5
Aristotel
(
384
-
322
)
Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo‘lgan Aristotel eramizdan
avvalgi 384 yilda Stagirda (Makedoniya yarim oroli) shifokor oilasida dunyoga
keldi. Uning otasi Nikomax Aleksandr Makedonskiyning
nabirasi podsho Aminti
II saroyida shifokorlik qilgan.
Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu erda o‘z zamonasining mashhur
olimlaridan bo‘lgan Platonga shogird tushadi. Platonning vafotidan so‘ng Aristotel
347 yili Afinadan Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. CHunki bu erda ustozining
tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy homiylik qiladi.
Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim orolidagi Mitilen shahriga ko‘chib
o‘tadi va u erda 342 yilgacha yashaydi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp
o‘zining Aleksandr nomli 13 yoshli o‘g‘lining tarbiyasi uchun Aristotelni
Mitilendan chaqirib oladi. Bu erda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona
tashkil qiladi.
Shu davrda Gretsiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi.
Natijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablardan o‘z davrining so‘z
san’ati ustalari tayyorlanardi. Keyinchalik chiroyli so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar
maydonga kela boshladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli
kitobidir. Buyuk olim uni mashhur “Poetika” nomli asaridan so‘ng, ya’ni
eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi.
Ma’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham “Ritorika” nomli qo‘llanma
yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o‘xshamaydi.
Ularning birinchisi
qo‘llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo‘yicha ilmiy
mulohazalardan iborat edi.
Aristotelning “Ritorika”si uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va
ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi nazariy
fikr va mulohazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta
ahamiyat beriladi. Olimning nutq nazariyasi haqidagi fikri, notiq tilidagi turli
“qorishmalar”, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi,
jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining
katta xatosidir, deb
hisoblaydi. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrni ifoda etishga qaratilishi, ravon
va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning
hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez
etishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel
notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil- mutoyiba so‘zlar
bilan lirik
chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilish zarurligini, agar turli
ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni
qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar
ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi.
Aristotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi:
1.
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).
Bunda Aristotel
auditoriyaga mos matn tayyorlash lozimligini nazarda tutadi. Demak, har qanday
notiq qanday auditoriyaga kirayotganligini his etishi va shunga ko‘ra matn
materialini kashf etishi kerakligini qayd etadi.
2.
Materialni joylashtirish shakli (rejasi). Bunda Aristotel auditoriyaga mos
6
matnni ta’sirchan, jozibali so‘zlar orqali fikr ketma- ketligini tuzib chiqishni tafsiya
etadi. Fikr ketma-ketligi notiqning so‘z mahorati va o‘z nutqi orqali ifoda etish
san’ati bilan bog‘liq hodisadir.
3.
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish). Notiq so‘zga chechan, so‘z ustasi
bo‘lolmasa, u qanday
materialni kashf etmasin, uning ketma-ketligini mos holda
tayyorlamasin, eslash qobiliyati yaxshi bo‘lmasa, auditoriyaga etkazib berolmaydi.
Bunday holatda notiqdan kuchli xotira talab etiladi.
4.
Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish. Notiq so‘z yordamida o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etadi. Demak, u so‘z sehrini, ma’nosini, ko‘chma ma’noga
egaligini, ta’sirchanligini his eta olishi va o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi zarurdir.
5.
Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. Agar notiq so‘z ustida tinimsiz izlanish olib
bormasa, uning fikr ifodalash jarayonida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qobiliyati
rivojlanmaydi. Izlanish va ijod har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etish imkoniyatini
keltirib chiqaradi.
Aristotelning falsafiy fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qiymatini saqlab
kelmoqda. G‘arbu sharq notiqlari bu fikrlar asosida o‘zlarining
notiqlik
mahoratlarini oshirib kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: