1
6-MAVZU: G‘ARB VA SHARQ NOTIQLIK SAN’ATINING
SHAKLLANISHI.
Reja:
1.G‘arbda notiqlik maktablarining shakllanish tarixi.
2. Sharqda notiqlikning o’ziga xosliklari
Tayanch so‘zlar:
Besh yuzlar kengashi, sud organi, xalq majlislari, demokratiya,
siyosiy notiqlik, sud notiqligi, epideyktik nutq, sinegor, logograf, dialogik muloqot,
uyg‘unlashgan muloqot, fikriy muloqot.
Notiqlik san’ati Qadimgi Yunonistonda vujudga keldi va katta mavqega
erishdi. Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumot Gomerning “Iliada” va “Odisseya”
dostonlarida keltirilgan. U o‘z asarida Menelay, Nestor, Axill,
Odissey kabi
mashhur notiqlar bo‘lganligi, ular notiqlik san’atining to‘rt yo‘nalishiga
mansubligi, notiqlik maktablarida tahsil olganliklari, xususan, Axillning Feniks
nomli so‘z ustasi darsxonasida saboq olganligi haqida qayd etadi. Gomerning
notiqlik namoyandalarini o‘z asarlariga kiritganligi qadimgi Yunonistonda notiqlik
san’atining yuksak kamol topganligini ko‘rsatadi.
Qadim Yunonistonda notiqlik san’atining rivojiga demokratiya sabab
bo‘lgan. Besh yuzlar kengashida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar
bo‘yicha kiritiladigan takliflar, qonun-qoidalar loyihasini tuzib, muhokama etilardi.
Ana shu jarayonda Kengash a’zosi muhokama etilayotgan
masala yoki loyiha
bo‘yicha o‘z fikrini aytar, loyihani kirituvchi yoki masalani ko‘taruvchi kengash
a’zolari esa o‘z nuqtai nazarlarini erkin tarzda himoya qilib, har tomonlama
asoslab, uzundan-uzoq nutq so‘zlardilar. Ana shu nutq va erkin muhokama
jarayonida masalani ko‘taruvchi Kengash a’zosi o‘z pozitsiyasini himoya qila olsa,
loyiha qabul qilinar, asoslay olmasa, qabul qilinmas edi. Ana shunday so‘z
erkinligi, ya’ni demokratiya notiqlik san’atining taraqqiyoti
uchun qulay zamin
yaratdi. Kengash notiqligi siyosiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun bu toifaga
mansub notiqlarning ko‘pchiligi o‘z mavqeiga ko‘ra siyosiy yoki harbiy notiqlar
bo‘lib, ular ijtimoiy-siyosiy notiqlikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldilar.
2
Ijtimoiy-siyosiy notiqlikning yirik namoyandalaridan biri Perikldir. Periklning
notiqlik mahorati haqida Evpolid shunday deydi:
Notiq-Periklning ibrat bo‘ladigan xislatlaridan biri shundaki, u yuksak
mahoratga ega ekanligiga qaramay, to puxta tayyorgarlik ko‘rib, nutq matnini
ko‘ngildagiday qilib to‘la-to‘kis
yozib olmaguncha, sira minbarga chiqmagan.
Plutarxning aytishicha, odamlar qaysarlik qilib talab qilganda ham, tayyorlanib
ulgurmaganligini aytib, so‘zga chiqmagan. U o‘z nutqida mantiq masalasiga
alohida e’tibor bergan. Buning uchun u nutqida qo‘llanadigan fakt va hujjat, misol
va dalillarni shunday joylashtirganki, natijada, uning nutqini eshitgan tinglovchida
notiq pozitsiyasining to‘g‘riligiga hech qanday shubha qolmagan. Perikl nutq
matnlarining tiliga va uning talqini jarayonidagi talaffuziga ham e’tibor berib, o‘z
fikrlarini obrazli ifodalashga harakat qilgan.
Yunon demokratiyasining ikkinchi hal qiluvchi organi – qonun chiqaruvchi
Xalq majlisi edi. Besh yuzlar muhokamasidan o‘tgan
masala va loyihalarni keng
umumxalq muhokamasiga qo‘yishar va ana shu muhokama natijasida muayyan
masala yoki loyiha qabul qilinardi yo uzil-kesil inkor etilardi. Shu jarayonda
fuqarolarning barchasi erkin ishtirok etish va erkin muhokama yuritish huquqiga
ega edi. Demokratik asosga ega bo‘lgan bunday muhokama va munozaralar
jarayonida shahar fuqarolari orasidan o‘nlab zabardast notiqlar etishib chiqar va
ular ming-ming kishilardan iborat keng muhokama etuvchi auditoriyalar oldida
yurtdoshlari
manfaatini, o‘z davlati manfaatini va o‘zlarining xususiy
pozitsiyalarini himoya qilib nutq so‘zlardilar. Bu hol keng omma orasida notiqlik
san’atining rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratdi. Chunki notiqlik san’ati
har bir fuqaro uchun ehtiyojga aylangan edi. Ular notiqlik san’atining asoslarini
egallash uchun kurashar va maqsadga erishish uchun maxsus ustoz-
o‘qituvchilardan dars olishardi. Badavlat oilalar esa o‘z bolalarini bolalik
chog‘idanoq shu san’at sirlaridan xabardor etishga urinar va farzandlarini maxsus
notiqlik maktablariga berib o‘qitardi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, ana shu ommaviy
ehtiyoj tufayli notiqlik san’atining boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim
darajasidagi
maktabi mavjud bo‘lib, ularda minglab kishilar ta’lim olardi. SHuhrat qozongan
maktablardan biri Isokratning maktabidir. Isokrat eramizdan avvalgi 436-338
yillarda yashagan. U notiqlik, falsafa va yurisprudensiya sohasida Suqrot, Lisiy,
“U so’zda donoligi jihatidan
hammadan ustun turadi. Uning
lablariga ishontirish Xudosi makon
qurgan:
u shu qadar maftun eta
olardiki,
notiqlar
ichida
tinglovchilarida
o’z
nishtarini
qoldiradigan yakkayu yagonasi edi”.
3
Gorgiy kabi zabardast olimlardan saboq oladi. U 329 yili Afinada notiqlik
maktabini ochadi va unda 40 yil ustozlik qiladi. O‘sha davrda Isokrat maktabi
o‘zining etuk, puxta bilim berishi bilan shuhratga ega bo‘ldi. SHuning uchun ham
bu maktabga faqat afinaliklar emas, balki Yunonistonning barcha burchaklaridan
o‘quvchilar oqib kela boshlaydi. Bu esa Isokrat maktabining shuhrat topishiga
imkon yaratadi. O‘sha davrda bu maktabdan ko‘plab notiqlar (jumladan,
Demosfen) etishib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: