Elektr yuritmalarning avtomatik boshqarish apparatlari
Boshqarish apparatlari B.a. elektr yuritmalardagi motorlarni tegishlicha
tezlanishda ishga tushirish, aylanish chastotasini talab etilgan diapazon va bir
tekisda rostlash, uni o’zgartirmay saklash, motorni tormozlab to’xtatish va
reverslash kabi amallarni bajaradi. Elektr yuritmalarni avtomatik boshqarishda
dastaki, rele kontaktorli va himoyalash aparatlari, texnologik datchiklar,
elektromagnit muftalar, kuchaytirgichlar, yarimutkazgichli kontaktsiz asboblar va
rostlagichlardan foydalaniladi.
Dastaki boshqarish apparatlari. Kul kuchi bilan yoki mexaniq uzatma va
richaglar yordamida harakatga keltiriladigan, 500V gacha kuchlanishli
o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarini uzib-ulab turuvchi boshqarish
apparatlari D.b.a. deyiladi. D.b.a. ning gabarit ulchamlari nisbatan katta,
boshqarish quvvati esa kichik buladi. Ularni harakatga keltirish ancha katta qo’l
kuchi talab qiladi. Nominal toki 1000 A gacha bulgan zanjirlarni uzib-ulab
turishda rubilьniklardan foydalaniladi. Rubilьniklar bir, ikki va uch kutbli
tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Kichik va urtacha quvvatli, qisqa tutashtirilgan
rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish, to’xtatish, yulduz sxemasidan
uchburchak sxemasiga utkazish kabi amallarni boshqaradigan hamda kuzgalmas
kontaktlari uzaro izolyatsiyalangan paketlar ichiga urnatilgan apparat paketli
uzatkich deyiladi. Paketli uzgich 220 V kuchlanishli 400 A gacha tokni uzib-
ulashda qo’llaniladi. Agar kuchlanishi 380 V bulsa, bu apparatning nominal toki
40% kamaytiriladi. O’zgaruvchan va o’zgarmas tok motorlarini soatiga 120
martagacha ishga tushirish, to’xtatish, reverslash, aylanish chastotasini rostlash
kabi amallarni boshqaradigan apparat kontroller deyiladi. Kontrollyerlar barabanli
va kulachokli tuzilishlarda chiqariladi.
Rele-kontaktorli boshqarish apparatlari. Rele va kontaktorlardan iborat
bunday elektromagnit boshqarish apparatlari dastaki apparatlarga nisbatan har
tomonlama takomillashgan va ularning urtacha xizmat davri bir necha million
marta uzib-ulanish bilan harakterlanadi (dastaki apparatlarning xizmat davri esa
2500-5000 marta ulanishlar bilan chegaralanadi).
Magnitli ishga tushirgich. Elektr motorlarni va boshka elektr
iste’molchilarini elektr tarmogiga masofadan turib uzib-ulaydigan, ularni ortikcha
yuklamadan himoyalaydigan kontaktor va tugmalar stantsiyasidan iborat
boshqaruvchi apparat M.i.t. deyiladi. Unda kontaktor chulgamini elektr tarmogiga
ulash yoki undan ajartish signallari knopkalar orqali beriladi. Motorlarning
aylanish yo’nalishini uzlashtirib turish uchun reversiv M.i.t. lardan foydalaniladi.
Reversiv M.i.t. unga va chapga aylantiruvchi ikkita kontaktordan hamda ung,
chap va to’xtatish signallari beruvchi knopkalardan iborat buladi.
Tugmalar stantsiyasi. Bosilganda kontaktlarni ochib yopadigan bir necha
tugmalardan iborat tugmalar gruppasi K.s. deyiladi.
Rele. Tashki signal vositasida elektr zanjirlarini avtomatik ravishda uzib-
ulab turadigan tuzilma R. deyiladi. R. ikki turgun xolatga ega bulgan
kommutatsiya elementidan va uning turgun xolatlari o’zgarganda uzilib-
ulanadigan kontaktlar sistemasidan iborat. R. lardan avtomatik boshqarish,
nazorat, signalizatsiya va himoya sistemalarida foydalaniladi.
Boshqarish relesi. Elektr motorlarni ishga tushirish va boshqarishni
avtomatlashtirishda magnitli ishga tushirgich bilan birgalikda B.r.dan ham
foydalaniladi. B.r. ning tuzilishi kontaktorlar singari, elektromagnit va boshqarish
zanjirlaridagi kichik toklarga hisoblangan kontaktlar sistemasidan iborat.
CHulgamiga tok (signal) berilishi bilanok (0,1-0,15 sekund ichida) kontaktlarni
uzib-ulovchi B.r. oniy rele deyiladi. CHulg’amiga tok (signal) berilgandan keyin
0,15 sekunddan ortikrok vaqt utganda ishga tushadigan B.r. vaqt relesi deb
yuritiladi.
Nazorat savollari:
1. MTPF fani nimani o’rganadi va u qanday bo’limlardan iborat?
2. Fanning ishlab chiqarish sohalariga qarab qisqacha vazifasini aniqlab bering.
3. MTP va MTA tarkibini izohlang.
4. Fanning rivojlanish davrlarini eslab o’ting.
5. Har bir davrda o’zining ilmiy izlanishlari bilan fanda yangi yo’nalishlar
ochgan olimlarni aytib bering.
6. Sizning fikringizcha bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida MTPF fani o’z
mavqeini saqlay oladimi?
7. Fan sifatida yana qanday ilmiy izlanishlarga e’tibor berishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |