1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Sud notiqligi 
- oqlovchi va qoralovchi nutqlari asosida shakllangan. 
2.
Siyosiy notiqlik – 
turli diplomatik yozishmalar asosida shakllangan. 
3.Maqtov notiqligi – 
o‘sha davrning yuqori tabaqa vakillari va mansabdor 
shaxslar nomiga aytiladigan maqtov matnlari hisoblanadi. 
Bulardan tashqari, Yunonistonda bo‘lganidek, notiqlik san’atini o‘qitish uchun 
xizmat qiluvchi o‘quv - mashq notiqligi ham mavjud edi. Bunday notiqlikning 
asosiy vazifasi nutq nazariyasiga asosan notiqlik maktabida notiqlarning 
shakllanishi uchun xizmat qilgan. Keyinchalik 
Rimda 
urushning kuchayib ketganligi harbiy sarkardalar nutqining rivojlanishiga ham 
imkon berdi. Natijada G‘arbu sharqda mashhur harbiy notiqlar paydo bo‘la 
boshladilar. Ularning vazifasi urushda askarlarni g‘alabaga chorlashdan iborat 
bo‘lgan. 
Notiqlik san’atining yirik namoyandasi Sitseron bu san’atga yuksak baho 
berib, ikki xil san’atni — lashkarboshilik va notiqlik san’atini tan oladi: «Tarixda 
nom qoldirish uchun yo yaxshi sarkarda, yo yaxshi notiq bo‘lish kerak
»
. Bunday 
ijodkor notiqlarning nomi o‘z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va 
mashhur bo‘lgan. Aristotel, Demosfen va Sitseron, Lisiy, Katon, aka-uka Grakxlar 
shular jumlasidandir. 
Демосфен 
Цицерон, 
Нотиқлик 
Лашкарбошилик 
Икки хил санъат 



Aristotel 
(
384
-
322

Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo‘lgan Aristotel eramizdan 
avvalgi 384 yilda Stagirda (Makedoniya yarim oroli) shifokor oilasida dunyoga 
keldi. Uning otasi Nikomax Aleksandr Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti 
II saroyida shifokorlik qilgan. 
Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu erda o‘z zamonasining mashhur 
olimlaridan bo‘lgan Platonga shogird tushadi. Platonning vafotidan so‘ng Aristotel 
347 yili Afinadan Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. CHunki bu erda ustozining 
tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy homiylik qiladi. 
Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim orolidagi Mitilen shahriga ko‘chib 
o‘tadi va u erda 342 yilgacha yashaydi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp 
o‘zining Aleksandr nomli 13 yoshli o‘g‘lining tarbiyasi uchun Aristotelni 
Mitilendan chaqirib oladi. Bu erda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona 
tashkil qiladi. 
Shu davrda Gretsiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. 
Natijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablardan o‘z davrining so‘z 
san’ati ustalari tayyorlanardi. Keyinchalik chiroyli so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar 
maydonga kela boshladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli 
kitobidir. Buyuk olim uni mashhur “Poetika” nomli asaridan so‘ng, ya’ni 
eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi. 
Ma’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham “Ritorika” nomli qo‘llanma 
yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o‘xshamaydi. Ularning birinchisi 
qo‘llanma bo‘lsa, ikkinchisi chiroyli so‘zlash nazariyasi bo‘yicha ilmiy 
mulohazalardan iborat edi. 
Aristotelning “Ritorika”si uch kitobdan tashkil topgan. Asarning birinchi va 
ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi nazariy 
fikr va mulohazalardan iborat bo‘lsa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta 
ahamiyat beriladi. Olimning nutq nazariyasi haqidagi fikri, notiq tilidagi turli 
“qorishmalar”, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffuz qilinishi, 
jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir, deb 
hisoblaydi. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrni ifoda etishga qaratilishi, ravon 
va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning 
hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez 
etishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel 
notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil- mutoyiba so‘zlar bilan lirik 
chekinish qilib, tinglovchilarni hayajonlantira bilish zarurligini, agar turli 
ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metaforalarni 
qo‘llasa nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar 
ko‘payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham ta’kidlaydi. 
Aristotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi: 
1.
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). Bunda Aristotel 
auditoriyaga mos matn tayyorlash lozimligini nazarda tutadi. Demak, har qanday 
notiq qanday auditoriyaga kirayotganligini his etishi va shunga ko‘ra matn 
materialini kashf etishi kerakligini qayd etadi. 
2.
Materialni joylashtirish shakli (rejasi). Bunda Aristotel auditoriyaga mos 



matnni ta’sirchan, jozibali so‘zlar orqali fikr ketma- ketligini tuzib chiqishni tafsiya 
etadi. Fikr ketma-ketligi notiqning so‘z mahorati va o‘z nutqi orqali ifoda etish 
san’ati bilan bog‘liq hodisadir. 
3.
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish). Notiq so‘zga chechan, so‘z ustasi 
bo‘lolmasa, u qanday materialni kashf etmasin, uning ketma-ketligini mos holda 
tayyorlamasin, eslash qobiliyati yaxshi bo‘lmasa, auditoriyaga etkazib berolmaydi. 
Bunday holatda notiqdan kuchli xotira talab etiladi. 
4.
Materialni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish. Notiq so‘z yordamida o‘z fikr-
mulohazalarini bayon etadi. Demak, u so‘z sehrini, ma’nosini, ko‘chma ma’noga 
egaligini, ta’sirchanligini his eta olishi va o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi zarurdir. 
5.
Materialni to‘g‘ri talaffuz etish. Agar notiq so‘z ustida tinimsiz izlanish olib 
bormasa, uning fikr ifodalash jarayonida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qobiliyati 
rivojlanmaydi. Izlanish va ijod har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etish imkoniyatini 
keltirib chiqaradi. 
Aristotelning falsafiy fikrlari hozirgi kunda ham o‘z qiymatini saqlab 
kelmoqda. G‘arbu sharq notiqlari bu fikrlar asosida o‘zlarining notiqlik 
mahoratlarini oshirib kelmoqdalar. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish