat boyligiga, go’zalligiga go’zallik qo’shadigan, ijtimoiy va
tabiiy qonunlarni bil-
adigan bilimdon shaxsni yetishtirish – bu ekologik tarbiyaning maqsadi hisoblanadi. Bolalarni
tabiat bilan tanishtirshda ekologik tarbiya bilan bir qatorda og’zaki metodlardan foydalanish
ham muhim rol o’ynaydi. Bunda tarbiyachining hikoyasidan, tabiat haqidagi badiiy kitoblarni
o’qishdan, ta biatga doir suhbatdan foydalaniladi.
Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda “Atrofimizdagi olam” (1-2-sinflarda) va “Tabiatshunoslik”
(3-4-sinflarda) fanlari o’qitiladi. “Tabiatshunoslik” fani “Atrofimizdagi olam” fanining
davomi bo’lib, o’zining mazmuni va metodlari bilan o’quvchilarni har
tomonlama tarbiyalash
imkoniyatlariga ega. “Tabiatshunoslik” fani yosh avlodni tabiatga to’g’ri munosabatda bo’lishga
o’rgatadi: unga nisbatan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat chiroyini idrok etish uni qo’riqlash,
asrash, in’omlaridan oqilona foydalanish, ana shu boyliklarni o’z qo’llari bilan yaratish va
ko’paytirishga chorlaydi. Bolalarning atrofimizdagi olamni muntazam o’rganib borishlariga
asoslanib, kichik yoshdagi o’quvchilarda tabiat to’g’risida, o’z joyi va barcha mamlakatlarning
tabiiy boyliklari to’g’risida bir butun tasavvurni shakllantirish kerak. O’quvchilar Vatanimizning
tabiiy boyliklaridan odamlar o’zlarining mehnat faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari
bilan tanishishlari lozim. Bunda bolalarga odamlar mehnati tabiat
atrof bilan chambarchas
bog’liq ekanligini ko’rsatish g’oyat muhimdir.
O’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan
iborat. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim
rol o’ynaydi. Bu predmetni o ‘rganish kichik yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini
boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to’g’risida
bilimlar to‘plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o’quv
yurtlarining
talabalari, ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilari, pedagogik o’quv predmeti sifatida
tabiatshunoslikni o’qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish
bo’lishlari kerak. Tabiatshunoslikning o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang‘ich maktab
o’qituvchisiga bolalami o‘qitishni to‘g‘ri
tashkil qilish, tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan
asosiy talablar asosida dars tashkil qilish imkonini beradi.
Tabiat haqidagi bolalar kitobi tarbiyachilar uchun katta qiymatga egadir. U kuzatilayotgan joydan
chetga olib chiqadi va shu orqali bolalarning tasavvurlarini kengaytiradi, bolani bevosita idrok
etolmaydigan hodisalar bilan tanishtiradi. Tabiatshunoslik kitobi bo lalarda jonsiz tabiat hodisalarini
ochib beradi, tabiatda mavjud bo’lgan aloqa va munosabatlarni aniqlashga yordam be radi.
foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Cho’lpon nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2005.
2.
авлиёкулов н. Замонавий ўкитиш технологиялари.-т., 2001.