O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


-jadval  Majburiy tibbiy sug„urta badallarini taqsimlanishi



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

11-jadval 
Majburiy tibbiy sug„urta badallarini taqsimlanishi 
(ish haqidan %da)
43
 
 
Mamlakat 
Ishchilar 
Ish 
beruvchilar 
Mustaqil ravishda 
qoplanadigan 
xarajatlar 
Xizmat ko‗rsatish asosida amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‗urta 
Germaniya 
6,70 
6,70 
Kasalxonada 
davolanish va dorilar 
Niderlandiya 
9,95 
10,20 
Ko‗zda tutilmagan 
Xarajatlarni qoplash asosida amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‗urta 
Belgiya 
4,70 
6,20 
Kasalxonada 
davolanish va dorilar 
Fransiya 
6,80 
12,80 
Lyuksemburg 
4,50 
4,50 
12-jadval 
G„arbiy Evropada tibbiy sug„urta
44
 
 
Mamlakat 
Aholi ichida 
sug„urtalanga
nlar ulushi, % 
Sug„urtalan-
ganlar soni, 
mln. kishi 
Badallar 
hajmi, 
mln.evro 
Bitta 
sug„urtalangang
a to„g„ri 
keladigan badal, 
evro 
Avstriya 
37,5 
2,8 
1337 
483 
Angliya 
25,5 
14,5 
2751 
190 
Germaniya 
16,9 
10,3 
15080 
1464 
Gollandiya 
39,4 
5,7 
4244 
738 
Daniya 
20,0 
1,0 
169 
169 
Ispaniya 
15,0 
5,6 
1210 
214 
Fransiya 
18,0 
10,0 
5820 
582 
43
Гришин В. В., Бутова В.Г., Резников А.А. Модели системы обязательного медицинского страхования. – 
M.: Финансы. 2015.- №3. 
44
www.swissre.com sayt ma'lumoti asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 


236 
Xorijiy mamlakatlar sug‗urta bozorida majburiy tibbiy sug‗urtasining o‗ziga 
xos o‗rni bor. Ushbu sug‗urta turi bo‗yicha yig‗ib olinadigan sug‗urta mukofotlari 
jami sug‗urta mukofotlari tarkibida salmoqli ulushga ega. 
G‗arbiy Evropada aholini ichida tibbiy sug‗urta tortilgan shaxslarni ulushi va 
bitta sug‗urtalanganga to‗g‗ri keladigan badali mamlakatlar bo‗yicha turlidir. 
Buyuk Britaniyada sog‗liqni saqlash tizimini to‗g‗ridan-to‗g‗ri davlat 
tomonidan moliyalashtiriladi. Aholining 11% ixtiyoriy tibbiy sug‗urta polislariga 
ega. Buyuk Britaniyada sotsial sug‗urtalash va ta‘minlash tizimining asosida uch 
turdagi to‗lovlar bor: davlat sug‗urtasi bo‗yicha nafaqa va yordam, universial 
yordam, tanlanma yordam. Ushbu tizimning falsafasi fuqarolarning faol hayotiy 
pozitsiyasi shakllanishiga (masalan ishsizlik bo‗yicha nafaqa faol ravishda ish 
izlayotgan shaxslarga beriladi), sotsial barqarorlikni bartaraf etishga jamiyat 
hayotining barcha sohalarida tanlash imkoniyatini ko‗paytirishga yo‗naltirilgan
45

Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‗rsatadiki, majburiy tibbiy 
sug‗urtaning universal modeli amaliyotda yo‗q. Har bir mamlakat uzining sog‗liqni 
saqlash va sug‗urta tizimidan kelib chiqqan holda majburiy tibbiy sug‗urta tizimini 
yaratadi. Xorijiy mamlakatlarda sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning 
turli ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, unda davlatning aholi salomatligini muxofaza 
qilishdagi ishtiroki darajasi xar xil. Ko‗pchilik xorijiy mamlakatlarda 
qo‗llanadigan tibbiy sug‗urtalash asosiy tamoyillari tahlili shuni ko‗rsatadiki, 
deyarli hamma joyda sug‗urta qilingan shaxslarning ayrim tibbiy xizmatlar uchun 
qisman pul to‗lashi keng qo‗llanadi.
Mamlakatda tibbiy sug‗urta rivojlanishiga bir qator omillar mamlakatning 
umumiqtisodiy holati, inflyasiya darajasi, axoli daromadlari, moliya-bank 
tizimining rivojlanganlik darajasi, din va e‘tikod, xamda institutsional omillar 
sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
Sug‗urta o‗ziga xos xususiyatlarga ega barqarorlashtiruvchi mexanizm 
bo‗lib, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki beradi va turli xildagi 
omillarning salbiy ta‘siri darajasini pasaytirish orqali mamlakatdagi 
45
Плешков А.П. Очерки зарубежного страхования. – М.: Анкил, 2007, 56 с. 


237 
makrooiqtisodiy vaziyatga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi
46
. Shunday ekan, turli xorijiy 
davlatlarda tibbiy
 
sug‗urta mexanizmidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish 
chora tadbirlari amalga oshirib boriladi.
Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida, O‗zbekiston ham bundan mustasno 
emas, fuqarolarning tibbiy yordam olish bilan bog‗liq xarajatlari majburiy yoki/va 
ixtiyoriy sug‗urtalash mablag‗lari hisobidan qoplanadi. 
Majburiy sug‗urtalashda aholining ayrim qatlamlari (ishlamaydigan aholi: 
pensiya oluvchilar, bolalar va shu kabilar) uchun davlat tomonidan 
moliyalashtirilishning byudjet manbai soliqlar hisobidan to‗ldiriladi. Byudjet 
xarajatlarining mazkur modda bo‗yicha mablag‗lari maxsus davlat fondida 
to‗planadi va bu fond mablag‗larni majburiy tibbiy sug‗urtani amalga oshirish 
huquqiga ega bo‗lgan sug‗urta kompaniyadari o‗rtasida takqsimlaydi. Sug‗urta 
kompaniyalari, o‗z navbatida, davlat va tibbiyot muassasasi o‗rtasidagi vositachi 
sifatida, bu muassasalarning tibbiy xizmatlarini iqtisodiy ekspertiza qilish bilan va 
ajratilgan mablag‗lardan foydalanishning samaradorligi muammosini hal etish 
bilan shug‗ullanadilar
47

Xususan, Germaniyada ijtimoiy sug‗urtaga daromadlarni taqsimlashning 
muhim mexanizmi sifatida yondashiladi. Bunda majburiy tibbiy sug‗urta bilan 
aholining taxminan 90% qamrab olingan. Aholining taxminan 10% yuqori va juda 
yuqori daromadga ega qatlami faqat ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlaridan 
foydalanadi, majburiy tibbiy sug‗urta tizimiga kiruvchi taxminan yana 5% aholi 
qo‗shimcha ravishda ixtiyoriy tibbiy sug‗urtadan ham foydalanadi, bu esa boshqa 
shifokorni tanlash, gospitallashning qulayroq usullarini tanlab olish yoki 
kasallanganda qo‗shimcha tovon puli olishi mkonini yaratadi
48
. Germaniyada har 
bir tizim faoliyat ko‗rsatish manbalarining shakllanishiga ko‗ra quyidagicha 
moliyalashtiriladi, sog‗liqni saqlashni moliyalashtirishning 60% majburiy tibbiy 
sug‗urta fondlariga to‗lanadigan badallar orqali, 10% tijorat asosidagi sug‗urtalash 
46
Лаврова Ю.А. Медицинское страхование в ФРГ и возможности использования этого опыта в условиях 
современной России. Диссертация на соискание ученой степени кандидата экономических наук. М., 2003.
47
Четыркин Е.М. Медицинское страхование за Западе и в России // Мировая экономика и
международные отношения, 2015. - №12. 
48
Хорсткотте X. Система страхования в Германии // Проблемы теории и практика управления. 2015.- № 5.


238 
mablag‗lari hisobiga, taxminan 15% davlat byudjeti resurslari hisobiga va 
taxminan 15% fuqarolarning shaxsiy mablag‗laridan tashkil topadi
49

Shu tariqa, har bir davlat tibbiy yordamni moliyalashtirilishini tashkil etish 
bo‗yicha javobgarlikni ijtimoiy sug‗urtalash tizimini barpo etish orqali o‗z 
zimmasiga olgan bo‗lib, u mamlakatda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
vaziyatga moslashgan bo‗ladi. Ayni chog‗da, majburiy sug‗urtaning rivoji 
qanchalik kuchli bo‗lmasin, ixtiyoriy tibbiy sug‗urtaning vujudga kelishiga 
to‗sqinlik qila olmadi. Aksincha, sug‗urtalashning bu sohasining rivojlanishidagi 
keyingi yigirma – o‗ttiz yil ichida ijtimoiy ta‘minot va fuqarolarning himoyalanishi 
tizimida u mustahkam o‗rin oldi. Aynan ixtiyoriy tibbiy sug‗urta sharofati bilan 
majburiy (davlat) sog‗liqni saqlash tizimi doirasida sug‗urta tamoyillarini qo‗llash 
imkoniyati tug‗ildi. Iqtisodiyoti taraqqiy etgan davlatlar, xususan, AQSH, 
Germaniya, Fransiya va Shveysariya kabi davlatlarda tibbiy sug‗urta nisbatan 
rivojlangan.
Ko‗plab xorijiy mamlakatlarda tibbiy xizmatlar bo‗yicha to‗lovlar tizimi va 
tibbiy yordam preyskuranti davlat nazorat idoralarining alohida e‘tibor beradigan 
narsasi va alohida tartibga solish ob‘ekti hisoblanadi. Bunday muzokaralarda 
tomonlarning manfaatlari qarama-qarshi bo‗lgani, sug‗urtalovchi esa aholining 
talaygina qismining manfaatlari yuzasidan ish ko‗rishi sababli, bu munosabatlar 
muzokaralarni olib borish jihatidan ham, baholarni muvofiqlashtirish jihatidan 
ham, bir yil davomida qiymatning o‗sishi jihatidan ham qat‘iy chegaralangan. Bitta 
tibbiyot muassasasi tomonidan turli sug‗urta kompaniyalariga taqdim etilayotgan 
tibbiy xizmatlar tariflarining mutanosibligi ko‗pincha alohida sinchiklab nazorat 
qilish ob‘ekti bo‗lib yuz ko‗rsatadi. 
Ko‗p mamlakatlarda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta majburiy tibbiy sug‗urtaga 
muqobil soha sifatida emas, balki qo‗shimcha to‗ldiruvchi sifatida xizmat qiladi. 
Bunda ixtiyoriy sug‗urta tibbiy xizmatlarni bir muncha qulay va maqbul 
sharoitlarda va bir muncha yuqori narxlarda taqdim etadi. Mana shu omil ixtiyoriy 
tibbiy sug‗urta doirasida ko‗rsatiladigan, jumladan statsionar klinikalarda 
49
www.bizines.dir.bg
elеktron manba. 


239 
ko‗rsatiladigan xizmatlar hajmini (hissasini) kvotalashni davlat tomonidan tartibga 
solinishining maqsadga muvofiqligini taqazo etadi
50

Tibbiy sug‗urtaning xorijdagi zamonaviy tizimlarida moliyalashtirishning 
uchta manbasi etakchilik qiladi. Ular: davlat subsidiyalari, ish beruvchilarning 
maqsadli badallari va ishchilarning o‗zlari to‗laydigan badallar. Ushbu 
manbalarning nisbati turli mamlakatlarda turlicha bo‗lib, bir biridan katta farq 
qiladi. Germaniyada majburiy tibbiy sug‗urta tizimi bir necha o‗n yillardan beri 
barqaror ravishda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, sug‗urtalanuvchilarning 
huquqlarini ximoya qilish masalasi dolzarb hisoblanadi. Germaniya qonunchiligiga 
binoan, har bir amaliyotchi vrach o‗zining kasb javobgarligini sug‗urtalashi shart. 
Aynan mana shu tartib mamlakatda tibbiy yordam sifatini va bemorlar huquqlari 
muxofazasini taminlashning muhim omili hisoblanadi. Jabrlangan tomon ko‗proq 
tovon olish imkoniyatiga ega.
Barcha mamlakatlarga xos bo‗lgan xorijiy ilg‗or tajribaning bosh xususiyati 
shuki, tibbiy sug‗urtaning ikkala – majburiy va ixtiyoriy tizimi ham bir-birini 
to‗ldirib turadigan modelni tashkil etadi va bu barcha yoki deyarli barcha 
kasalliklar va uning oqibatlarini qoplama bilan ta‘minlash imkoniyatini beradi. 
Ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‗urtalar o‗rtasida ―javobgarlikni‖ taqsimlash har bir 
mamlakatda bir-birovidan farq qiladi.
Ayrim mamlakatlarda ixtiyoriy tibbiy sug‗urta ikkinchi darjali ahamiyatga 
ega (masalan, Buyuk Britaniyada) va tibbiy xizmatlar xarjatlarini qoplashning 
qo‗shimcha manbai bo‗lib hisoblanadi. Boshqa mamlakatlarda esa, masalan, 
Germaniya va Niderlandiyada ancha muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, zero u 
majburiy (davlat) sug‗urtasining o‗rnini bosishi ham mumkin. Umumiy qoidaga 
ko‗ra, xorij tajribasida tibbiy sug‗urtaning uyg‗unlashgan (ham majburiy, ham 
ixtiyoriy) tizimidan foydalanilganda, aholining qanchalik ko‗p qismi majburiy 
(davlat) tibbiy sug‗urtasiga jalb etilgan bo‗lsa, shuncha kamroq qismi ixtiyoriy 
sug‗urtadan foydalanadi. 
50
Шишкин С.В. Пути реформирования систем социального и обязательного медицинского страхования. – 
М.: Институт экономики переходного периода, 2015. 


240 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda sog‗liqni saqlash tizimini boshqarish va uni 
moliyalashtirishning turli ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, unda davlatning aholi 
salomatligini muxofaza qilishdagi ishtiroki darajasi har xil. Rivojlanayotgan 
davlatlarning tajribasini o‗rganar ekanmiz, majburiy meditsina sug‗urtasi sug‗urta 
madaniyatini oshiradi va tibbiy sug‗urta maxsulotlariga bo‗lgan ishonch darajasini 
ko‗taradi. Bu esa o‗z navbatida tibbiy xtiyoriy sug‗urta turlarini rivojlanishiga olib 
keladi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish