18.4. Davlat ijtimoiy sug„urtasi bo„yicha nafaqalar tayinlash va
to„lash tartibi
Oliy, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarini, magistratura,
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda
ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‗ish
bo‗yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga
kelishi lozim bo‗lgan kundan boshlab beriladi.
Ishni vaqtinchalik to‗xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
o‗quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‗shimcha ta‘til davrida
homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha ta‘til berilgan holda, nafaqa ko‗rsatilgan davr
tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo‗lgan kundan boshlab beriladi.
Xodim yillik (asosiy va qo‗shimcha) ta‘tilda va bolani parvarishlash uchun
ta‘tilda bo‗lgan vaqtda homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha ta‘til berilganda, nafaqa
homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha ta‘tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasida ko‗rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash
bo‗yicha ta‘til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta‘til
boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‗rtacha oylik
summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi ochilgan kuniga bo‗lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman
koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to‗lash to‗xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol
ishlamagan davrda homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha ta‘til uchun mehnatga
layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‗lanmaydi. Agar homiladorlik va
324
tug‗ish bo‗yicha ta‘til ishga qo‗yilgandan keyin ham davom etadigan bo‗lsa,
nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‗lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha nafaqa, shu jumladan, mazkur Nizomning
4-bandiga muvofiq nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining 100 foizi miqdorida
beriladi.
Bola tug‗ilganda nafaqalar quyidagi belgilangan miqdorlarda berib boriladi:
bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‗zbekiston Respublikasi
hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Ish haqiga koeffitsient qo‗llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu
koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy,
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik
ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‗ilganda beriladigan
bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‗qish joyidan to‗lanadi.
Bolaning onasi ishlamaydigan va o‗qimaydigan hollarda nafaqa bolaning
ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‗qiydigan otasi yoki ota-ona
o‗rnini bosuvchi shaxslarga to‗lanadi.
Ishlamaydigan va o‗qimaydigan ota-onalarga bola to‗g‗ilganda nafaqa
ijtimoiy ta‘minot bo‗limlari tomonidan tayinlanadi va to‗lanadi.
Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‗ilganda beriladigan bir martalik
nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol homiladorlik bo‗yicha ta‘til davrida ishdan bo‗shab, shu davr
mobaynida homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha nafaqa olgan bo‗lsa, bir martalik
nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Bola o‗lik tug‗ilgan hollarda nafaqa to‗lanmaydi.
Dafn - etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaromog‗ida bo‗lgan
quyidagi oila a‘zolari vafot etganda beriladi:
a) turmush o‗rtog‗i;
b) 18 yoshga to‗lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan
qat‘i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
325
v) ota-onasi;
g) bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustaqil mablag‗ manbaiga ega bo‗lgan (ish haqi, pensiya,
stipendiya oluvchi, shirkat xo‗jaligining mehnatga qobiliyatli a‘zolari
hisoblanuvchi va hokazo) oila a‘zolari qaramog‗ida turgan deb hisblanmaydi.
Xodim vafot etganda Dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila
a‘zolariga yoki Dafn o‗tkazishni o‗z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi.
Oilaning vafot etgan a‘zosini Dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi
xodimga beriladi.
Ayolning homilasi tushgan hollarda Dafn etish marosimi uchun nafaqa
berilmaydi.
Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari
miqdorida beriladi.
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda Dafn etish marosimi uchun
oilasiga yoki pensionerning Dafn marosimini o‗tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya
miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bo‗lmagan
miqdorda, ijtimoiy ta‘minot bo‗limi tomonidan to‗lanadi.
Ish haqiga tuman koeffitsienti belgilangan joylarda Dafn etish marosimi
uchun nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lmagan tarmoqlar uchun
beriladigan tuman koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Muddatli harbiy xizmatga chiqarilgan xodim yoki uning oila a‘zosi vafot
etgan taqdirda Dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so‗nggi ish haqi
to‗langan kundan bir oydan ko‗p vaqt o‗tmagan bo‗lsa beriladi.
Oliy, o‗rta maxsus kasb-hunar ta‘lim muassasalarida, magistraturada,
aspiranturada, klinik ordinaturada, doktoranturada tahsil olyotgan shaxslar,
shuningdek, ularning oila a‘zolari vafot etgan taqdirda, Dafn etish marosimi uchun
nafaqa umumiy asoslarda to‗lanadi.
Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash va
tayyorlash bo‗yicha), shuningdek, malaka oshirish institutlari o‗quvchilari va
tinglovchilari yoki ularning oila a‘zolari vafot etganda, agar ular kurslarga,
326
maktablarga, institutlarga korxona tomonidan yuborilgan bo‗lsalar va ularning
o‗qish davridagi ish haqi to‗la yoki qisman saqlanib qolgan bo‗lsa, Dafn etish
marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan korxonaning Ijtimoiy sug‗urta
bo‗yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a‘zosi
tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a‘zolari soni va raisi korxona
rahbarining buyrug‗i yoki boshqaruvining qarori bilan tsadiqlanadi.
Komissiya mehnatda mayiblaganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga
nafaqa tayinlash, nafaqa to‗lashni rad etish, nafaqada (to‗liq yoki qisman) mahrum
etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to‗g‗ri
berilganligini ko‗rib chiqish huquqiga ega. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni
komissiyaning shu ishga vakil qilingan a‘zosi tayinlaydi.
Komissiyalar bo‗lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan
shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Yuridik shaxs bo‗lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi
shaxslar, dehqon xo‗jaligi a‘zolariga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma
asosida ishlayotganlarga nafaqalar ijtimoiy ta‘minot bo‗limlari tomonidan
tayinlanib byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan
to‗lanadi.
O‗quvchi, talaba va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 80 va 91-
bandlariga binoan o‗qish joylarida tayinlanadi va to‗lanadi.
Qurolli kuchlar safidan ozod etilgandan keyin vaqtincha mehnatga
qobiliyatsiz bo‗lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga nafaqa mazkur Nizomning
5-bandiga tuman (shahar) ijtimoiy ta‘minot bo‗limlari tomonidan tayinlanadi.
Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan so‗ng
chiqishining birinchi kunidayoq korxonaga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi taqdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda,
navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
327
Korxona vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining «Tabelchi
tomonidan va kadrlar bo‗limi tomonidan to‗ldiriladi» degan bo‗limlariga zarur
ma‘lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bemor
haqidagi ma‘lumotlar yozib, imzo qo‗yiladi) ijtimoiy sug‗urta komissiyasiga
topshiriladi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo‗lganlik haqidagi
(N-1-shaklda) dalolatnoma asosida tayinlanadi.
Agar baxtsiz hodisa boshqa sharoitlarda ro‗y bersa (uyda, ishga borish yoki
ishdan qaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda) nafaqa
ro‗y bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan o‗rganib chiqilgandan
keyingina tayinlanadi
Quyidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish
hollaridan tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:
- mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida),
shuningdek, maxsus topshiriq bo‗lmagan hollarda ham korxona manfaatini ko‗zlab
qilingan xatti-harakatlar paytida;
- ish beruvchining trnasportida ishga borayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
- ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtida) korxona
hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin
ish qurollarini, kiyim-kechaklarini va hakazolarni tartibga keltirish paytlarida;
- ichki mehnat tartib-qoidalariga zid bo‗lmagan taqdirda, ish vaqti davomida
korxonaga yaqin bo‗lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffuslarda)
hozir bo‗lganda;
- asosiy ish bilan bog‗liq bo‗lmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi
burchlarini bajarayotgan chog‗ida;
- inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini,
shuningdek, fuqarolar mulklarini muhofaza qilish bo‗yicha fuqarolik burchini
bajarayotgan paytida;
- donorlik vazifalarini bajarish natijasida mehnat qobiliyatining yo‗qotilishi.
328
Kasb kasalliklari bo‗yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
tayinlashda Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori bilan
tasdiqlangan Kasb kasalliklari ro‗yxatida ko‗rsatilgan kasalliklar hisobiga olinadi.
Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha
komissiya yoki vakil qilingan komissiya a‘zosi har bir vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bo‗yicha to‗lov amalga oshirilishi lozim bo‗lgan kunlar
sonini va ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa foizi miqdorini belgilaydi.
Nafaqa foizi miqdori nafaqa belgilash bayonnomasida va komissiya raisi yoki
vakil qilingan komissiya a‘zosining imzosi qo‗yilgan vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasida qayd qlinadi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha
nafaqa komissiya tomonidan (jarohatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga
kelishga imkon bergan taqdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafqadan mahrum
etish, nafaqadan to‗liq yoki qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining
ishtirokida ko‗rib chiqiladi.
Xodim vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo‗yicha nafaqa olish
huquqiga ega bo‗lmagan taqdirda, komissiya nafaqa bermaslik to‗g‗risida qaror
chiqaradi va rad etish sabablarini vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasiga
qayd etadi.
Nafaqa tayinlangandan so‗ng komissiya yoki vakil qilingan komissiya a‘zosi
korxonaning hisob-kitob bo‗limiga nafaqa chiqarish va to‗lash uchun belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini topshiradi.
To‗lanadigan va to‗lanmaydigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqlari,
shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlar korxona
buxgalteriyasida pullik hujjatlarga teng holda, barcha xarajat hujjatlaridan alohida
holda saqlanadi.
Ish vaqtini, umumiy ish stajini hisobga olib borish, ijtimoiy sug‗urta
bo‗yicha nafaqalar to‗lash uchun hisob-kitoblarni bajarishda elektron-hisoblash
mashinalari (EHM) qo‗llaniladigan korxonalarda, vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqalari ma‘muriyat tomonidan hisoblash markaziga topshiriladi. U
329
yerda ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha nafaqa tayinlash va hisoblab chiqarish to‗g‗risida
belgilangan shaklda ikki nusxada ro‗yxat tuziladi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari EHMda hisob-kitoblarni
chiqarish uchun ma‘sul shaxsning imzosi qo‗yilgan ikki nusxadagi to‗lov ro‗yxati
bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar bo‗yicha hisob-kitob qilishga 5-6 kun
qolganda) ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha komissiyaga topshiriladi.
Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining
davolash muassasasi tomonidan to‗ldirilishining to‗g‗riligini, zarur hollarda boshqa
hujjatlarni ham (baxtsiz hodisalar to‗g‗risidagi dalolatnomalar va boshqalar)
tekshiradi va nafaqa tayinlash, belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish
bo‗yicha qaror chiqaradi. Ikki nusxadagi to‗lov ro‗yxatlar ijtimoiy sug‗urta
bo‗yicha komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |