Nazorat savollari:
1. Annuitet tushunchasiga ta‘rif bering.
2. Annuitetlarning qanday turlari mavjud?
3. Kafolatlangan annuitet nima, uning o‗ziga xos xususiyatlari nimalardan
iborat?
4. Kechiktiriladigan annuitet deganda nimani tushunasiz?
5. Annuitet shartnomasining asosiiy shartlari nimalardan iborat?
6. Annuitet shartnomasi bo‗yicha sug‗urta qoplamasi qanday ko‗rinishda
to‗lanadi?
223
15-BOB. TIBBIY SUG„URTA VA SOG„LIQNI SUG„URTALASH
15.1. Tibbiy sug„urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari
Tibbiy sug‗urta deganda xohlagan sababdan, shu qatorda baxtsiz hodisadan
yoki kasallikdan, sog‗liqni yo‗qotishdan sug‗urtalash tushuniladi. To‗lovli
tibbiyotda ushbu sug‗urta turi tibbiy yordam xarajatlarini qoplash sifatida, bepul
tibbiyotda esa tibbiy xarajatlarni moliyalashtirish bo‗yicha qo‗shimcha manba
sifatida aytib o‗tilgan.
Rivojlangan pullik sog‗liqni saqlash tizimiga ega bo‗lgan ko‗pchilik
davlatlarda tibbiy sug‗urta keng qo‗llanadi. Uning asosiy maqsadi aholini keng
doirasiga tibbiy xizmatlar bilan foydalanish imkoniyatini yaratish va imkoni
boricha sug‗urta qildiruvchilarni xarajatlarini to‗liq miqdorda qoplanadi.
O‗zbekiston Respublikasida pullik tibbiyot hali u qadar keng tarqalmagan, negaki
―Sog‗liqni saqlash tizimidagi davlat tibbiy-profilaktik tashkilotlari davlat
kafolatlagan miqdorda tibbiy yordamni aholiga bepul ko‗rsatadi. Bepul tibbiy
yordamning hajmi va amalga oshirish tartibi qonunchilik tomonidan belgilanadi‖
30
.
Tibbiy sug‗urta qaltisliklarni taqsimlashda jamoa birdamlik prinsipiga
asoslangan: boy – kambag‗alga, sog‗lom – bemorga, yosh – qariga to‗laydi.
Sug‗urta prinsipi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: kasal bo‗lding "yutding", sog‗
qolding - "yutqizding".
Tibbiy sug‗urta aholini ijtimoiy himoya shaklida sog‗liqni saqlash byudjet
tizimiga qo‗shimcha sifatida rivojlanadi. Sog‗liqni saqlash byudjet tizimi ham bir
vaqt ichida o‗z vazifalarini bajaradi. Dunyoni hamma rivojlangan mamlakatlarida
davlat sog‗liqni saqlash tizimiga katta ahamiyat beriladi. Davlat aholi sog‗ligini
saqlash tizimidi asosiy vazifalarni o‗z zimmasiga oladi. Birinchi navbatda bu
epidemiyaga qarshi ishlar va yuqumli emas epidemiologiya usullari bilan tashqi
muhit ta‘siridan kelib chiqqan kasalliklarni bevaqt paydo bo‗lishi va tarqalishi
sabablarini aniqlaydi. Keskin va favqulotda vaziyatlarda davlat tibbiy yordam
30
O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Fuqarolarning sog‗ligini saqlash to‗g‗risida‖gi Qonuni. O‗zbеkiston Rеspublikasi
Qonun Hujjatlari to‗plami. – T., 2000. 5-son.
224
ko‗rsatish moliyalashtirishni o‗z zimmasiga oladi. Rejalashtirilgan tibbiy yordam
ko‗rsatilishda davlat ko‗p holatlarda tashabbusni xususiy biznesga, mustaqil
xo‗jalik tashkilotlarga yoki sug‗urtaga to‗liq uzatadi. Ushbu holatda davlat tibbiy
xizmatlarni sifati standartlarini, kadrlar tayyorlik darajasini va tibbiyotda prinsipial
yangi yo‗nalishlarni nazorat qiladi
31
. Tibbiy sug‗urta davlat va nodavlat sug‗urta
tashkilotlar tomonidan ixtiyoriy va majburiy ko‗rinishda amalga oshirilishi
mumkin.
Shu tarzda tibbiy sug‗urtani iqtisodiy mazmuni sug‗urtalangan shaxsning
hayotiga yoki sog‗ligiga baxtsiz hodisa yoki kasallik oqibatida etkazilgan zararni
qoplashdir. Tibbiy sug‗urtaning asosiy xususiyatlardan biri – bu sug‗urta
shartnomasida aniq aytib o‗tilgan hodisa sodir bo‗lganda mulkiy sug‗urtaga
o‗xshab moddiy zarar qoplanmaydi, faqat sug‗urtalangan shaxs yoki naf
oluvchining kasalligi va tibbiy muassasaga murojaat qilishi bilan bog‗langan
xarajatlari qoplanadi, sug‗urta puli esa tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi.
Kasallik holatida fuqarolarga ijtimoiy yordam taqdim etish yetarlli
darajadagi qadimgi ananaga ega. Qadimiy Gretsiya va Rim imperiyasida kasbiy
kollegiyalar doirasida o‗zaro yordam ko‗rsatadigan tashkilotlar bo‗lgan, qaysiki
baxtsiz hodisa sodir bo‗lishida, jarohat olishida, uzoq muddatli kasal bo‗lishida
yoki shikastlanishida mablag‗larni yig‗ib taksimlashgan. O‗rta asrlarda kasallik
yoki nogironlik holatida aholining himoyasi bilan sex yoki hunarmandchilik
gildiyalari (uyushmalari) va cherkov shug‗ullangan. Birinchi holatda yordam
a‘zolik badallaridan shakllangan sex kassalar mablag‗lari hisobidan amalga
oshirilgan. Ikkinchi holatda esa moddiy va tibbiy yordam muhtoj bo‗lganlarga
xayr-ehson hisobiga tekin taqdim etilgan.
Lekin tibbiy, yoki o‗sha davrda atalganiday, kasalxona sug‗urtasi shaklini
kasalligida ko‗rsatiladigan ijtimoiy yordam faqat XIX asrning ikkinchi yarmida
qabul qilindi. Aynan shu vaqtda kasaba uyushmasiga oid ishchilar harakati o‗zini
faol namoyon qildi, uning muhim natijalaridan biri ko‗pchilik Evropa
31
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
225
mamlakatlarida kasalxona kassalarining shakllanishi bo‗ldi. Ushbu kassalar ish
beruvchilar va ishchilar badallaridan shakllanar edi va muvofiq ravishda tashkilot
ma‘muriyati va kasaba uyushmasi vakillari tomonidan boshqarilar edi. Kassalar
o‗z a‘zolariga kasallik davomida yo‗qolgan mehnat daromadini qisman
qoplaydigan, ishchi vafot etganda oilasiga birvaqtda va nafaqa ko‗rinishda
to‗lanadigan, tug‗gan ayollarga kompensatsiya ko‗rinishda to‗lanadigan pullik
yordamni taqdim etishgan. Bundan tashqari, tibbiy va dorilik yordam ko‗rsatilishi
ko‗zda tutilgan. Kasalxona sug‗urtasida Angliya va Germaniya peshqadamlik
qilishgan. Aynan Germaniyada 1883 yilda ishchilarni majburiy kasalxona
sug‗urtasi to‗g‗risida davlat qonuni qabul qilingan.
Majburiy tibbiy sug‗urta boshqa ijtimoiy sug‗urta tarmoqlaridan ma‘lum
tashkiliy va moliyaviy tafovutlarga ega.
Birinchidan, majburiy tibbiy sug‗urta doirasida aholiga hech qanday pullik
to‗lovlar amalga oshirilmaydi. Moliya mablag‗lari faqat aholiga bepul ko‗rsatilgan
tibbiy xizmatlar to‗loviga ishlatiladi va davlat litsenziyasi va akkreditatsiyasiga ega
bo‗lgan tibbiy muassasalarga yo‗naltiriladi.
Ikkinchidan, majburiy tibbiy sug‗urtani tashkil etishda tijorat kompaniyalar
– tibbiy sug‗urta tashkilotlari – ishtirok etadi, ularga qonunchilik bo‗yicha bevosita
sug‗urtachilar vazifasi yuklatilgan.
Uchinchidan, majburiy tibbiy sug‗urtani moliyalashtirishda davlat byudjet
mablag‗lari ham qatnashadi, chunki ijroiya hokimiyat muassasalari ishlamaydigan
aholini sug‗urta qildiruvchi sifatida sug‗urtalashadi va sug‗urta badallarini
majburiy tibbiy sug‗urta fondlariga to‗lashlari majbur.
Boshqa sug‗urta tarmoqlariga ko‗ra majburiy tibbiy sug‗urta jiddiy tashkiliy
va moliyaviy xususiyatlarga ega. Avvalam bor, bu majburiy tibbiy sug‗urtani
tashkil etishda tijorat kompaniyalar – tibbiy sug‗urta tashkilotlari – ishtirok etadi,
ularga qonunchilik bo‗yicha bevosita sug‗urtachilar vazifasi yuklatilgan.
Majburiy tibbiy sug‗urta davlat ijtimoiy sug‗urta tizimiga kiradi. Lekin,
ushbu sug‗urta turi bo‗yicha moliyaviy oqimlar harakatida sug‗urta tashkilotlar
226
bevosita qatnashishadi, shuning uchun tegishli mablag‗lar sug‗urta mukofotlar va
sug‗urta qoplamalar tarkibida sug‗urta sohasida hisobga olinadi.
Majburiy tibbiy sug‗urta bo‗yicha ushbu sug‗urta turini amalga oshirishga
huquq beradigan litsenziyaga ega bo‗lgan tibbiy sug‗urta tashkilotlari
sug‗urtalovchilar sifatida o‗z faoliyatini amalga oshirishadi. Majburiy tibbiy
sug‗urta turi bilan bir vaqtda ular ixtiyoriy tibbiy sug‗urta bilan shugullanishi
mumkin. Sug‗urta qildiruvchi sifatida ishchilar uchun ish beruvchi, ishsiz aholiga
esa ijroiya hokimiyat muassasalari majburiy tibbiy sug‗urta shartnomasini
tuzishadi.
Sug‗urtalangan shaxslarga yordam majburiy tibbiy sug‗urta dasturi doirasida
amalga oshiriladi. Majburiy tibbiy sug‗urta dasturi quyidagilarni ko‗zda tutadi:
-
tibbiy va dorilik yordamni turlari va amalga oshirish shartlari;
-
ko‗rsatiladigan xizmatlarning ro‗yxati;
-
dastur doirasida yordam ko‗rsatadigan tibbiy tashkilotlarni ro‗yxati;
-
tibbiy yordamning sifatiga talablar;
-
tibbiy xizmatlarga o‗rnatilgan tartibda qabul qilingan eng yuksak tariflar.
Majburiy tibbiy sug‗urta faqat notijorat asosida amalga oshiriladi, va
sug‗urta zahiralar vaqtincha bo‗sh mablag‗larni ishlatishdan olingan daromad
quyidagi maqsadlarga yo‗naltiriladi:
-
tibbiy yordamga to‗lovlar zahirasini to‗ldirishga;
-
tibbiy muassasalarni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga;
-
sug‗urta kompaniya o‗zini rivojlanishiga.
Majburiy tibbiy sug‗urta dasturlari fuqarolarga ma‘lum ko‗lamda va
shartlarda tibbiy va dorilik yordamni ko‗rsatilishini kafolatlaydi. Majburiy tibbiy
sug‗urta dasturlaridan tashqari tibbiy va boshqa xizmatlar ixtiyoriy sug‗urta
doirasida yoki pullik ko‗rsatilishi mumkin. Majburiy tibbiy sug‗urta dasturini
davlat tasdiqlaydi.
Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida hech kimga o‗tmishdagi kasalliklar
mavjudligi, daromadlarning pastligi, ishlamaydigan oila a‘zolarining ko‗pchiligi,
shartnoma tuzilish paytida kasalliklar, shu qatorda surunkali kasalliklar mavjudligi
227
va hokazo sabablar bo‗yicha sug‗urta qilishga rad javob berilmaydi. SHu vaqtning
o‗zida ayrim sug‗urtalanganga ko‗rsatiladigan tibbiy yordam hajmida hech qanday
chek qo‗yishi yo‗q, agarki yordamning shu turlari majburiy tibbiy sug‗urta
dasturlariga kiritilgan bo‗lsa.
Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida munosabatlarni tartibga solish maqsadida
fuqarolarga tibbiy sug‗urta tashkilotni tanlash huquqi yilda bir marta shartnoma
tuzilishda beriladi. Majburiy tibbiy sug‗urta shartlari bo‗yicha sug‗urtalangan
shaxsda davolanishni sifatida yoki natijasida shubha tug‗ilsa, u sug‗urta kompaniya
orqali ekspertni chaqirishi mumkin. Sug‗urtachilar o‗z mijozlarining davolanishini
faol tekshirishadi. Tibbiy yordamda va sog‗liqni saqlashda tenglikni ta‘minlash
majburiy tibbiy sug‗urta fondlariga yuklatilgan. Sug‗urta kompaniyalar o‗z
faoliyatini majburiy tibbiy sug‗urta fondlardan olinadigan odam boshiga to‗g‗ri
keladigan badallar asosida amalga oshiradi.
Majburiy tibbiy sug‗urta mijozlarni kerak bo‗lmagan davolanishlardan va
tekshirishlardan, tibbiy tashkilotlarga ortiqcha borishdan, sifatsiz va natija
bermaydigan davolanishdan himoya qiladi.
Tibbiy xizmatlar odatda hamma sug‗urtalangan shaxslarga bir xil darajada
ko‗rsatiladi. Sug‗urtalangan shaxslarga ko‗rsatiladigan faqat davlat tomonidan
kafolatlangan, qat‘iy va aniq cheklangan tibbiy xizmatlarning to‗plami
sug‗urtalovchi tomonidan moliyalashtiriladi.
Taqdim etiladigan tibbiy xizmatlarni haqiqatan mavjud hajmi va tizimi
sug‗urta kompaniyasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi, o‗z
navbatida, ular majburiy tibbiy sug‗urta fondi yig‗adigan sug‗urta badallariga va
to‗lovlariga bog‗liq.
Bu sug‗urtalovchilar sug‗urtalangan shaxslarga ko‗rsatilgan tibbiy xizmatga
haqini to‗lash uchun moliyaviy mablag‗larni majburiy tibbiy sug‗urta fondidan
ular orasida tuzilgan shartnoma asosida olishi bilan bog‗liq. Shartnoma majburiy
tibbiy sug‗urta fondi oyida sug‗urtalangan shaxslarni soni va tuzilishiga ko‗ra va
hududda tasdiqlangan odam boshiga to‗g‗ri keladigan normativlar asosida
moliyalashtirish hajmini ko‗zda tutadi. Qay yo‗sinda, hamma sug‗urtalangan
228
shaxslar uchun tibbiy yordamni olish imkoniyati daromadlar darajasiga (to‗langan
badallarga ko‗ra), ijtimoiy holatiga va sog‗lig‗ining ahvoliga qaramasdan
baravarlashadi. Bu holatda sug‗urtalovchilar qaltisliklarni saralashdan manfaatdor
emas, hamma sug‗urtalanganlar ularni teng darajada qiziqtiradi va ma‘lum
darajada daromad keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |