O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

bazaviy kafolatni
taqdim etadi (5-
rasm). Biroq amalda sug‗urtalovchilar mazkur standart qoplamalarning har turli 
kombinatsiyalaridan foydalanishlari yoki ularning ayrimlarini sug‗urtalash 
shartlaridan istisno etishlari mumkin. Masalan, mamlakat sug‗urtalovchilari zarar 
ko‗rgan shaxsni davolashda tibbiy xarajatlar qoplamasini kamdan-kam hollarda 
taqdim etadilar. 
1. Baxtsiz hodisa oqibatidagi 
o‘lim holati uchun kafolat
sug‗urta 
shartnomasida ko‗rsatilgan benefitsiarga yoki sug‗urtalanuvchining merosxurlariga 
sug‗urtalashning alohida shartlari asosida pul summasining (kapitalning) 
to‗lanishini ko‗zda tutadi. Sug‗urtalovchining ixtiyoriga ko‗ra kapital renta 
(pensiya) shaklida to‗lanishi ham mumkin. 
2. 
Nogironlik holati bo‘yicha kafolat
sug‗urtalanuvchiga sug‗urta 
shartnomasida qayd etilgan sug‗urta summasini ishga layoqatsizlik darajasiga 


292 
ko‗paytirish orqali aniqlanadigan tovon puli to‗lanishini ta‘minlaydi. Ishga 
layoqatsizlik darajasi quyidagi formula orqali baholanadi: 
Sug„urta to„lovining 
summasi 

Sug„urta
summasi 

Ishga layoqatsizlik 
koeffitsienti 
 
Bazaviy kafolatlar 
 
 
Qo„shimcha kafolatlar 
O‗lim holatlari uchun sug‗urta 
summasi (kapital) 
Boquvchisini yo‗qotganlik 
bo‗yicha pensiya 
Nogironlik (mehnat layoqatini 
doimiy yo‗qotish) holatlari uchun 
sug‗urta summasi (kapital) 
Nogironlik pensiyasi 
Mehnat layoqatini vaqtinchalik 
yo‗qotganlik bo‗yicha har kunlik 
nafaqa 
Boquvchi nafaqasi 
5-rasm. Baxtsiz hodisadan sug„urtalash bo„yicha kafolatlar tizimi
62
 
Ishga layoqatsizlik koeffitsientini aniqlashning ikki usuli mavjud. Birinchi 
holda sug‗urta kompaniyalari o‗z statistik kuzatuvlari asosida mehntatga layoqatni 
yo‗qotish darajasini ushbu layoqatni to‗liq yo‗qotish holatidan yoki turli 
a‘zolarning ish qobiliyati yo‗qotilishi holatidan kelib chiqib aniqlash jadvalini 
tuzadilar, yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodislardan ko‗rilgan zararni qoplash 
uchun davlat tomonidan qo‗llaniladigan jadvallardan foydalanishlari mumkin. 
To‗liq va doimiy 100 foizli mehnatga layoqatsizlik to‗liq ko‗rlik holatida, 
umumiy falaj holatida, ikkala qo‗lni (ikki qo‗l barmoqlari), ikki oyoq (to‗piqdan 
pasti), va bir qo‗l (barmoqlari) va bir oyoq (to‗piqdan pasti) amputatsiya 
62
Muallif tomonidan tuzilgan. 


293 
qilinganda yoki ulardan foydalanish imkoniyati to‗la yo‗qotilgan taqdirda, 
davolanmas darajada es-hushini yo‗qotish holatlarida qo‗llanadi. 
Tan a‘zolarining qisman yo‗qotilishi yoki ishga yaroqsizlik holati maksimal 
koeffitsientlarga keltirilganda, tibbiyot muassasi yoki tibbiyot-ekspertiza 
komissiyai tomonidan belgilangan yaroqsizlik darajasiga mutanosib ravishda 
qisqartiriladi. Agar a‘zo avvaldan yaroqsizlik xususiyatiga ega bo‗lgan va baxtsiz 
hodisa tufayli kishi uni ko‗proq darajada yo‗qotgan yoki nogironlik darajasini 
olgan bo‗lsa, sug‗urta tovoni faqat baxtsiz hodisa tufayli olingan shikastlanishlar 
uchun to‗lanadi. 
Nogironlik ko‗rsatkichlari ko‗p bo‗lgan holatlarda mehnatga umumiy 
layoqatsizlik har bir tan a‘zosining mehnatga layoqatsizlik koeffitsientlarini 
qo‗shish orqali olinadi. Biroq bu holda uning mumumiy miqdori yo‗qotilgan 
a‘zolar tarkibiga kiruvchi tan qismlarining 100 foizlik mehnatga layoqatsizlik 
holatidan ortib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydi (masalan, qo‗l barmoqlari 
koeffitsientining yig‗indisi qo‗l barsoqlarining butkul yo‗qotilishi koefitsientidan 
ortib ketishi mumkin emas). 
Ana shunday jadvallarda keltirilgan koeffitsientlar insonning anatomik va 
fiziologik jihatdan bus-butunligiga shikast etkazilishi nuqtai nazaridan kelib 
chiqqan holda, uning kasb-koriga yoki ijtimoiy faoliyatini hisobga olmagan holda 
hisoblab chiqilgan. Sug‗urta kompaniyalari ayrim kasblar uchun maxsus 
qoplamalarni taklif eitishi mumkin, masalan, ashulachilar uchun ovozni yo‗qotishi, 
aktyorlarning tashqi qiyofasining o‗zgarishga uchrashi, jarrohlar uchun qo‗l 
barmoqlarining shikastlanishi va h.k. holatlari uchun tovon puli to‗lanshini taklif 
etadi. Tabiiyki, bunday bunday tovon to‗lovlari standart kafolatlarga nisbatan 
ancha yuqori sug‗urta tariflari qo‗yilishini taqazo etadi. 
Sug‗urtalovchilar tomonidan foydalaniladigan mehnatga layoqatsizlik 
koeffitsientini aniqlashga oid ikkinchi usul umumiy nogironlik bo‗yicha foiz 
ma‘lumotlariga asoslangan bo‗lib, ular tibbiy muassasalar yoki tibbiyot-ijtimoiy 
ekspertiza komissiyalari (VTEK) tomonidan hisoblab chiqiladi. VTEK tomonidan 
belgilangan nogironlikning u yoki bu toifasiga qarab sug‗urta kompaniyasi 


294 
tomonidan sug‗urta tovonini to‗lash uchun mehnatga layoqatsizlik darajasi 
aniqlanadi. Amalda bu koeffitsientlar quyidagi oraliqda tebranib turadi: 1-toifa 
nogironlik uchun sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta ummasining - 75 – 80%; 
2-toifa nogironlik uchun – 50 – 65%; 3-toifa nogironlik uchun – 25 – 50% 
miqdorini tashkil etadi. 
3. 
Mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik holati bo‘yicha kafolat
sug‗urtalanuvchiga davolnish va salomatlikni tiklash davri uchun kundalik tovon 
puli to‗lanishini ta‘minlaydi. 
Bu kafolatni taqdim etish o‗ziga xos xusiyatlrga ega. Birinchidan, tovon 
pulining miqdori mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik bo‗yicha sug‗urta 
shartnomasida ko‗rsatilgan sug‗urta summasiga proporsional ravishda belgilanadi, 
masalan har kun uchun sug‗urta summasining 0,3 yoki 0,5 % miqdorida. 
Nafaqaning eeng ko‗p miqdorini belgilash chegarasi sifatida sug‗urtalanuvchining 
o‗rtachcha bir kunlik daromadi miqdori olinadi. Ikkinchidan, mehnatga 
vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati odatda franshizaga ega bo‗lib, u nafaqa 
to‗lanmaydigan mehnatga layoqatsizlikning birinchi kunlarida ifodalanadi. Eng 
ko‗p tarqalgan franshiza odatda 7 kundan ortiq bo‗lmaydi. Uchinchidan, mehnatga 
vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati tovon puli to‗lashning oxirgi muddati 
chegaralanishi bilan ajralib turadi. Bu muddat xususiy holda aniqlanadi va 
an‘anaga ko‗ra 365 kunni tashkil etadi. 
4. 
Tibbiy xarajatlarni to‘lash kafolati
, baxtsiz hodisa oqibatidagi 
shikastlanishlarni davolash uchun zarur to‗lov bo‗lib, shifoxonaga yotqizish, 
ambulatoriyada davolash, dori-darmon, parvarish uchun xarajatlarning 
qoplanishini nazarda tutadi. Opsion tarzida protezlash, kosmetik jarrohlik 
harajatlarini, sanatoriyada davolanishni to‗lab berishni ham taklif etish mumkin. 
Asosiy kafolatlar bo‗yicha to‗lovlar tibbiy xarajatlarning 100% miqdorida. 
Qo‗shimcha kafolatlar bo‗yicha esa 20 – 50% dan yuqori bo‗lmagan holda 
belgilanishi mukin. Odatda bunday kafolatning miqdori ijtimoiy sug‗urta yoki 
ijtimoiy ta‘minot hisobidan davolanish xarajatlari uchun beriladigan to‗lovlaring 
miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. 


295 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish