O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

18.3. Ijtimoiy ta‟minot tizimi 
Davlatga tegishli bo‗lgan har qanday muassasa va tashkilot bo‗limlarining
o‗ziga xos huquqiy asoslar yaratiladi hamda belgilanadi. Shu singari Ijtimoiy 
ta‘minot bo‗limining ham o‗ziga xos quyidagi huquqlar belgilab berilgan bo‗lib, 
bular;
Birinchidan - aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi boshqaruvini 
takomillashtirish va rivojlantirish, ijtimoiy ta‘minot organlarining moddiy-texnika 


318 
bazasini mustahkamlash va ular uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‗yicha Bosh 
boshqarmaga takliflar kiritish: 
- bo‗limgap oldiga qo‗yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo‗lgan 
axborotni mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‗rash va olish; 
- o‗z majlislarida hududdagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma‘sul xodimlarining bo‗lim 
vakolatiga tegishli bo‗lgan masalalar bo‗yicha hisobotlarini eshitish; 
- tegishli hududdagi davlat boshqaruvi organlari, xo‗jalik birlashmalari, 
korxonalar va muassasalarning pensiya ta‘minoti, nogironlarni ijtimoiy muhofaza 
qilish to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilgan 
buyruqlari va boshqa me‘yoriy hujjatlarini harakatdan to‗xtatish yoki bekor qilish 
yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish: 
- korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda pensiya va nafaqalar olish uchun 
hujjatlarning to‗g‗ri rasmiylashtirilganligini tekshirish hamda bu borada aniqlangan 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‗yicha tavsiyalar berish. 
Ijtimoiy ta‘minot bo‗limi faoliyatini tashkil etishda tuman, shahar, 
hokimining taqdimnomasiga binoan hamda O‗zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining roziligi bilan Bosh boshqarma 
tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq 
boshqaradi. 
Boshliq bo‗limga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun 
shaxsan javob beradi. 
Boshliqning tuman, shahar hokimi bilan kelishilgan holda Bosh boshqarma 
tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan o‗rinbosarlari bo‗ladi. 
Oliy yuridik yoki iqtisodiy bilimga hamda mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish tizimida kamida uch yil mehnat stajiga ega bo‗lgan shaxslar 
bo‗lim boshlig‗i va boshliq o‗rinbosari lavozimida ishlashlari mumkin. 
Boshliq: 
Bo‗lim faoliyatiga rahbarlik qiladi: 


319 
- ijtimoiy ta‘minot va ijtimoiy yordam masalalari bo‗yicha qarorlar hamda 
farmoyishlar loyihalarini tuman, shahar xalq deputatlari Kengashiga, tuman, shahar 
hokimiyatiga ko‗rib chiqish uchun kiritadi: 
- o‗z vakolatlari doirasida bo‗lim xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy 
bo‗lgan buyruqlar chiqaradi, ko‗rsatmalar va topshiriqlar beradi; 
- bo‗lim xodimlarini mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qiladi va 
ishdan bo‗shatadi, kadrlar bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlar olib boradi; 
- boshliq o‗rinbosarlari va xodimlar o‗rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular 
faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
- xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshiradi; 
- boshliq o‗rinbosarlari, tarkibiy bo‗linmalar rahbarlarining zimmasiga 
yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun ularning ma‘suliyati darajasini belgilaydi: 
- tasdiqlangan smetalar va ajratilgan mablag‗lar doirasida kreditlar va 
mablag‗larni boshqaradi, moliya-shtat intizomiga rioya qilishni, pul mablag‗lari va 
moddiy boyliklarning saqlanishini ta‘minlaydi; 
- o‗rnak ko‗rsatgan xodimlarni mukofot va faxriy unvonlarga tavsiya qiladi; 
-qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‗ladi. 
Ijtimoiy ta‘minot bo‗limining namunaviy tuzilishi quyidagi sho‗‘ba va 
xizmatlardan iborat bo‗ladi: 
- pensiya va nafaqalar tayinlash sho‗‘basi; 
- pensiya va nafaqalar to‗lash sho‗‘basi; 
- byudjetdan tashqari pensiya jamg‗armasi daromadlari va xarajatlari 
sho‗‘basi; 
- ijtimoiy yordam ko‗rsatish sho‗‘basi; 
- tashkiliy-huquqiy sho‗‘basi; 
- buxgalteriya. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi: 
a) vaqtincha mehnat qabiliyatini yo‗qotish bilan bog‗liq kasallikda 
(shikastlanishda); 
b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 


320 
v) kasallangan oila a‘zosini parvarishlash zarur bo‗lganda; 
g) karantinda; 
d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‗tkazilganda; 
e) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a‘zo (protez) qo‗ydirish uchun 
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat 
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik 
varaqasi) asos bo‗ladi. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‗qolgan hollarda, nafaqa uning 
o‗rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) 
asosida beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha nafaqa mehnat qobiliyati 
yo‗qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza 
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda 
xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi. 
Uzoq vaqt kasal bo‗lganlarni TMEK ko‗rigiga yuborish muddatlari 
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma‘lumotnomalar berish tartibi to‗g‗risidagi 
Yo‗riqnomaga (ro‗yxat raqami 873, 2000 yil 19 yanvar) binoan belgilanadi. 
Oliy, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim muassasalarini, magistratura, 
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda 
ishga yuborligan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo‗lgan kundan 
boshlab beriladi. 
Ish haqi, sutkali va ko‗chish bo‗yicha xarajatlarni olish huquqiga ega 
bo‗lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mehnatga 
qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to‗lanadi. 
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo‗shimcha) 
ta‘til davriga to‗g‗ri kelgan hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida 
ko‗rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa to‗lanadi. 
Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‗shimcha ta‘til 
xodimning sanatoriyda davolanish uchun yetarlli bo‗lmasa, nafaqa beriladi. 


321 
Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‗llanma, 
davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‗shib, ammo xodimning 
yillik ta‘tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. 
Asosiy va qo‗shimcha ta‘tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan 
bo‗lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta‘til 
beradi. 
Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalminal jangchilarga, Chernobil 
AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, 
sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‗tkir 
miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning aortakoronar 
shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o‗n ikki barmoq 
ichak kasalligidan davolangan va o‗t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita 
yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan og‗riganlarga nafaqa 
sanatoriyda bo‗lgan barcha vaqt uchun beriladi. 
O‗n olti yoshgacha bo‗lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan 
biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha 
davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda 
parvarish zarurligi to‗g‗risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‗lganda nafaqa beriladi. 
Uch yoshgacha bo‗lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‗lgan nogiron bolani 
parvarishlashda band bo‗lgan ona kasal bo‗lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay 
qolgan hollarda, parvarish bilan band bo‗lgan ishlayotgan boshqa oila a‘zolari yoki 
qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. 
Oilaning kasal bo‗lgan a‘zosiga qarash bo‗yicha vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo‗lgan, lekin 7 
kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 
O‗n to‗rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‗lgan, ammo 14 kalendar kunidan 
oshmagan davri uchun beriladi.


322 
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya –epidemiologiya xizmati organlari 
tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini 
olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo‗lsa nafaqa beriladi. 
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini 
buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‗lib, u tibbiy-maslahat 
komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar bo‗lmagan joylarda esa 
davolovchi shifokorning, davolash muassasasining bosh shifokori tomonidan 
tasdiqlangan xulosasi) asosida vaqtincha boshqa ishga o‗tkazilishi mumkin. 
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to‗lanadigan ishga o‗tgan vaqt uchun, 
lekin ikki oydan ortiq bo‗lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‗yicha 
yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‗shilganda avvalgi ishidagi to‗liq ish haqidan 
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‗lanadi. 
Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‗tkazilgan shaxslarga nafaqa, 
agar u amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi 
o‗rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega bo‗lmasa beriladi. 
Basharti, kasallik varaqasida ko‗rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga 
boshqa ish topib berolmagan bo‗lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‗tgan ish 
kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to‗lanadi. 
Reabilitatsiya muassasalarida bo‗lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-
ketish vaqti uchun nafaqa to‗lanadi. 
Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‗lgan xodimlarga mehnatda 
mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, 
homiladorlik va tug‗ish bo‗yicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar 
oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha nafaqa mavsumiy yoki 
vaqtinchalik ish to‗g‗risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‗rsatilgan ish kunlari 
doirasida to‗lanadi. 
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‗yicha 
nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket 
ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi. 


323 
Ishlayotgan Ikkinchi jahon urushining nogironlarga va imtiyozlari jihatdan 
ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning 
oqibatlarini bartaraf etish bo‗yicha ishlarni bajarish bilan bog‗iliq sabablarga ko‗ra 
nogiron bo‗lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 
(mehnatdan mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to‗rt 
oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish