101
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INNOVATSION TEXNALOGIYALARNING
AHAMIYATI
Egamnazarova Dilfuzaxon Bahramovna
Andijon viloyati Izboskan tumani
24- umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
+998944367083
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga boshlang’ich sinflarda
innovatsion texnalogiyaning ahamiyati yangiliklar va yangidan kiritilgan tushunchalar,
pedagogik
taraqqiyotni ta’minlash masalalari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar
:innovatsion, yoxud, salohiyat, ta’sirchan , an’anaviy, iqtidorli, texnalogiya
jarayoni.
Jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda ta’lim –tarbiya sohasining
rivojlanayotgan
yo’nalishlaridan biri-innovatsion pedagogik texnalogiyalarni o’quv jarayonida qo’llash bo’lib,
uni amalga oshirish muhim vazifalarimizdan biridir.Innavatsion texnalogiyalarni qo’llashda
noan’anaviy dars usullaridan foydalanish iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, sust o’zlashtiruvchilarning
o’z kuch va salohiyatiga bo’lgan ishonchini hosil qilishlari uchun sharoit yaratish ,sinfdagi
o’quvchilar o’rtasida do’stona
munosabat , o’zaro hamkorlik sifatlarini shaklantirishda va eng
asosiysi mustaqil fikrlay oladigan yosh avlodni tarbiyalashda muhim omillardan biri bo’lib
xizmat qilmoqda.
Innovatsion – (ingilischa-innovation-yangilik kiritish) - tizim ichki tuzilishini o’zgartirish,
amaliyot va nazariyaning muhim qismi.
Innovatsiya –yangidan kiritilgan tushunchalar , tartib qoidalar , texnalogiyalar va yangiliklar
. Innovatsion texnalogiya pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan faoliyat.
Innovatsion ta’lim -1(ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar ; 2(yangilangan ,
yangi texnalogiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni.
Innovatsion jarayoni yangilikning kiritilishi va
shart-sharoitlar , tizimni yangi ko’rsatkichlarga
muvaffaqqiyatli o’tishini ta’minlovchi o’zgarishdir .Innovatsion o’zgarish- tayyorgarlik ko’rish
va uni amaliyotga kiritish jarayonidir.
Innovatsion faoliyat -yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy ma’yorlarning mos kelmasligi
yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorlarning mavjud me’yorlar bilan to’qnashuvi
natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir.
Darsning faol , mahsuldor , ta’sirchan va samarali bo’lishida darsning
yangi shakllari, o’qitish
metodlari, ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanish katta ahamiyat kasb
etadi. Bilamizki , boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga interfaol metodlar va didaktik o’yinlar
orqali ta’lim va tarbiya berish bugungi kunda kutilayotgan samarali natijalarni beradi . Dars
jarayonining turli qiziqarli usullar va o’yinlar orqali o’tilishi o’quvchilarning bilimlarni yaxshi
o’zlashtirib olish qobilyatlarini oshirish bilan bir qator ularni o’tilayotgan fanga nisbatan
qiziqishlarini oshiradi, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi va ularning zerikib qilishlarini
oldini oladi.
Innovatsion pedagogik taxnalogiyalar bola faoliyatida to’g’ri yo’naltirishga qaratilgan
bo’lib , avvalo uning sog’ligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakllantirish uchun
amaliy yondashuv
rejalarni tuzishni, bu rejalarda bolani quvnoqlikka , topqirlikka undovchi
vositalar
jamlanishi , hozir javoblikka , sermulohazalikka’to’g’ri raqobat qila olish qobilyatini
shakllantirishga, ijodiy tafakkur qilish, tadbirkor bo’lishga undovchi qator nazariy va amaliy
ishlar majmuasini barqaror etishda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: