O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti


 Baxtsiz xodisalardan sug„urtalashni amalga oshirish



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

17.2. Baxtsiz xodisalardan sug„urtalashni amalga oshirish
tartibi va tahlili 
Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalashning asosiy maqsadi baxtsiz hodisa tufayli 
sug‗urtalanuvchi salomatligi va hayotiga etkazilgan zararni qoplashdir, ayni damda 
sug‗urtaning mazkur turi bo‗yicha asosiy mijozlar sifatida maktab o‗quvchilari, 
oliy o‗quv yurti talabalari va korporativ mijozlar namoyonn bo‗lmoqda. Korporativ 
mijozlar o‗z xodimlarining salomatligidan manfaatdor bo‗lgan ish beruvchilardir, 
maktab o‗quvchilarini esa odatda farzandi haqida qayg‗urgan ota-onalar sug‗urta 
qildiradilar. Shunday ekan ushbu mavzuni yoritishda sug‗urta bozorida aynan shu 
sug‗urta turi bo‗yicha o‗z faoliyatini amalga oshiruvchi sug‗urta kompaniyasining 
faoliyatini hamda unda mazkur sug‗urta turi bo‗yicha erishilgan ko‗rsatkichlarini 
taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalashga oid qoplamalar to‗g‗risida gap ketar 
ekan, sug‗urta qoplamalarining muayyan hajmini aniqlashga nisbatan ikki xil 
yondashuvni ajratib ko‗rsatish lozim. Sug‗urta kompaniyasi yo barcha kafolatlarni 
o‗lim holati uchun ko‗zda tutilgan bitta sug‗urta summasidan kelib chiqib foiz 
nisbatida belgilaydi, yoki har bir kafolatni aniqlash uchun alohida turlicha sug‗urta 
summalarini qo‗llaydi. Mamlakat sug‗urtalovchilari hisob-kitoblarni o‗lim holati 
uchun ko‗zda tutilgan bitta sug‗urta summasidan kelib chiqib, turli foiz 
meyorlaridan foydalangan holda olib borishni ma‘qul ko‗radilar. Biroq har qanday 
holatda ham sug‗urta tovoni to‗lovlarining umumiy summasi sug‗urta shartnomasi 
amal qilib turgan davrda sodir bo‗lgan bitta yoki bir necha sug‗urta hodisasi uchun 
sug‗urta shartnomasida belgilab qo‗yilgan sug‗urta summasi miqdoridan, yoki agar 
shartnomada bir necha sug‗urta summalari ko‗rsatilgan bo‗lsa, har bir kafolat 
uchun belgilangan summadan ortiq bo‗lishi mumkin emas. 
Sug‗urta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan baxtsiz hodisalardan 
sug‗urtalashning Namunaviy Qoidalarida sug‗urta to‗lovi miqdorini sug‗urta 
to‗lovining muayyan turi bo‗yicha sug‗urta summasiga foiz hisobida belgilash 
tavsiya etiladi. Bunda sug‗urta to‗lovlariga oid Jadvalga muvofiq, sug‗urtalanuvchi 
tomonidan baxtsiz hodisa oqibatida mehnatga umumiy layoqatniing yo‗qotilishi 


296 
holatida, to‗lov davolash-profilaktika muassasining ma‘lumotnomasiga asoslanib, 
odatda sug‗urtalanuvchi shaxsdan qo‗shimcha shahodatnomalarni talab etmasdan 
amalga oshiriladi. Agar sug‗urtalanuvchi shaxsning yumshoq to‗qimalariga, 
ko‗rish, eshitish qobiliyatiga, jinsiy-siydik tizimiga zara etgan bo‗lsa, 
sug‗urtalovchi tomonidan ana shu shikastlarning oqibaini aniqlash maqsadida uni 
mutaxassis shifokordan shahodlantirish uchun yuborilishi mumkin. 
Mazkur Qoidalarga ko‗ra mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik yuzaga 
kelganligi munosabati bilan sug‗urta to‗lovlari sug‗urtaningt ana shu turi bo‗yicha 
mehnatga layoqatsizlikning har bir kuni uchun sug‗urta summasining 0,2 foizi 
miqdorida to‗lovlarni mehnatga layoqatsizlikningn 6-kalendar kunidan boshlab 
to‗lanadi, lekin to‗lovlar bir yilda 90 kundan ortiq bo‗lshiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Baxtsiz xodisalardan sug‗urtalangan fuqarolar baxtsiz xodisa natijasida
zarar ko‗rganlarida sug‗urta kompaniyalari ularga sug‗urta qoplamalarini to‗lashda 
maxsus 
jadvaldan 
ya‘ni 
to‗lov 
jadvalidan 
foydalanadilar. 
Sug‗urta 
kompaniyalarning to‗lov jadvalini taxlil qilar ekanmiz, ushbu to‗lov jadvalida 
baxtsiz xodisa natijasida inson tanasi va ichki organlarga etkazilgan zararlar uchun 
to‗lanadigan sug‗urta qompalamalari umumiy sug‗urta summasiga nisbatan
aloxida foizlarda belgilangan. Ushbu jadvalda jaroxat yoki shikastning engil, 
o‗rtacha va og‗ir darajalariga qarab foizlar belgilangan. Masalan, jadvalga asosan 
insonning birgina bosh miya suyaklari va asab tizimini taxlil qiladigan bo‗lsak, 
baxtsiz xodisa natijasida sug‗urtalangan shaxsda bosh miya suyaklarining sinish 
xolatlari kuzatilsa zarar darajasiga qarab unga nisbatan sug‗urta summasi xajmi 5 
fozdan 25 foizgacha belgilanishi mumkin. Agar baxtsiz xodisa natijasida zarar 
ko‗rgan insonning ichki miyasida travmatik gemotomalar aniqlansa, unga
nisbatan sug‗urta summasi xajmi 15 fozdan 25 foizgacha belgilanishi mumkin. 
Ushbu jadvalni aniqroq qilib taxlil qilish maqsadida to‗lov jadvaliga asosan 
quyidagi jadvalni ishlab chiqdik: 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish