Oraliq Nazorat (davomi)
III.Ushbu kredit bo’yicha:
a) Oddiy foiz stavka va annuitet usuli bo’yicha hisoblashda foiz to’lovlari orasidagi farqni va boshqa farqlarni aniqlang;
JAVOB Qarzni to'lashning butun davrida kredit bo’yicha to’lov o'zgarishsiz qoladigan, ammo uning tuzilishi o'zgarib turadigan oylik to'lovlar sxemasi annuitet deb ataladi. Birinchi oylarda asosiy qism foizlardan iborat bo'lib, u ham bank, ham ayrim toifadagi mijozlar uchun qulaydir. Banklar shu tariqa kredit muddatidan oldin qaytarilganda foyda yo'qotilishidan himoyalanadi. Shu bilan birga, barqaror belgilangan daromadga ega qarz oluvchilar uchun ham doimiy bir xil miqdordagi mablag' to’lab borish qulayroqdir. Ushbu to'lov turi sizni har oy jadvalni tekshirish va pulni zaxiralash zaruriyatidan ozod qiladi, bir xil miqdordagi to'lov esa o’z mablag’laringizni to’g’ri rejalashtirishga yordam beradi.
O'z navbatida, annuitet to'lovidan farqli o'laroq, differentsiallangan to'lov turida birinchi oylarda to’lov miqdori katta bo’ladi. Uning tarkibi kredit bo'yicha foizlar va butun davr uchun teng taqsimlangan asosiy qarzdan iborat bo’ladi. Foizlar esa asosiy qarz qoldig’iga nisbatan hisoblanadi. Shu sababli, birinchi oylarda to'lovlar miqdori katta bo'lib ko'rinadi, ammo muddat oxiriga kamayib boradi va minimal darajaga yetadi. Bu usul o'zgaruvchan daromadga ega bo’lgan qarz oluvchilar uchun qulaydir va qarzni muddatidan oldin to'lash orqali ortiqcha xarajat qilishni oldini oladi.
To'lov sxemalari o'rtasidagi asosiy farqlar
Bu ikkita to’lov usulining asosiy farqlari
Annuitet to'lovining asosiy xususiyatlari quyidagicha:
• oylik to'lovlar miqdori butun davr davomida o'zgarmaydi;
• foizlar to'lovning joriy miqdori bo'yicha hisoblanadi;
• kredit bo’yicha asosiy qarzning teng taqsimlanmaganligi;
• muddat boshida asosiy qarz miqdorining foizlarga nisbatan kamligi;
• har oylik to'lovlar kreditning butun davri mobaynida o’zgarmasligi.
Differentsial to'lov usulida esa:
• kredit muddati kamayishi bilan to'lovlar miqdori ham kamayadi;
• foizlar asosiy qarz qoldig'iga nisbatan hisoblanadi;
• kredit bo’yicha asosiy qarz har oyga teng qismlarga bo'linadi;
• eng katta to'lovlar muddat boshiga to'g'ri keladi;
• har bir yangi oyda kredit bo’yicha asosiy qarz qoldig'ida kamroq foizlar hisoblanadi.