1
14-mavzu: O’zbekistonda tarixshunoslik fanining alohida soha sifatida
rivojlanishi
Reja:
O’zbekistonning eng yangi tarixi
ni tadqiq qilish tarix fanida yangi ilmiy
yo‘nalishlardan biri bo’ldi. Bu bevosita milliy mustaqil davlatning tashkil topishi bilan
vujudga kelib, zamonaviy tarixiy jarayonlarning rivojini o‘rganish, tahli! qilish, tarixiy
tajribani umumlashtirish va bu orqali milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgandir.
“O’zbekistonning eng yangi tarixi hozircha institutsional xarakter kasb etgan emas, yo’lnki
o‘z metodologiyasi, tadqiqotchilik ishlari va o‘quv-uslubiy ta’minotiga ega bo‘lgan mustaqil
fan sohasiga ajratilmagan. So‘nggi yillar davomida mamlakatimiz hayotida ro‘y bergan
voqealar ko‘larni va rivoji fan va ta’lim oldiga ularni tizimli mushohada qilish masalasini
ilgari surmoqda”.
O’zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda Mustaqil O’zbekiston davlatining
asoschisi, Birinchi Prezident I.A.Karimovning nazariy-konseptual asarlari va nutqlari muhim
ahamiyatga ega. Mazkur asarlar umumiy yaxlit bir tarzda O’zbekistonning o‘z mustaqil
taraqqiyot yo‘lining o‘ziga xos “doktrinasi”ni taqdim qilishi bilan O’zbekistonning eng yangi
tarixini yaratishda asosiy va muhim manbadir. I.A.Karimovning asarlarida O’zbekiston
jamiyatining kelajak sari bosqichma-bosqich evolyusion ilgarilashining ustivor yo‘nalishlari
va vazifalari bilan bir qatorda, xalqning haqqoniy, bugungi tarixi, armonu-umidlari, yorqin
istiqbol haqidagi orzulari hamda pragmatik intilishlari o‘z aksini topgan. Birinchi Prezident
I.Karimovning asarlari
bir tomondan,
mustaqillik yillarida amalga oshgan o‘zgarishlarning
mohiyati va miqyosini har tomonlama, to’laqonli baholash imkonini bersa,
boshqa tomondan,
Vatan ilmiy-tarixiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri rivojining mohiyati, xarakteri
darajasini belgilovchi doktrinal-konseptual va mafkuraviy ko‘rsatmalarning evolyutsiyasi va
sifat xarakteristikasini kuzatish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev nutq va chiqishlari, asarlarida
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishi muammolari va vazifalari,
istiqbolining taraqqiyotiga doir aytgan fikrlari O’zbekistonning zamonaviy tarixini
o‘rganishda muhim manba hisoblanadi
1
.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev doimiy ravishda rasmiy
marosimlarda milliy tariximiz va uning ahamiyati yuzasidan ko‘plab fikrlar bildirib
kelmoqda. Jumladan, O’zbekiston mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi nutqida “Mustaqillik kuni Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng
yorqin sahifa bo‘lib qoladi. Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so‘z ketganda “Yangi
O’zbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi
bosqichiga qadam qo‘yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimiing e’tirofidir. Xalqimizning
ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O’zbekistonda yangi bir uyg‘onish - Uchinchi
Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Chunki bugungi
O’zbekiston - kechagi O’zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas” deb,
1
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent:
O’zbekiston, 2016; Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir raxbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent: O’zbekiston, 2017,; Mirziyoyev Sh.M. Qonun
ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent:
O’zbekistan, 2017; Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. Toshkent:
O’zbekiston, 2017.
2
mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlar ahamiyatini ta’kidladi.
O’zbekistonning yangilanish va mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ilgarilab borishdagi
tarixiy tajribasini tizimli o‘rganish, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish,
yangicha tafakkur va mushohadaga ega bo‘lgan tarixchi kadrlarni yetishtirish zaruratidan
kelib chiqib O’zR FA Prezidiumining qaroriga asosan 1996-yil martda Tarix instituti tarkibida
yangi “O’zbekistonning mustaqillik davri tarixi” bo‘limi tashkil etildi. (Hozirda mazkur
bo‘lim “O’zbekistonning xalqaro munosabatlari va zamonaviy tarixi” deb nomlanadi). Ushbu
bo‘limning vazifalari “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining
faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qaroridan keyin yanada ravshanlashdi. Mazkur
Qarorda ta’kidlangan “suveren O’zbekistonni tizimli modemizatsiyalashning yaxlit tarixiy
manzarasini yaratish zarurati” bo‘lim tadqiqotlari ilmiy yo‘nalishini belgilab berdi.
Mamlakatimiz tarixchilarining O’zbekistonning mustaqillik davri tarixiga doir
izlanishlari natijalari ko‘plab maqolalar, risolalar va monografik tadqiqotlarda o‘z ifodasini
topdi.
Ilmiy jarayonni tashkil etishda dissertatsion tadqiqotlar ilmiy bilimlar rivojining
ko‘rsatkichi ekanligini nazarda tutadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida O’zbekistonning eng
tarixiga oid ilmiy bilimlarning to‘planishi va rivoji himoya qilingan dissertatsiyalarda o‘z
ifodasini topdi.
Mustaqillik tarixining turli jihatlari doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarining
mavzulari bo’ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘rsatilgan yillarda O’zbekiston tarixi ixtisosligi
bo‘yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari nisbatida O’zbekistonning mustaqillik
davri tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar unchalik ko‘p emas.
O’zbekiston jamiyati hayotida kechayotgan demokratik o‘zgarishlar, fuqarolik
jamiyatini shakllantirish vositalari, ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va
rivojlanishi kabi mavzular tarixchilar tomonidan o‘rganila boshlandi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlar Respublika
viloyatlari va shaharlari misolida tadqiq etildi.
Zamonaviy tarix fanida O’zbekiston aholisining milliy xususiyatlari va demografik
rivojlanishi jarayonlarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etdi. Tarixiy о‘zgarishlarning
demografik jarayonlarga ta’siri hamda ularning turli jihatlarini tahlil etish mamlakatda amalga
oshirilayotgan kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, islohotlarning ijtimoiy samarasini
oshirishga qaratildi.
Tarixchilar tadqiqot ob’yekti bo’lgan ma’lum hududni mustaqillik yillaridagi
rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish orqali iqtisodiy, agrar, madaniy sohada
amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yoritdilar. Mazkur tadqiqotlarning
davriy chegarasi, manbaviy asoslari turlicha bo‘lishiga qaramay, ushbu izlanishlarning
umumlashmasi mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiy ijtimoiy va madaniy jarayonlarini
yaxlit bir manzarasini shakllantirishda muhim material bo‘lib xizmat qiladi.
Bozor munosabatlari qaror topib, tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat
berilayotgan mustaqillik sharoitida an’anaviy hunarmandchilik sohasini qayta tiklash, uni
milliy asosda yangidan rivojlantirish jarayonlarini o‘rganish tarixchilarning tadqiqot
ob’yektiga aylandi.
Mustaqillik davri ijtimoiy jarayonlari turli jihatlarini ma’lum xronologik doirada
o‘rgangan tadqiqotlar vujudga keldi.
O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li ta’lim tizimini isloh qilishni taqozo qildi. Bu
3
sohada O’zbekiston o‘z milliy strategiyasini ishlab chiqib, ta’lim tizimini isloh qilishning
o‘ziga xos yo‘lidan bordi. Ta’lim tizimidagi islohotlar jarayoni, Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturining ishlab chiqilishi hamda amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ta’limning
uzluksizligi, umumta’lim va professional ta’limning chuqurlashib borishini yorituvchi,
shuningdek O’zbekistonda ilm-fan rivojlanishi holati va taraqqiyot yo‘nalishlarini tahlil
qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirildi.
O’zbekiston mustaailligi sharoitida millliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va
rivojlanishi, shuningdek madaniyat rivojining turli jihatlarini yorituvchi tadqiqotlar vujudga
keldi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyati
jamiyatning katta qismini tashkil etgan ayollar faolligiga bog‘liq ekanligi O’zbekistonda
xotin-qizlar masalasida yangicha yondoshuvlar, muammolar yechimini izlash zaruriyatini
taqozo qilganligi G.G‘aniyevning tadqiqotida о‘rganildi.
Mustaqii O’zbekistonda yoshlarga oid siyosatning ahamiyati va ularning mamlakat
ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, milliy mustaqillik sharoitida talaba yoshlarda axloqiy
qadriyatlarining shakllanishi tadqiq qilindi.
O’zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o’rni nomzodlik dissertatsiyalari
mavzulari orasida eng faol o‘rganilgan muammolardan bo’ldi. O’zbekistonda diplomatiya
xizmatining shakllanishi va rivojlanishi o‘rganish O’zbekistonning sovet davri hamda
mustaqillik yillaridagi tashqi aloqalari tarixini qiyosiy taxlil etish orqali ushbu soha rivojida
muhim o‘rin tutgan omillarni aniqlash va tarixiy jarayonlarni umumlashtirib, ilmiy xulosalar
chiqarish imkonini berdi.
Yuqorida keltirilgan dissertatsion tadqiqotlar tahlili O’zbekistonning eng tarixini
o‘rganishda tizimli yondashuvning shakllantirilishi, siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy
sohadagi tub o‘zgarishlarni tadqiq qilishda har bir jarayon xususiyatidan kelib chiqib, ma’lum
xronologik ramkalarni belgilab olish maqsadga muvofiq bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur
tadqiqotlar, ularda mujassamlashgan manbaviy ma’lumotlarni tanqidiy va tahliliy o‘rganish
O’zbekistonning engi tarixini yaxlit manzarasini yaratishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |