245
kompaniyalarining riskini jiddiy oshirib yuboradi va ularni sug‗urta mukofoti
miqdorini oshirishga majbur qiladi.
Sug‗urta shartnomalarining atigi 40 foizigina (ekspert baholarga ko‗ra)
sug‗urta hodisalarining minimal standart to‗plami doirasidan tashqaridir.
Sug‗urtalashning bunday kengaytirilgan dasturlari turli kasalliklarning davolanishi
va profilaktikasini o‗z ichiga oladi. Biroq, tabiiyki, ular Sug‗urtalovchiga
qimmatga tushadi.
Korporativ sug‘urtalashning ustuvorligi.
O‗zbekistonda ko‗ngilli
tibbiy
sug‗urta bo‗yicha shartnomalarning asosiy qismi (ekspert baholarga ko‗ra 80-90%
qismi) hozircha o‗z xodimlarini va ayrim holarda – o‗z oila a‘zolarini
sug‗urtalovchi korxonalar bilan tuzilmoqda.
Odatda, sug‗urta kompaniyalar uchun jismoniy shaxslardan ko‗ra korporativ
mijozlar bilan ishlash manfaatliroqdir. Birinchidan, bunda ko‗lamdan tejaladi:
mijozlarni jalb qilish va ularga xizmat ko‗rsatishning o‗rtacha xarajatlari qisqaradi.
Ikkinchidan, bunda ommaviylik ta‘minlanadi va bu sug‗urta biznesining daromad
keltiruvchanligining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Uchinchidan, o‗z-o‗zini
mustaqil ravishda sug‗urtalovchi jismoniy shaxslardan farqli ravishda
kompaniyalarning xodimlari sug‗urta summasini
faol sarflashga unchalik
intilmaydilar. Gap shundaki, korporativ sug‗urtalashda xodim uchun sug‗urta
mukofotini korxona to‗laydi, jismoniy shaxs esa uni o‗zi to‗laydi, shuning uchun
ham sarflagan pullari evaziga maksimal foyda olishga, ya‘ni sug‗urta summasining
hammasini sarflashga intiladi.
Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta rivojlanishining imidj xarakteri.
O‗zbekistonda
Ixtiyoriy tibbiy sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatish asosan foyda keltirmaydi. Biroq
sug‗urta kompaniyalari sug‗urtalashning ushbu turini o‗z xizmatlari assortimentini
kengaytirish maqsadida joriy qilib,
rivojlantiradilar, chunki bu korporativ
mijozlarni jalb qiladi. Sug‗urtalashning bir turi bo‗yicha ko‗rsatilgan xizmatlarning
sifatlaridan qoniqqan mijoz ushbu kompaniyaning boshqa xizmat turlarini ham
bajonidil sotib oladi. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari ko‗ngilli tibbiy
246
sug‗urtadan keladigan zararlarni sug‗urtalashning boshqa turlari va boshqa faoliyat
turlari hisobiga moliyalashiradilar.
Yuqorida aytib o‗tilganidek, ixtiyoriy tibbiy sug‗urta bo‗yicha sug‗urta
xizmatlari ko‗rsatish tartibi va shartlari respublika bo‗yicha amalda bir xildir.
Ya‘ni,
ishonch bilan aytish mumkinki, aynan ko‗ngilli tibbiy sug‗urta xizmatlari
ko‗rsatib kelinayotgan 8-10 yil davomida ular bozorda ma‘lum darajada
unifikatsiyalangandir. Shu munosabat bilan, ushbuning ila O‗zbekistonda ixtiyoriy
tibbiy sug‗urta polisi bo‗yicha tibbiy xizmatlarni ko‗rsatishning taxminiy tartibi
tavsif qilinadi.
Og‗ir kasallikka uchraganda yoki surunkali
kasallik kuchayganda Tibbiy
sug‗urta dasturida ko‗zda tutilgan tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun
Sug‗urtalovchining Assistans Xizmatining kechayu kunduz faoliyat ko‗rsatuvchi
dispetcherlik markaziga murojaat qilish lozim.
Assistans Xizmati Operatori sug‗urtalangan shaxsni Sug‗urtalovchining
mijozlar haqidagi axborotlar kiritilgan ma‘lumotlar bazasidan aniqlaydi, so‗ng
sug‗urtalangan shaxsning holati, uning istaklari va talab qilinayotgan yordamning
xarakteridan kelib chiqqan holda uni tibbiyot muassasalaridan biriga yuboradi yoki
zarur hollarda sug‗urtalangan shaxs uchun tez yordam guruhini chaqiradi.
Sug‗urtalangan shaxsga tibbiyot muassasalaridagi xizmatlar ushbu
muassasaning mas‘ul xodimiga u taqdim etgan Sug‗urta polisi (servis kartochkasi)
va Sug‗urtalangan mijozning shaxsini aniqlovchi hujjat asosida ko‗rsatiladi.
Sug‗urtalangan shaxs tibbiyot muassasasiga
har safar murojaat qilganda
belgilangan muolajalarni o‗tab bo‗lgach, tibbiyot xizmatlaridan foydalanganligini
tasdiqlash uchun hisob kartasiga imzo chekishi hamda xizmatlar narxining tibbiyot
muassasasining amaldagi preyskurantlariga mosligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Sug‗urtalovchi har kalendar oyining so‗nggida hisob kartasidagi ma‘lumot
asosida (hisoblar bo‗yicha to‗lovlar davriyligi turli Sug‗urtalovchilarda turlicha
bo‗lishi mumkin) tibbiyot muassasasining hisoblari bo‗yicha to‗lovlarni amalga
oshiradi.