183
-
jamoaviy sug‗urta;
-
industrial sug‗urta.
Hayot sug‗urtasining eng asosiy o‗ziga xos xususiyatlaridan biri uning uzoq
muddatli sug‗urta turi ekanligidadir. Aniqroq qilib aytganda, hayot sug‗urtasi
turlarining asosiy qismi besh yildan kam bo‗lmagan sug‗urta turlaridan tashkil
topgan. Ba‘zi
mamlakatlarda, shu jumladan bizning mamlakatimizda hayot
sug‗urtasi bir yildan ortiq muddatga amalga oshirilmoqda. Bunday mamlakatlar
hayot sug‗urtasi hali yetarlli darajada rivojlanmagan mamlakatlardir. Shu bilan
birga, bir yildan ortiq muddatga sug‗urta qilish amal qilayotgan mamlakatlarning
ko‗pchiligida uzoq muddatli hayot sug‗urtasiga nisbatan qo‗llaniladigan imtiyozlar
qo‗llanilmaydi.
Uzoq muddatlilik talabining qo‗yilishi hayot sug‗urtasining
bir qancha
o‗ziga xos xususiyatlarining yuzaga kelishiga olib keladi. Bunday o‗ziga xos
xususiyatlar sifatida quyidagilarni aytib o‗tish mumkin:
- hayot sug‗urtasi maxsulotlari dizaynining o‗zgarishi, masalan, sug‗urta
mukofotini bo‗lib to‗lash imkoniyatining paydo bo‗lishi;
- anderrayting jarayonining murakkablashuvi, bu ko‗p yillik prognozni
amalga oshirish zaruriyatidan hosil bo‗ladi;
- ish yuritishdagi qo‗shimcha risk komponentlarining paydo bo‗lishi,
masalan, uzoq muddatli shartnomaning amal qilishini kutilmaganda to‗xtatish
riski;
- sug‗urta mahsulotlarini boshqarishning yangi instrumentlarining paydo
bo‗lishi (sug‗urta shartnomalarining amal qilishi davomida shartlariga o‗zgartirish
kiritish imkoniyati).
Hayot sug‗urtasining yana bitta
muhim xususiyatlaridan biri, zararlarni
tartibga solishning o‗ziga xosligi bo‗lib, bunda sug‗urta qoplamasi katta hajmdagi
bir martalik ko‗rinishda yoki renta shaklida (annuitetlar, pensiya) amalga
oshiriladi. Qoplamani renta ko‗rinishida amalga oshirilganda bu jarayon bir necha
o‗n yillarni o‗z ichiga olishi mumkin. Mazkur sug‗urta turining uzoq muddatliligi
va zararlarni tartibga solishni o‗ziga xosligidan kelib chiquvchi muhim jihati
184
shundaki, qoplamani amalga oshirishning barcha variantlarida jamg‗aruvchi
komponentlarning mavjudligidir. Shuning uchun hayot sug‗urtasi
mahsulotlarini
tahlili va dizayni uchun investitsion xususiyatlar o‗ta muhim xisoblanadi. Bu
manoda hayot sug‗urtasi mahsulotlari u yoki bu darajada moliyaviy instrumentlar
va mablag‗larni turli sohalarga investitsiya qilish jarayonlarida raqobatlasha oladi.
Hayot sug‗urtasining uzoq muddatlilik xususiyati foydada ishtirok etishni
sug‗urtalash, ulushdosh sifatidagi ishtirokni sug‗urtalash yangi sug‗urta
mahsulotlarining paydo bo‗lishiga olib keldi. Ushbu sug‗urta turlari dastlab hayot
sug‗urtasida paydo bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik va ko‗p vaqtlar o‗tib sog‗liqni
sug‗urtalash turlariga ham kirib bordi.
Hayot sug‗urtasi turli maqsadlarda qo‗llaniladi, bular sifatida quyidagilarni
aytish mumkin:
- sug‗urtalangan shaxs va uning qaramog‗idagilarning joriy moliyaviy
talablarini taminlash, aniqrog‗i sug‗urtalangan shaxsning
va oila-azolarining
o‗rtacha hayot darajasini taminlashda moddiy jihatdan qo‗llab quvvatlash (malum
yoshgacha etishdan sug‗urtalashda), etim qolgan bolalar tarbiyasi uchun joriy
xarajatlar va boshqalar;
- sug‗urtalangan shaxs va uning qaramog‗idagilarning maxsus moliyaviy
talablarini qondirish, shu bilan birga qarzlarini to‗lash,
garov va boshqa
majburiyatlarni sug‗urtalanuvchi vafot etgan holatda to‗lash, o‗zining yoki
farzandlarining talimi uchun to‗lov va boshqa ko‗zda tutilmagan,
sug‗urtalanuvchining
vafot
etishi
bilan
to‗lanmay
qolishi
ehtimoli
mavjud bo‗lgan xolatlar;
- sug‗urtalangan shaxsning vafot etishi bilan bog‗liq xarajatlarni qoplash, bu
o‗z ichiga dafn marosimi bilan bog‗liq xarajatlar, o‗limidan
oldingi davolash
xarajatlari, merosni huquqiy rasmiylashtirish xarajatlari va uning soliq to‗lovlari
xarajatlari va boshqa xarajatlar;
- hamkorning yoki muhim xodimning vafot etishi tufayli hosil bo‗ladigan,
biznesni yuritishning qo‗shimcha xarajatlarini qoplash.
185
Yuqorida keltirilgan holatlar sug‗urtalanuvchining malum yoshga yetishi va
vafot etishi bilan bog‗liq barcha mulkiy yo‗qotishlarini qoplaydi.
Hayot sug‗urtasi insonlarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning butun
kompleksini hal etish imkonini beradigan katta hajmdagi sug‗urta kafolatlari va
investitsion xizmatlarning to‗plamini taqdim etadi. Shartli ravishda ushbu
xizmatlarni 2 guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy va iqtisodiy.
Birinchi guruh vazifalarning amalga oshirilishi davlat ijtimoiy sug‗urtasi va
ta‘minoti tizimidagi etishmovchiliklarni boshqarish imkonini beradi.
Ikkinchi vazifalar guruhining bajarilishi
esa bir tomondan shaxsiy
daromadlarning oshishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan butun moliya-kredit
operatsiyalarini amalga oshirish paytida zarur bo‗lgan kafolatni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: