13.2. Mustaqillik yillarida O„zbekistonda hayotni uzoq muddatli
sug„urtalashning rivojlanishi va huquqiy asoslarining yaratilishi
Mamlakatimizda mustaqillik yillari sug‗urta sohasini huquqiy tartibga
solishga qaratilgan qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Sug‗urta faoliyatini
tartibga soluvchi dastlabki ―Sug‗urta to‗g‗risida‖ gi Qonun 1993 yil 6 mayda qabul
qilingan. Keyinchalik mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, sug‗urta
tizimida yuz bergan o‗zgarishlarni hisobga olib yangi tahrirda 2002 yil 5 aprelda
―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi. 1993-2017 yillar davomida
milliy sug‗urta tizimi faoliyatini qonuniy tartibga solish bilan bog‗liq o‗nlab
qonunchilik hujjatlari qabul qilindi va ular muntazam takomillashtirilib
borilmoqda.
Sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari ichida 2002
yilning 5 aprelida qabul qilingan ―Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida‖gi Qonun muhim
o‗rin tutadi. Ushbu Qonunga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasida sug‗urta tizimi 2
sohaga ajratiladi:
1. Hayotni sug‗urta qilish tarmog‗i. Bunda jismoniy shaxslarning hayoti,
sog‗lig‗i, mehnat qobiliyati va pul ta‘minoti bilan bog‗liq manfaatlari sug‗urta
qilinadi.
186
2. Umumiy sug‗urta tarmog‗i. Bunda shaxsiy, mulkiy va javobgarlikni
sug‗urta qilish kabilarni o‗zida mujassamlashtiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Sug‗urta xizmatlari
bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2002 yil 27 noyabrdagi
413-sonli qarori asosida ―Sug‗urtalovchilar va sug‗urta brokerlarining sug‗urta
faoliyatini litsenziyalash to‗g‗risida‖ Nizom tasdiqlangan. Nizomda litsenziya
talablari va shartlari, litsenziya olish uchun zarur bo‗lgan hujjatlar, arizalarni ko‗rib
chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‗g‗risida qaror qabul
qilish kabi masalalar yoritilgan. Ushbu qarorning 8 bandiga ko‗ra Hayotni
sug‗urta qilish sohasida sug‗urta faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat —
sug‗urtalovchi umumiy sug‗urta sohasida sug‗urta faoliyatini qo‗shib olib borishga
haqli emas, umumiy sug‗urtaning 1 va 2-klasslari bo‗yicha faoliyat bundan
mustasno.
Shuningdek, mamlakatimiz sug‗urta kompaniyalari tomonidan amalga
oshiriladigan sug‗urta turlari bo‗yicha klassifikator ham 2002 yil 27 noyabrda
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Sug‗urta xizmatlari bozorini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 413-sonli Qarorining 1-ilovasi -
―Sug‗urtalovchilar va sug‗urta brokerlarining sug‗urta faoliyatini litsenziyalash
to‗g‗risida‖gi Nizomga 1-ilova sifatida sug‗urta faoliyati klassifikatori
tasdiqlangan.
Mazkur sug‗urta faoliyati klassifikatorining qabul qilinishi sug‗urta
kompaniyalari uchun sug‗urta faoliyatini amalga oshirishda asos hisoblanadi.
Sug‗urta kompaniyalari sug‗urta faoliyati uchun litsenziya olishda Moliya
vazirligi tomonidan qo‗yiladigan talablarda ham faoliyat yuritmoqchi bo‗lgan
sug‗urta xizmatlari bo‗yicha sug‗urta shartomlaridan nusxa taqdim etilishi shart
hamda arizada sug‗urta klasslari nomlari ham keltiriladi. Keltirilgan sug‗urta
turlari bo‗yicha boshqa talablar ham o‗rnatilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi
―Sug‗urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
413-sonli Qarorining 1-ilovasi – ―Sug‗urtalovchilar va sug‗urta brokerlarining
187
sug‗urta faoliyatini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi Nizom haqida bo‗lib, uning 1-
ilovasida sug‗urta faoliyati klassifikatorining tarkibi hamda tarmog‗i kelirilgan.
- hayotni sug‗urta qilish sohasida ihtiyoriy va majburiy sug‗urtalash boyicha
quyidagi klasslarni o‗z ichiga oladi:
I klass – Hayot va annuitetlar;
II klass – Nikoh va tug‗ilish;
III klass – Hayotni uzoq muddatga sug‗urta qilish;
IV klass – Sog‗liqni sug‗urta qilish;
- umumiy sug‗urta sohasida quyidagi klasslarni o‗z ichiga oladi:
1 klass – Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‗urta qilish;
2 klass – Kasallik holatlaridan ehtiyot shart sug‗urta qilish.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 22 apreldagi 41-son
buyrug‗iga muvofiq tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2008 yil 12 mayda 1806-son bilan davlat ro‗yxatiga olingan ―Sug‗urtalovchilar va
qayta sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati to‗g‗risida‖ Nizom, O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 20 noyabrdagi 107-son buyrug‗iga
binoan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son bilan
davlat ro‗yxatiga olingan ―Sug‗urtalovchilarning sug‗urta zahiralari to‗g‗risida‖gi
Nizom va boshqa shu kabi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda o‗z ifodasini topgan.
Xususan, ―Sug‗urtalovchilar va qayta sug‗urtalovchilarning to‗lov qobiliyati
to‗g‗risida‖gi Nizomda sug‗urtalovchining (qayta sug‗urtalovchining) alohida
tavakkalchiliklar bo‗yicha majburiyatlarining yo‗l qo‗yiladigan eng ko‗p miqdori
sug‗urta zahiralari va o‗z mablag‗lari manbalari summasining 20 foizidan
oshmasligi shart. Masalan, sug‗urtalovchining sug‗urta zahiralari va o‗z
mablag‗lari miqdori 5,0 mlrd.so‗mni tashkil etadi. Demak, nizomga asosan
sug‗urtalovchining alohida tavakkalchiliklar, ya‘ni bitta sug‗urta shartnomasi
doirasida zimmasiga olmoqchi bo‗lgan majburiyati 1,0 mlrd.so‗mdan oshib
ketmasligi zarur. Agar sug‗urta majburiyati miqdori 1,0 mlrd.so‗mdan oshib ketsa,
u holda sug‗urtalovchi oshgan summani qayta sug‗urta qilishi shart.
188
Sug‗urta zahiralarini shakllantirish bo‗yicha talablar va ularni hisob-kitob
qilish tartibi ―Sug‗urtalovchilarning sug‗urta zahiralari to‗g‗risida‖gi Nizomda
qayd etilgan. Sug‗urta zahiralari har bir sug‗urta turi bo‗yicha shartnoma bo‗yicha
sug‗urta tovoni (sug‗urta summasi) to‗lanishi zarur bo‗lgan valyutada
shakllantiriladi. Sug‗urtalovchi sug‗urta zahirasini buxgalteriya hisobotini tuzish
paytda hisobot davri holatiga sug‗urta faoliyatini amalga oshirish bo‗yicha olingan
moliyaviy natijani aniqlashda hisoblaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2008 yil 11 iyuldagi 77-
sonli, Davlat soliq qo‗mitasining 2008-3-sonli va Monopoliyadan chiqarish,
raqobat va tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash davlat qo‗mitasining 2008 yil 26
iyundagi 13-son qarorlari bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida 2008 yil 15 avgustda 1842-son bilan ro‗yxatga olingan ―Sug‗urta
faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‗urtalovchilarga
jarima sanksiyalarini qo‗llash tartibi to‗g‗risidagi Nizom‖da sug‗urtalovchilarga
sug‗urta faoliyati to‗g‗risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jarima
sanksiyalari qo‗llash tartibi belgilangan. Mazkur Nizom O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 21 maydagi PQ-872-sonli ―Sug‗urta xizmatlari bozorini
yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi
qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga muvofiq sug‗urta faoliyati
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sug‗urtalovchilarga jarima
sanksiyalarini qo‗llash to‗g‗risidagi qarorlar sug‗urta faoliyatini tartibga soluvchi
va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi - O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Sug‗urta faoliyati to‗g‗risidagi qonun
hujjatlari, sug‗urtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun ularga sug‗urta faoliyati
to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug‗urtalovchi uchun belgilangan ustav
kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima solinadi.
Sug‗urta sohasi jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot
tarmoqlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Shubxasiz, qabul qilinayotgan barcha
qarorlar va islohatlar mamlakatimizda sug‗urta sohasiga davlat miqyosda
berilayotgan yuksak e‘tibordan dalolat beradi.
189
Bugungi kunda sug‗urta kompaniyalarining ishonchliligining muhim
ko‗rsatkichlaridan biri bu uning sug‗urtalanganlardan kelib tushayotgan talablarni
o‗z vaqtida va to‗liq bajarish qobiliyatiga ega bo‗lishidir. Bu, ayniqsa, shaxsiy
sug‗urta bo‗yicha xizmat ko‗rsatadigan kompaniyalar ishida juda muhimdir.
Shaxsiy, hayot va sog‗liqni sug‗urtalashga ixtisoslashgan ―O‗zbekinvest
Hayot‖ sug‗urta kompaniyasi ham sug‗urta e‘tirozlariga katta e‘tibor qaratmoqda.
―O‗zbekinvest Hayot‖ sug‗urta kompaniyasi 2018 yilning 1-choragida
amalga oshirilgan sug‗urta to‗lovlarniing hajmi 5,06 mlrd.so‗mni tashkil etdi va
bu 2017 yilning shu davridan 136,8 foizga ko‗p bo‗ldi. Hisobot davrida kelib
tushgan arizalarning soni 1,73 tadan oshdi, shulardan qariyb 1,7 mingtasi hal etildi.
Qolgan arizalar ko‗rib chiqilmoqda.
Kompaniya
tomonidan
amalga
oshirilgan
to‗lovlardan,
uning
ixtisoslashuviga mos holda, 92 foizdan ortig‗i ixtiyoriy turlarga to‗g‗ri keladi. O‗z
navbatida, hayotni ixtiyoriy sug‗urtalash shartnomalari bo‗yicha to‗lovlarning
ulushi umumiy to‗lovlarning 91 foizini tashkil etdi. Hisobot davrida O‗zbekiston
Respublikasining ―Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urta
qilish to‗g‗risida‖gi qonunini amalga oshirish doirasida amalga oshirilgan
to‗lovlar hajmi umumiy qiymatning 8 foizini tashkil etdi. Ko‗rib chiqilayotgan
davrda amalga oshirilgan to‗lovlarning kelib tushgan sug‗urta mukofotlariga
nisbatan ulushi 79,1 foizni tashkil etgan. Buni esa uning sug‗urta portfelida ham,
kelib tushayotgan sug‗urta e‘tirozlarida, uzoq muddatli shartnomalarda ham
ustunligi bilan izohlash mumkin. Kompaniya filial tarmog‗i faoliyatini
rivojlantirish bo‗yicha ishlar doirasida, aytish lozimki, hisobot yilida hududiy
filiallar tomonidan amalga oshirilgan to‗lovlarning ulushi umumiy hajmning
yarmilan ko‗pini tashkil etdi.
Joriy yilning I choragi yakunlariga ko‗ra, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan ―O‗zbekinvest Hayot‖ sug‗urta kompaniyasidan olingan sug‗urta
mukofotlarining qiymati 6,4 mlrd. so‗mdan oshib, 2017 yilning shu davriga
nisbatan 134 foizga o‗sishni ta‘minladi. Ko‗rib chiqilayotgan davrdagi amalda
bo‗lgan hayot va sog‗liqni sug‗urtalash shartnomalari bo‗yicha sug‗urta
190
majburiyatlari hajmi 280,9 mlrd. so‗mdan oshdi va o‗tgan yilga nisbatan 21,1
foizga ko‗paydi.
―O‗zbekinvest Hayot‖ sug‗urta kompaniyasi sug‗urta portfeli tuzilmasida
mukofotlarning asosiy ulushi (98 foizdan ko‗pi), kompaniya ixtisosligiga ko‗ra,
hayotni sug‗urtalash sohasiga, shu jumladan, majburiy turlariga to‗g‗ri keldi. O‗z
navbatida, hayotni uzoq muddatli sug‗urtalashning ixtiyoriy turlarining ulushi
sug‗urta mukofotlari umumiy yig‗imida 79 foizdan oshdi va o‗tgan yilning shu
davriga nisbatan 54 foizga o‗sdi.
Kompaniya faoliyatining xususiyatini hisobga olib, filial tarmog‗ining
rivojlanishi ham muhim yo‗nalishlardan biri hisoblanadi. O‗tgan davrda
―O‗zbekinvest Hayot‖ sug‗urta kompaniyasining sug‗urta mukofotlari umumiy
yig‗indisida hududiy filiallarning ulushi 68,2 foizini tashkil etdi, 2017 yilning I
choragida bu ko‗rsatkich 62 foiz darajasida bo‗lgan edi.
Kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirish amaldagi mahsulotlarni
takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish, iste‘molchilarning afzal ko‗rgan
jihatlarni kuzatish, sug‗urta e‘tirozlarini muvofiqlashtirish sifatini oshirish va
ko‗rsatiladigan xizmatlarga ko‗zlangan auditoriyaning turli toifalariga yo‗l ochib
berish uchun agentlik tarmog‗ini kengaytirishni taqozo etadi.
7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |