292
ko‗paytirish orqali aniqlanadigan tovon puli to‗lanishini ta‘minlaydi. Ishga
layoqatsizlik darajasi quyidagi formula orqali baholanadi:
Sug„urta to„lovining
summasi
=
Sug„urta
summasi
x
Ishga layoqatsizlik
koeffitsienti
Bazaviy kafolatlar
Qo„shimcha kafolatlar
O‗lim holatlari uchun sug‗urta
summasi (kapital)
Boquvchisini yo‗qotganlik
bo‗yicha pensiya
Nogironlik (mehnat layoqatini
doimiy yo‗qotish) holatlari uchun
sug‗urta summasi (kapital)
Nogironlik pensiyasi
Mehnat layoqatini vaqtinchalik
yo‗qotganlik bo‗yicha har kunlik
nafaqa
Boquvchi nafaqasi
5-rasm. Baxtsiz hodisadan sug„urtalash bo„yicha kafolatlar tizimi
62
Ishga layoqatsizlik koeffitsientini aniqlashning ikki usuli mavjud.
Birinchi
holda sug‗urta kompaniyalari o‗z statistik kuzatuvlari asosida mehntatga layoqatni
yo‗qotish darajasini ushbu layoqatni to‗liq yo‗qotish holatidan yoki turli
a‘zolarning ish qobiliyati yo‗qotilishi holatidan kelib chiqib aniqlash jadvalini
tuzadilar, yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodislardan ko‗rilgan zararni qoplash
uchun davlat tomonidan qo‗llaniladigan jadvallardan foydalanishlari mumkin.
To‗liq va doimiy 100 foizli mehnatga layoqatsizlik to‗liq ko‗rlik holatida,
umumiy falaj holatida, ikkala qo‗lni (ikki qo‗l barmoqlari), ikki oyoq (to‗piqdan
pasti), va bir qo‗l (barmoqlari) va bir oyoq (to‗piqdan pasti)
amputatsiya
62
Muallif tomonidan tuzilgan.
293
qilinganda yoki ulardan foydalanish imkoniyati to‗la yo‗qotilgan taqdirda,
davolanmas darajada es-hushini yo‗qotish holatlarida qo‗llanadi.
Tan a‘zolarining qisman yo‗qotilishi yoki ishga yaroqsizlik holati maksimal
koeffitsientlarga keltirilganda, tibbiyot muassasi yoki tibbiyot-ekspertiza
komissiyai tomonidan belgilangan yaroqsizlik darajasiga mutanosib ravishda
qisqartiriladi. Agar a‘zo avvaldan yaroqsizlik xususiyatiga ega bo‗lgan va baxtsiz
hodisa tufayli kishi uni ko‗proq darajada yo‗qotgan yoki nogironlik darajasini
olgan bo‗lsa, sug‗urta tovoni faqat baxtsiz hodisa tufayli
olingan shikastlanishlar
uchun to‗lanadi.
Nogironlik ko‗rsatkichlari ko‗p bo‗lgan holatlarda mehnatga umumiy
layoqatsizlik har bir tan a‘zosining mehnatga layoqatsizlik koeffitsientlarini
qo‗shish orqali olinadi. Biroq bu holda uning mumumiy miqdori yo‗qotilgan
a‘zolar tarkibiga kiruvchi tan qismlarining 100 foizlik mehnatga layoqatsizlik
holatidan ortib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydi (masalan, qo‗l barmoqlari
koeffitsientining yig‗indisi qo‗l barsoqlarining butkul yo‗qotilishi koefitsientidan
ortib ketishi mumkin emas).
Ana shunday jadvallarda keltirilgan koeffitsientlar
insonning anatomik va
fiziologik jihatdan bus-butunligiga shikast etkazilishi nuqtai nazaridan kelib
chiqqan holda, uning kasb-koriga yoki ijtimoiy faoliyatini hisobga olmagan holda
hisoblab chiqilgan. Sug‗urta kompaniyalari ayrim kasblar uchun maxsus
qoplamalarni taklif eitishi mumkin, masalan, ashulachilar uchun ovozni yo‗qotishi,
aktyorlarning tashqi qiyofasining o‗zgarishga uchrashi, jarrohlar uchun qo‗l
barmoqlarining shikastlanishi va h.k. holatlari uchun tovon puli to‗lanshini taklif
etadi. Tabiiyki, bunday bunday tovon to‗lovlari standart
kafolatlarga nisbatan
ancha yuqori sug‗urta tariflari qo‗yilishini taqazo etadi.
Sug‗urtalovchilar tomonidan foydalaniladigan mehnatga layoqatsizlik
koeffitsientini aniqlashga oid ikkinchi usul umumiy nogironlik bo‗yicha foiz
ma‘lumotlariga asoslangan bo‗lib, ular tibbiy muassasalar yoki tibbiyot-ijtimoiy
ekspertiza komissiyalari (VTEK) tomonidan hisoblab chiqiladi. VTEK tomonidan
belgilangan nogironlikning u yoki bu toifasiga qarab sug‗urta kompaniyasi
294
tomonidan sug‗urta tovonini to‗lash uchun mehnatga layoqatsizlik darajasi
aniqlanadi. Amalda bu koeffitsientlar quyidagi oraliqda tebranib turadi: 1-toifa
nogironlik uchun sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta ummasining - 75 – 80%;
2-toifa nogironlik uchun – 50 – 65%; 3-toifa nogironlik uchun – 25 – 50%
miqdorini tashkil etadi.
3.
Mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik holati bo‘yicha kafolat
sug‗urtalanuvchiga davolnish va salomatlikni tiklash davri uchun kundalik tovon
puli to‗lanishini ta‘minlaydi.
Bu kafolatni taqdim etish o‗ziga xos xusiyatlrga ega.
Birinchidan, tovon
pulining miqdori mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik bo‗yicha sug‗urta
shartnomasida ko‗rsatilgan sug‗urta summasiga proporsional ravishda belgilanadi,
masalan har kun uchun sug‗urta summasining 0,3 yoki 0,5 % miqdorida.
Nafaqaning eeng ko‗p miqdorini belgilash chegarasi sifatida sug‗urtalanuvchining
o‗rtachcha bir kunlik daromadi miqdori olinadi. Ikkinchidan, mehnatga
vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati odatda franshizaga ega bo‗lib, u nafaqa
to‗lanmaydigan mehnatga layoqatsizlikning birinchi kunlarida ifodalanadi. Eng
ko‗p tarqalgan franshiza odatda 7 kundan ortiq bo‗lmaydi. Uchinchidan, mehnatga
vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati tovon puli to‗lashning oxirgi muddati
chegaralanishi bilan ajralib turadi. Bu muddat
xususiy holda aniqlanadi va
an‘anaga ko‗ra 365 kunni tashkil etadi.
4.
Tibbiy xarajatlarni to‘lash kafolati
, baxtsiz hodisa oqibatidagi
shikastlanishlarni davolash uchun zarur to‗lov bo‗lib, shifoxonaga yotqizish,
ambulatoriyada davolash, dori-darmon, parvarish
uchun xarajatlarning
qoplanishini nazarda tutadi. Opsion tarzida protezlash, kosmetik jarrohlik
harajatlarini, sanatoriyada davolanishni to‗lab berishni ham taklif etish mumkin.
Asosiy kafolatlar bo‗yicha to‗lovlar tibbiy xarajatlarning 100% miqdorida.
Qo‗shimcha kafolatlar bo‗yicha esa 20 – 50% dan yuqori bo‗lmagan holda
belgilanishi mukin. Odatda bunday kafolatning miqdori ijtimoiy sug‗urta yoki
ijtimoiy ta‘minot hisobidan davolanish xarajatlari uchun beriladigan to‗lovlaring
miqdoriga bog‗liq bo‗ladi.