O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


jinsi va avloddan avlodga o‗tuvchi kasalliklar va etishmovchiliklarni  kiritish mumkin. Turli zararli odatlarning



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
jinsi va avloddan avlodga o‗tuvchi kasalliklar va etishmovchiliklarni 
kiritish mumkin. Turli zararli odatlarning
 
vafot etish darajasiga ta‘siri katta emas

Avloddan avlodga o‗tuvchi kasalliklarning ushbu ko‗rsatkichga ta‘siri o‗rtacha 
bo‗lib, bunday kasalliklar sifatida yurak kasalligi va qandli diabed kasalliklarini 
aytish mumkin.
Mazkur ko‗rsatkichga ta‘sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar sifatida kasb-
kor, ovqatlanish, yashash sharoitlari, yashash joyi, ta‘lim darajasi va hayot tarzini 
aytish mumkin. Ushbu faktorlar o‗rtasida aloqadorlik mavjud bo‗lib, shu tufayli 
ularning aloxida ta‘sir darajasini belgilash qiyin. Jumladan, insonning kasb-kori 
vafot etish darajasiga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi, masalan yuqori risk 


279 
darajasiga ega bo‗lgan ish, zararlilik darajasi yuqori bo‗lgan ishlar, kuchli 
asabiylashish kabilar vafot etish darajasi ko‗rsatkichining ortishiga olib keladi.
Xodim yoki ishchining kasb-kori uning oylik maoshini belgilaydi, bu o‗z 
o‗rnida uning Hayot darajasiga, ovqatlanishi, tibbiy xizmatlardan foydalanish va 
boshqalarga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Natijada klass seleksiyasi xosil bo‗ladi. Hayot
sug‗urtasida klass seleksiyasining roli juda yuqori bo‗lib, jami axoliga nisbatan 
sug‗urtalangan shaxslarning klass tarkibi yuqori darajadagi daromad va ta‘lim 
darajasiga ega bo‗lgan axoli qatlamlariga tomon aralashadi.
Aholining turli qatlamlari uchun vafot etish darajasi xam turlicha. Misol 
uchun 17-jadvalda Buyuk Britaniya jami axolisining vafot etish darajasiga turli 
ijtimoiy sinflar vafot etish darajasining foizdagi nisbati keltirilgan
60
.
 
17-jadval 
Ijtimoiy sinflarga nisbatan vafot etish darajasi
61
 
Ijtimoiy sinflar 
O‗rtacha darajaga 
nisbatan foizda 
I. Professionallar (vrachlar, aktuariylar, advokatlar va 
boshqalar) 
77 
II. Tadbirkorlar va menejerlar
81 
III.1. Xizmatchilar va xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar 
99 
III.2. Qo‗l mehnati bo‗yicha malakali xodimlar 
106 
IV. Qo‗l mehnatining o‗rtacha malakali xodimlari 
114 
V. Qo‗l mehnatining malakasiz xodimlari 
137 
Qo‗l mehnatining malakasiz xodimlarining o‗rtacha vafot etish darajasi 
professionallarga nisbatan sal kam 80 % ortiq. 
To‗g‗ri va sifatli ovqatlanish muhim o‗rin tutadi. Noto‗g‗ri ovqatlanishning 
sabablari mablag‗ning etishmasligi yoki odat yoki past darajadagi ma‘lumot 
bo‗lishi mumkin. Ortiqcha ovqatlanish boy oilalarda ham, kambag‗al oilalarda 
ham bo‗lishi mumkin. Kambag‗al oilalarda arzon va sifatsiz mahsulotlarni tanovul 
60
Acted Study Materials: 2006 Examinations. Subject D2. (Buyuk Britaniya aktuariylar institutining o‗quv 
qo‗llanmasi)
61
Jadval sug'urta kompaniyalarining ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 


280 
qilish natijasida organizmni yog‗ bosishi yoki boshqa kasalliklarning kelib chiqish 
darajasi yuqori.
Yashash sharoitining talab darajasida bo‗lmasligi infeksion va resperatorli 
kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. Yashash sharoiti uchun eng muhim 
talablar tozalik, qishda issiqlik, suvning sifati va gigiena hisoblanadi. Yashash 
sharoitining yomonligiga odatda kambag‗allik sabab bo‗ladi. Shunday qilib, 
yashash sharoiti klass seleksiyasining faktorlaridan biri xisoblanadi.
Geografik faktorlarga turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‗luvchi 
joyning tabiiy iqlim sharoiti, yo‗l harakatida avariyalarning sodir bo‗lish darajasi, 
tabiiy katastrofalar, siyosiy notinchliklar, tibbiy xizmatning yetarlli emasligi 
kabilarni kiritish mumkin. Statistik ma‘lumotlarning ko‗rsatishicha hayot 
davomiyligining darajasi bir shaharning turli qismlarida turlicha bo‗lishi mumkin.
Ma‘lumot darajasi daromat darajasiga va kasb-koriga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Odatta ma‘lumotli kishilar uzoq yashaydilar. Ma‘lumotli bo‗lish hayot tarziga 
sezilarli tasir ko‗rsatadi, ovqatlanish jismoniy badan tarbiya yetarlli darajada 
bo‗lib, chekish va alkogol iste‘mol qilish nisbatan kam bo‗ladi.
Alkogolning ta‘siri doim bir xilda emas. Alkogolni doimiy kam miqdorda 
istemol qilish inson salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi.
Vafot etish darajasiga ta‘sir ko‗rsatuvchi boshqa faktorlar sifatida jismoniy 
mashg‗ulotlar bilan shug‗ullanish, sportning xavfli turlari, sayoxat va boshqalarni 
ko‗rsatish mumkin.
Jami aholiga birday ta‘sir ko‗rsatuvchi faktorlar sifatida tibbiy xizmatining 
takomillashuvi, yangi kasalliklarni paydo bo‗lishi, epidemiyalar urushlar va 
boshqalarni aytish mumkin.
Nikoxda bo‗lgan kishilarning vafot etish darajasi axolining boshqa 
qatlamlariga nisbatan past bo‗ladi. Buning sababi, turmush qurayotganlar odatda 
sog‗lom kishilar bo‗lib, nogironlar va boshqa nosog‗lom kishilar kam turmush 
qurishadi, yani nikohga kirishish selektiv faktor hisoblanadi. Shu bilan birga nikohi 
buzilganlar o‗rtasida o‗lim darajasi yuqori bo‗ladi.


281 
Fuqorolarni kasalliklardan ehtiyot shart sug‗urtalashni rivojlantirish va uni 
takomillashtirishning asosiy shartlaridan biri sug‗urta bozorida raqobat muhitini 
shakllantirish va rivojlantirish hisoblanadi. Sug‗urta bozorining rivojlanish 
tendensiyalarini tahlil qilish bilan shug‗ullanuvchi aksariyat ekspertlar va 
taxlilchilarning fikriga ko‗ra, mamlakatimiz mintaqalarida raqobat muhiti sust 
ko‗rinishga ega. Eng achinarlisi, aksariyat qishloq tumanlarida fuqorolarni 
kasalliklardan ehtiyot shart sug‗urtalash bo‗yicha sug‗urta xizmatlarini ko‗rsatish 
hamon yagona sug‗urtalovchi - ―O‗zagrosug‗urta‖ aksiyadorlik sug‗urta 
kompaniyasining tuman bo‗limlari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. 
Haqiqatda, unga raqobatda bo‗ladigan tuman bo‗limlari aksariyat sug‗urta 
tashkilotlari tomonidan joylarda tashkil etilmagan. Ayni chog‗da bu vaziyat to‗liq 
barcha viloyatlarga tegishlidir. 
Demak, bayon etilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki
O‗zbekiston Respublikasining viloyat markazlarida fuqorolarni kasalliklardan 
ehtiyot shart sug‗urtalash

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish