O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent Moliya instituti



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/140
Sana12.07.2022
Hajmi3,63 Mb.
#779279
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Bog'liq
fayl 1641 20210826

 
 


301 
19-jadval 
“O„zagrosug„urta” AJ ning 2017 yildagi baxtsiz hodisalardan sug„urtalash bo„yicha asosiy ko„rsatkichlari
64
 
Sug„urta turlari 
Reja 
Sug„urta 
mukofoti 
Sug„urta 
shartnomasi 
soni 
Sug„urta 
javobgarligi 
summasi 
Sug„urta tovoni 
Soni 
Summasi 
Baxtsiz hodisa, jami: 
2 615 500,0 
270 856,4 
23749 
80 430 547,2 
134 
107 844,7 
- Yakka tartibda 
1 625 480,0 
230 268,2 
9618 
53 337 830,2 
33 
53 459,7 
- Oilaviy 
0,0 
770,0 
24 
80 500,0 

0,0 
- Maktab o‗quvchilari 
0,0 
411,0 
224 
205 500,0 
21 
1 990,0 
- Xaydovchi 
0,0 
290,0 
145 
58 000,0 

0,0 
- 7 yoshgacha bolalar 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- lagerdagi bolalar 
0,0 
9 000,0 

2 249 997,0 

0,0 
- sportchi bolalar 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- boshqa turlari 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
Aksiya: baxtsiz hodisa 
990 020,0 
30 117,2 
13737 
24 498 720,0 
80 
52 395,0 
- Yakka tartibda(2,0-1 mln.so‗m) 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- Yakka tartibda(3,0; 3,0 mln.so‗m) 
0,0 
8 700,0 
2900 
8 700 000,0 
13 
4 950,0 
- Yakka tartibda(3,0; 1,5 mln.so‗m) 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- Yakka tartibda(3,0; 1,0 mln.so‗m) 
306 160,0 
3 276,0 
1092 
1 092 000,0 

1 150,0 
- Yakka tartibda(5,0; 2,0 mln.so‗m) 
0,0 
50,0 
10 
20 000,0 

0,0 
- Yakka tartibda(10,0; 4,0 
mln.so‗m) 
0,0 
40,0 

16 000,0 

0,0 
- oilaviy sug‗urtalash (6,0-4,0 mln. 
117 400,0 
1 224,0 
204 
816 000,0 
22 
30 180,0 
64
―O‗zagrosug‗urta‖ AJ ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 


302 
so‗m) 
- oilaviy sug‗urtalash (10,0; 2,0 
mln.so‗m) 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- oilaviy sug‗urtalash (10,0; 1,0 
mln.so‗m) 
0,0 
720,0 
72 
72 000,0 

0,0 
- oilaviy sugurtalash (50,0-25 
mln.so‗m) 
0,0 
0,0 

0,0 

8 000,0 
- fermer oilaviy(20,0-
10,0mln.so‗m) 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- tadbirkr oilaviy (15,0-
6,0mln.so‗m) 
0,0 
0,0 

0,0 

0,0 
- kichik biznes. (10,0-5,0mln.so‗m) 
183 360,0 
10,0 

5 000,0 

0,0 
- maktab o‗quvchilari (1,0-1,0 
mln.so‗m) 
0,0 
4 430,0 
4430 
4 430 000,0 
12 
2 790,0 
- maktab o‗quvchilari (2,0; 1,0 
mln.so‗m) 
0,0 
4 232,0 
2116 
2 116 000,0 

500,0 
- maktab o‗quvchilari (2,0; 2,0 
mln.so‗m) 
0,0 
1 126,0 
563 
1 126 000,0 

100,0 
- maktab uquvchilari (3,0; 1,5 
mln.so‗m) 
286 700,0 
4 401,0 
1467 
2 200 500,0 

1 185,0 
- Sog‗lom bola (5,0; 2,5 mln.so‗m) 
57 600,0 
960,0 
192 
480 000,0 
10 
2 840,0 
- Xomilador ayollar (20,0; 5,0 
mln.sum) 
38 800,0 
120,0 

30 000,0 

0,0 
- haydovchi (1,0-5 mln.so‗m) 
0,0 
676,0 
676 
3 380 000,0 

0,0 
- boshqa aksiya (baxtsiz hodisa) 
0,0 
152,2 

15 220,0 

700,0 


303 
Sovet davrida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan majburiy 
sug‗urtalash ijtimoiy sug‗urtalash tizimi tarkibiga kiritib qo‗yildi, bu ishni bajarish 
esa maxsus tashkil etilgan Ijtimoiy sug‗urta fondi zimmasiga yuklatildi. Mazkur 
fond 1990 yillarning boshlariga qadar kasaba uyushmasi tomonidan boshqarib 
turildi. Aytish joizki, Sovet Ittifoqida baxtsiz hodislardan zarar ko‗rganlarga barcha 
to‗lovlar (shu jumladan davlat ijtimoiy ta‘minot tizimi orqali tayinlanadigan 
to‗lovlar ham) yo nogironlik va boquvchisini yo‗qotganlik bo‗yicha nafaqalar 
to‗lashning umumiy tizimi orqali, yoki vaqtinchalik ish qobilyaitini yo‗qotganlik 
bo‗yicha nafaqalar tizimi orqali amalga oshirilardi. Keyinchalik, 1980 va 1990 
yillarning boshida davlat ta‘minotidan tashqari, ish beruvchining o‗zi ham 
xodimlarga etkazilgan zararni qoplash bo‗yicha xususiy javobgarlikka ega bo‗la 
boshladi. 
Baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‗urtalash ishi Davlat sug‗uta idoralari 
bajarar edi. Sug‗urtaning bu turi shaxsiy sug‗urtalash sohasida ancha keng 
tarqalgandi. Shartnoma asosan 1 yil muddatga tuzilar edi va etkazilgan tan 
jarohatlarining xususiyatiga qarab, qayd etilgan summani to‗lanishini ko‗zda tutar 
edi. Muomalaga layoqatli fuqarolar bilan bir qatorda bolalarni ham sug‗utalash 
mumkin bo‗ladi. 
Halqaro amaliyotda baxtsiz xodisalardan sug‗urtalashning keng tarqalgan 
turlaridan biri bu yo‗lovchilarni baxtsiz xodisalardan majburiy sug‗urtalashdir.
1929 yildagi Varshava konvensiyasidan so‗ng dunyoning sug‗urta 
amaliyotida halqaro avatsiya transporti orqalish yo‗lovchi tashuvchilarning 
fuqarolalik javobgarligini majburiy sug‗urtalash qo‗llanila boshlandi. So‗ngra 
AQSHdagi Monreal konvensiyasida xalqaro aviatashish tizimi amaliyotga tatbiq 
etila boshladi. Bunda birinchi darajada sug‗urta hodisasi yuz berganda 
aviatashkilot yoki uning sug‗urtalovchisi har bir jabrlanuvchiga 135 000 dollarga 
yaqin qoplama to‗lab berishi lozim – agar tashuvchining aybdorligi isbotlanmasa 
ham. Agarda aviatashkilot ushbu hodisada aybdor deb topilsa, javobgarlikning 
ikkinchi darajasi qo‗llaniladi. Bunda sug‗urta qoplamasi umuman cheklanilmaydi. 
Nazariy jihatdan olib qaralganda, Monreal konvensiyasining kuchga kirishi bilan 


304 
jabrlanuvchilar sug‗urta qoplamalarini sud organlarining aralashuvisiz olish 
imkoniga ega bo‗ladilar. Taxminan olib qaraydigan bo‗lsak, avivtashish chog‗ida 
20 kilogrammlik yukning yo‗qolishiga 1000 dollar qoplama, reysning asossiz 
kechikishi uchun yo‗lovchilarga 5000 dollargacha sug‗urta qoplamlari to‗lab 
beriladi. Rossiya amaliyotida Monreal konvensiyasi hali tatbiq qilinmadi. Shu 
sababi Rossiyalik aviatashuvchilarda ba‘zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. 
Belarusiyada 2005 yil 1 yanvardan boshlab yo‗lovchilarning majburiy sug‗urtasi 
amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu sug‗urta turi Belorusiya hududida 
harakatlanayotgan barcha turdagi tashish bilan shug‗ullanuvchi transportlarni 
qamrab oldi. bunday me‘yor 2002 yil 22 dekabrdagi Belorusiya Respublikasining 
Prezidenti tomonidan imzolangan 610-sonli Farmonga asosan belgilangan.
Baxtsiz hodislardan sug‗urtalash bo‗yicha sug‗urta tariflari xatarlarni 
sug‗urtalash turlari bo‗yicha tariflarni tuzish usulida aniqlanadi. Baxtsiz 
hodislardan sug‗urtalash zararni sug‗urtalash toifasiga mansub, shu sababli 
tariflashtirishda sug‗urta xatarini barcha sug‗urtalanuvchilar o‗rtasida taqsimlash 
tamoyili asos qilib olinadi. Baxtsiz hodislardan sug‗urtlashning netto-stavkasi 
uchun sug‗urta summasining mazkur sug‗urta turi bo‗yicha o‗rtacha zarar 
ko‗rsatkichi hisobidan amalga oshiriladi.
Baxtsiz hodislardan sug‗urtalash bo‗yicha sug‗urta tariflari odatda 
sug‗urtalanuvchilarning jinsi va yoshiga bog‗liq bo‗ladi. Ammo sug‗urta 
mukofotlarini maksimal darajada differensiatsiyalash sug‗urta summasining 
miqdoriga va sug‗urtalanuvchi amalga oshirayotgan faoliyatning, birinchi galda 
kasb-korining xatarlilik darajasi bilan belgilanadi. Sug‗urta summasi oshib borgani 
sari, shuningdek sug‗urtalanuvchilarning kasb-kor va ijtimoiy vaziflarining 
xatarlilik darajasiga bog‗liq holda sug‗urta tariflari ham o‗sadi. Sug‗urtalovchilar 
tariflarning va sug‗urta summasining mutanosibligiga, shuningdek kasblarni 
xatarlilik ehtimoliga ko‗ra gurulashtirishga oid o‗z o‗lcham yondashuvlaridan 
foydalanadilar. 
Fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‗urtalashda sug‗urta to‗lovi 
sug‗urtalovchi tomonidan sug‗urta hodisasi bo‗lganini tasdiqlovchi hujjatlarni talab 


305 
qilinishi yo‗li bilan amalga oshiriladi. Masalan, to‗lov to‗g‗risidagi arizaga sud 
tibbiy ekspertizasi ma‘lumotnomasi, VKK xulosasi, mehnat qobiliyati 
yo‗qotilganda tibbiy kartadagi yozuv nusxasi, VTEK ma‘lumotnomasi nusxasi, 
fuqaro vafot etganda FHDYO tomonidan berilgan vafot etganligi to‗g‗risidagi 
guvohnoma nusxasi va boshqalar. Sug‗urta to‗lovi hajmi sug‗urta summasiga 
proporsional tarzda jabrlanuvchining salomatligi va mehnat qobiliyatiga etgan 
zarardan kelib chiqqan holda sug‗urta kompaniyalarining odatdagi qoidalarida 
belgilangan sug‗urta to‗lovlari jadvalida tana jarohatlari xarakteri ko‗rsatilgan 
bo‗ladi. O‗lim hodisasi sodir bo‗lganda yoki 1-guruh nogironligi yuzaga kelganda 
sug‗urta summasi hajmi 100 foizlik nisbatda belgilanadi.
Baxtsiz hodisa oqibatidagi o‗lim holati uchun sug‗urta shartnomasida 
ko‗rsatilgan 
benefitsiarga 
yoki 
sug‗urtalanuvchining 
merosxurlariga 
sug‗urtalashning alohida shartlari asosida pul summasining (kapitalning) 
to‗lanishini ko‗zda tutadi. Sug‗urtalovchining ixtiyoriga ko‗ra kapital renta 
(pensiya) shaklida to‗lanishi ham mumkin. 
Nogironlik holati bo‗yicha esa sug‗urtalanuvchiga sug‗urta shartnomasida 
qayd etilgan sug‗urta summasini ishga layoqatsizlik darajasiga ko‗paytirish orqali 
aniqlanadigan tovon puli to‗lanishini ta‘minlaydi. 
3. Mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik holati bo‗yicha sug‗urtalanuvchiga 
davolnish va salomatlikni tiklash davri uchun kundalik tovon puli to‗lanishini 
ta‘minlaydi.
Bu to‗lovni taqdim etish o‗ziga xos xusiyatlrga ega. Birinchidan, tovon 
pulining miqdori mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik bo‗yicha sug‗urta 
shartnomasida ko‗rsatilgan sug‗urta summasiga proporsional ravishda belgilanadi, 
masalan har kun uchun sug‗urta summasining 0,3 yoki 0,5 % miqdorida. 
Nafaqaning eeng ko‗p miqdorini belgilash chegarasi sifatida sug‗urtalanuvchining 
o‗rtachcha bir kunlik daromadi miqdori olinadi. Ikkinchidan, mehnatga 
vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati odatda franshizaga ega bo‗lib, u nafaqa 
to‗lanmaydigan mehnatga layoqatsizlikning birinchi kunlarida ifodalanadi. Eng 
ko‗p tarqalgan franshiza odatda 7 kundan ortiq bo‗lmaydi. Uchinchidan, mehnatga 


306 
vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati tovon puli to‗lashning oxirgi muddati 
chegaralanishi bilan ajralib turadi. Bu muddat xususiy holda aniqlanadi va 
an‘anaga ko‗ra 365 kunni tashkil etadi. 
Tibbiy xarajatlarni to‗lash, baxtsiz hodisa oqibatidagi shikastlanishlarni 
davolash uchun zarur to‗lov bo‗lib, shifoxonaga yotqizish, ambulatoriyada 
davolash, dori-darmon, parvarish uchun xarajatlarning qoplanishini nazarda tutadi. 
Opsion tarzida protezlash, kosmetik jarrohlik harajatlarini, sanatoriyada 
davolanishni to‗lab berishni ham taklif etish mumkin.
Rossiya sug‗urtalovchilari hisob-kitoblarni o‗lim holati uchun ko‗zda 
tutilgan bitta sug‗urta summasidan kelib chiqib, turli foiz me‘yorlaridan 
foydalangan holda olib borishni ma‘qul ko‗radilar. Biroq har qanday holatda ham 
sug‗urta tovoni to‗lovlarining umumiy summasi sug‗urta shartnomasi amal qilib 
turgan davrda sodir bo‗lgan bitta yoki bir necha sug‗urta hodisasi uchun sug‗urta 
shartnomasida belgilab qo‗yilgan sug‗urta summasi miqdoridan, yoki agar 
shartnomada bir necha sug‗urta summalari ko‗rsatilgan bo‗lsa, har bir kafolat 
uchun belgilangan summadan ortiq bo‗lishi mumkin emas. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish