299
shikastlanishi
-
-
35 Oshqozon
va
izaklarning
shikastlanishi
Oshqozon va izaklarning
shikastlanishi
-
36 Qorin
organlarining
shikastlanishi
-
-
Umurtqa
37 Umurtqa qismining sinishi
-
-
38 Umurtqalararo bo‗g‗inlarning
yirtilishi
-
-
Elka bo„g„inlari
39 Elka bo‗g‗in
qisimlarining
shikastlanishi
-
-
40 Elka qismining shikastlanishi
-
-
Elka
41 Elka suyaklarining sinishi
-
Elka suyaklarining og‗ir
darajada shikastlanishi
To‗lov jadvalni yuqoridagi xolatga keltirishdan asosiy maqsad sug‗urta
summalarini zarar darajasiga qarab kam, o‗rta va yuqori foizlarga ajratib
ko‗rsatishdan hamda ushbu jadvalni chuqurroq o‗rganib chiqishdan iborat edi.
17.3. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug„urtalashda xorij tajribasi
Rossiyada baxtsiz hodisalardan sug‗urtalashning taraqqiy topishida ishchilar
qonunyati muhim ahamiyat kasb etdi. Ishchilar harakati bosimi ostida va evropa
mamlakatlaridan ibratlangan holda 1903 yil 2 iyundagi
qonun bilan baxtsiz
hodisalar oqibatida fabrika-zavod, tog‗ va tog‗-zavod sanoati korxonalarida zarar
ko‗rgan ishchi-xizmatchilarni, shuning barobarinda ularning oila a‘zolarini
mukofotlash qoidalari ishlab chiqildi. Mazkur hujjat ish beruvchi zimmasiga
xodimga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli etkazilgan zararni vaqtinchalik
ishga yaroqsizlik nafaqalari (ish haqining 50%) tarzida to‗lash, tibbiy xarajatlarni
to‗lab berish va nogironlik pensiyasini (mehnat layoqat to‗liq yo‗qotilgan holda ish
haqining 2/3 qismi)
tayinlash, va boquvchisini yo‗qotganlik pensiyasini (bevalar
uchun to‗liq pensiyaning 1/3 qismi, etimlar uchun 1/6 qismdan) to‗lash,
300
shuningdek dafn xarajatlari uchun fayd etilgan nafaqa (30 rub) to‗lash
majburiyatini yukladi.
1912 yilda yollangan xodimlarni majburiy sug‗urtalashni yo‗lga qo‗ygan bir
to‗plam hujjatlar doirasida bir muncha mukammal hujjat - ishchilarni baxtsiz
hodisalardan sug‗urtalash Qonuni va Nizomi qabul qilindi. Baxtsiz hodisalardan
majburiy sug‗urtalash xususiy fabrika-zavod, tog‗ sanoatining barcha
korxonalarida
ishlovchi, suv kema transportida, temir yo‗l trasportida ishlovchi
barcha ishchilarga nisbatan joriy etildi. Xodimlar soni 20 dan kamroq bo‗lgan
korxonalarning, Sibir va O‗rta Osiyodagi davlatga tegishli zavodlarga nisbatan
qo‗llanmas edi. Umumiy soni 12 mln. bo‗lgan yollanma ishchilardan faqat 3 mln.
kishi qonun ta‘siri ostiga tushar edi. 14 ta hududiy va bitta tarmoq sug‗urta
shikatlari tashkil etildi va ular o‗z hududlaridagi va tarmoqlaridagi korxonalardan
sug‗urta badallarini to‗plash hamda ishchilarni sug‗urtalash ishlari bilan ug‗ullanar
edi.
Badallarni beistisno tarzda faqat ish beruvchilar to‗lardi, tariflar esa
shirkatning umumiy majlisi qarori asosida ish haqiga nisbatan o‗rnatilardi,
shuningdek bunda muayyan korxonadagi mehnat sharoitining
xavflilik darajasi
hisobga olinardi, ya‘ni to‗qimachilik korxonalari uchun 1%, tog‗-kon korxonalari
uchun 10% gacha qilib belgilangan edi. Nafaqalar tizimi esa 1903 yildagi shartlar
asosida saqlanib qoldi.
Majburiy sug‗urtalashdan tashqari inqilobgacha Rossiyada baxtsiz
hodisalardan sug‗urtalashning ixtiyoriy shakllari ham taraqqiy topa boshladi. Bu
ish bilan yirik aksiyadorlik kompaniyalari (―Slamandra‖, ―Rossiya‖), shuningdek
o‗zaro sug‗urtalash jamiyatlari shug‗ullanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: