15.3. Chet mamlakatlarda sog„liqni saqlash sohasida tibbiy
sug„urtaning tutgan o„rni
Jahon tajribasi majburiy tibbiy sug‗urtalashning turli tuman tashkiliy-
huquqiy shakllari to‗g‗risida guvohlik beradi. Ayrim mamlakatlarning majburiy
tibbiy sug‗urtalash tizimlarini ko‗rib chiqamiz.
Jahonda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish bo‗yicha bir necha
modellar barpo etilgan. Bugungi kunda AQSH hukumati sog‗liqni saqlash
tizimidagi xarajatlarni 40% dan oshiq qismini moliyalashtiradi. AQSH hukumati
sog‗liqni saqlash tizimidagi xarajatlarni asosan ikkita dastur orqali
moliyalashtiradi: "Medikeyd" va "Mediker".
"Mediker" dasturi bo‗yicha 65 yoshdan oshgan barcha amerikaliklar
sug‗urtalanadi. "Mediker" dasturini bir qismi barcha ishchilarga qo‗llanadigan
o‗ziga xos soliq orqali moliyalashtiriladi. Ushbu soliqning bir qismini ishchilar,
kolgan qismini – ish beruvchilar to‗laydi. Umuman olganda, ushbu soliq
233
ishlaydigan amerikaliklarning daromadidan 15% tashkil etadi. "Mediker"
dasturining qolgan qismi daromad solig‗idan moliyalashtiriladi.
"Medikeyd" dasturi bo‗yicha kam ta‘minlangan oilalardagi ayollar va bolalar
sug‗urtalanadi. Bundan tashqari, ushbu dastur bo‗yicha keksalar uyidagi
davolanish ham moliyalashtiriladi. "Medikeyd" dasturi federal va shtatlar hukumati
orqali moliyalashtiriladi.
Bugungi kunda AQSHda aholining 20% gacha qismi hech qanday tibbiy
sug‗urtasidan foydalanmaydi
37
. Yollanma mehnat asosida ishlaydigan mehnatga
layoqatli fuqarolar va ularning oilalari ish joylaridan (taxminan 60%
ishlaydiganlar) yoki sog‗liqni xususiy sug‗urtalash tizimi orqali tibbiy sug‗urta
bilan qamrab olinganlar. Amerikacha ixtiyoriy tibbiy sug‗urta faqatgina aholining
yuqori daromadlar darajasi mavjud bo‗lganda amal qilishi mumkin.
Germaniya sog‗liqni saqlash tizimini ham davlat tomonidan, ham sug‗urta
tomonidan moliyalashtiradi. Tibbiy sug‗urta sohasida katta tajriba Germaniyada
to‗plangan. 100 yil oldin bu yerda birinchi majburiy ijtimoiy sug‗urta amalga
kiritildi. Xozirgi kunda Germaniya sug‗urta tizimi Evropada eng rivojlangan
tizimlaridan biridir.
Fransiyada sog‗liqni saqlash tizimi moliyalashtirishni tibbiy majburiy
sug‗urtasi 75-80% ta‘minlaydi, qolgan qismi ixtiyoriy tibbiy sug‗urtasi va
fuqarolar o‗zini mablag‗lari hisobiga moliyalashtiriladi. Bundan tashqari, majburiy
tibbiy sug‗urtaga faqat ishchilar tortiladi
38
.
Shveysariyaning butun axolisi majburiy tibbiy sug‗urtasiga tortilishi lozim,
shu qatorda uch oydan kamroq ishlaydigan mavsumiy ishchilar ham
sug‗urtalanishi lozim. Shveysariyaga yangi kelgan va yangi tug‗ilgan uch oy ichida
majburiy tibbiy sug‗urtaga tortilishi lozim
39
.
Shveysariyada har qaysi inson o‗zi tanlagan kasalxona kassasiga sug‗urta
badallarini (sug‗urta mukofotini) to‗laydi. Sug‗urta badallarni miqdori shaxsning
37
Гришин В.В. Обязательное медицинское страхование: состояние, анализ, пути развития. Экономика и
жизнь. – Т., 2016. - № 3. – C. 15.
38
Литовка П.И., Литовка А.Б., Чебоненко Н.В. Добровольное медицинское страхование: правовой режим и
перспективы развития. – М.: БЕК, 2015. – С. 125.
39
Медицинское страхование за рубежом. – M.: Москва. 2013. – C. 256.
234
daromadiga bog‗liq emas. Kam ta‘minlangan aholining sug‗urta badallari to‗liq
yoki qisman davlat tomonidan to‗lanadi.
Gollandiya aholisining asosiy qismi majburiy tibbiy sug‗urtaga umumiy
milliy fond orqali tortiladi. Majburiy tibbiy sug‗urtaning xarajatlarini 85%ni
umumiy milliy fond qoplab beradi. Qolgan qismini shaxslar to‗g‗ridan-to‗g‗ri
tibbiy sug‗urta qildiruvchilarga to‗laydi
40
.
Avstraliyaning butun aholisiga tegishli Medіcare davlat tibbiy tizimi 1984
yildan boshlab o‗z faoliyatini amalga oshiradi. Medіcare davlat tibbiy tizimini
asosiy maqsadi – butun avstraliyaliklarga sifatli tibbiy xizmat ko‗rsatilishini
ta‘minlash. Avstraliyaning har qaysi layoqatga ega bo‗lgan fuqarosi Medіcare Card
shaxsiy kartochkasiga ega. Medіcare davlat tibbiy tizimi ishchilar oyligidan
avtomatik chegirmalar va qisman byudjet hisobidan moliyalashtiriladi. Kam
ta‘minlanganlar, talabalar va pensionerlar badal to‗lashdan ozod qilingan, harbiylar
daromadidan 0,2% miqdorida, kolganlar esa - 1,5% miqdorida Medіcare davlat
tibbiy tizimiga badallar to‗laydi. Medіcare davlat tibbiy tizimi sog‗liqni saqlash
xarajatlarini 8%ni ta‘minlaydi
41
.
Kanada sog‗liqni saqlash ishlariga YAIM hajmining 9,5 foizini sarf qiladi.
Bu kishi boshiga o‗rtacha 2500 AQSH dollarni tashkil qiladi. So‗rov natijalari
shuni ko‗rsatadiki, Kanadaning ko‗pchilik aholisi sug‗urtaning mazkur turini
ratsional (72%), ehtiyojga qarab xizmatlar tanlashga imkon beruvchi (67%) va
tibbiyot xizmatchilarining javobgardigini oshiruvchi chora (55%) sifatida
baholagan
42
.
Chet elda majburiy tibbiy sug‗urtani joriy etishda sug‗urta bo‗yicha to‗lovlar
manbaining belgilanishi eng muhim masala hisoblanadi. Bu holda fuqarolar va
korxonalar daromadlari va byudjet mablag‗lari to‗lov manbalari bo‗lishi mumkin.
Majburiy tibbiy sug‗urta bilan qamrab olinadigan alohida toifadagi fuqarolar
yuqorida keltirilgan manbalar biri yoki u yoxud bu turdagi to‗lov manbalari
birgalikda to‗lov manbasi vazifasini o‗tashi mumkin.
40
David Bland Insurance: Principles and Practice. The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 2003.
41
Ветрова Н. Финансирование здравоохранения в Австралии. – М.: Бизнес. – 2013. №5-6.
42
Абдуллаев Ф. Мажбурий суғурта афзалликлари // Халк сўзи, 2009 йил 25 апрель. №43.
235
Rivojlangan mamlakatlarda majburiy tibbiy sug‗urta ishchilardan, ish
beruvchilardan va qisman davlatdan yig‗ilgan badallardan shakllantirilgan nodavlat
sug‗urta fondlarga asoslangan. Ushbu fond mablag‗lari hisobiga tibbiy xizmatlar
qoplanadi.
Chet el davlatlarida majburiy tibbiy sug‗urta bo‗yicha badallar to‗lashining
taqsimlanishi 11-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |