2-ma’ruza. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari. Reja: 1



Download 381,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana11.07.2022
Hajmi381,66 Kb.
#776305
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’ZGARMAS TOK ZANJIRLARI 
O’zgarmas tok. Kiymati va yo’nalishi o’zgarmaydigan tok u.t. deyiladi. U.t. I 
bilan belgilanadi. U.t. ning musbat yo’nalishi uchun musbat zaryadli zarracha 
(ion)larning elektr maydon kulanganligi yo’nalishidagi harakati kabul kilingan. 
U.t. ning manbalari sifatida Volьte elementi, Plante elementi (akkumulyator), 
elektromaxnik va magnitgidrodinamik (MGD) generatorlar qo’llaniladi. Ularda 
kimyoviy, mexaniq yoki issiqlik energiyasi o’zgarmas tok energiyasiga 
aylantiriladi. Xozirgi paytda, ayniksa elektrotransportlarda qo’llaniladigan 
o’zgarmas tok energiyasining kup qismi turli tipdagi tugrilagichlar vositasida 
o’zgaruvchan toklardan xosil kilinadi. U.t. xosil kilish uchun o’zgarma tok 
generatorlaridan ham keng foydalaniladi. 
Elektr toki. Tashki elektr maydon ta’sirida utkazgichlardagi erkin elektronlar 
yoki ionlarning
tartiblangan harakati E.t. deb yuritiladi. 
Elektr zanjir. Elektr energiya manbai, elektr istemolchilari va ularni ulovchi 
simlardan tuzilgan zanjir E.z. deyiladi. E.z. tarkibida kommutatsion apparat va 
elektr ulchash asboblari bulishi ham mumkin (18.1). 
Elektr zanjir sxemasi. Elektr zanjirdagi elementlarning uzaro qanday ulanish 
ko’rsatilgan grafik tasvir E.z.s. deyiladi (18.1-rasm). Sxemalarda elektr 
zanjiridagi har bir element GOSTda kabul kilingan shartli belgi bilan ko’rsatiladi. 
TRANSFORMATORLAR 
Bir fazali transformator. O’zgaruvchan tok kuchlanishli o’zgartiruvchi statik 
elektromagnit apparat T. deyiladi. T. lardan juda kup maksadlarda foydalaniladi. 
Xususan elektr energiyasini uzok masofalarga uzatishda va iste’molchilarga 
taksimlashda respublika, xatto bir necha mustakil davlat mikyosida umumiy 
energetik sistemalar yaratishda T. lar bekiyos katta ahamiyatga ega. 22.1-rasmda 
R
0
-
+
v
A
R
H


B.f.t. ning tuzilishi va ishlash prinsipiga doir sxema berilgan. Bunday oddiy 
transformator berk po’latga o’ralgan birlamchi ω
1
va ikkilamchi ω
2
chulgamlardan iborat bo’ladi. Bunday transformatorni elektr tarmogiga 
ulanadigan chulgami va unga tegishli parametrlar birlamchi, iste’molchilarga 
ulanadigan chulgami va unga tegishli parametrlar esa ikkilamchi deb yuritiladi. 
Birlamchi chulgamga berilgan o’zgaruvchi U
1
kuchlanishdan I tok va po’lat o’zak 
orqali yopuluvchi F magnit okimi xosil buladi. Elektromagnit induktsiya 
konuniga muvofik o’zgaruvchan F magnit okimi bilan kesiluvchi birlamchi 
chulgamda uzinduktsiya EYuK , ikkilamchi chulgamda esa uzaro
Bir fazali transformator sxemasi
ELEKTR TA’MINOTI VA UNING SISTEMALARI. 
Elektr ta’minoti. Xalk xujaligining barcha soxalarini – sanoat, qishloq xujaligi, 
transport, shahar xujaligi va boshkalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash E.t. 
deyiladi. E.t. sistemasiga energiya manbalari, kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi 
podstantsiyalar, elektr uzatish va taksimlash liniyalari, elektr tarmoklari va 
boshka yordamchi qurilmalar kiradi.
Elektr energiya manbalari. Elektr energiyasini asosan elektr stantsiyalarida 
urnatilgan uch fazali sinxron generatorlar ishlab chiqaradi.
Elektr stantsiya. Elektr energiyasini xosil qiladigan agregatlar, uskuna va 
apparatlar hamda ular urnatiladigan bino va boshka yordamchi qurilmalardan 
iborat inshoot E.s. deyiladi. Elektr manbaiga kura TES, TETS, GES, GAES, AES 
va boshka turlarga ajratiladi.
Issiqlik elektro stantsiyasi (IES). Kattik, suyuk yoki gaz xolatdagi organiq 
yokilgilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan 
stantsiyaga aytiladi. Elektr energiyasining kupchilik qismi IESlarda ishlab 
chiqariladi. Generatorlarni aylantiruvchi birlamchi motorlar turiga kura TES lar 
bug trubinali, gaz trubinali va dizel elektr stantsiyalariga bulinadi.
Bug trubinali gaz kondensatsion elektrostantsiya (KES) KESning asosiy 
energetik agregatlari qatoriga suv yoki bug okimi xosil qiladigan trubalar 
batareyasidan iborat kozon qurilmasi bug trubinalar va trubogeneratorlar kiradi. 
KESlarda yokilgilarning issiqlik energiyasi kozon sistemasida suvni yuqori 
bosimli bugga aylantiradi. Bu bug bosimi ta’sirida Trubina parraklari 
generatorlarni harakatga keltiradi va natijada issiqlik energiyasi trubinada 
mexaniq energiyaga, generatorda esa elektr energiyasiga aylantiriladi. Trubina 
parraklaridan utgan bug sovutgichlar vositasida suvga aylantirilib, nasos orqali 
yana isitgichga (kozon sistemasi)ga yuboriladi. KESlarni ishga tushirish 
davomiyligi 3-6 soat, foydali ish koeffitsienti η =32…40% buladi.


Gaz trubinali elektr stantsiya. Bunday stantsiyalarda maxsus yokilgining 
yonishidan xosil bo’lgan gaz maxsuloti bilan xavo aralashmasi birgalikda 
trubinalarni aylantiradi. SHu sababli bunday stantsiyalar GTES deyiladi. Gaz 
trubinali agregatlar 25…100 mVT quvvatlarda chiqariladi. Ulardan energo 
sistemadagi yuklamaning maksimumida yoki avariya xollarida darxol ishga 
tushiriladigan rezerv agregatlar sifatida foydalaniladi.
Dizelь elektr stantsiya. Birlamchi motor sifatida dizel motor ishlatilgan 
stantsiyalar DES deyiladi. Statsionar DESlarda quvvati 110-750 mVT bulgan turt 
taktli dizel agregatlardan foydalaniladi. Energiya po’ezdlarda quvvati 10 
mVTgacha bulgan statsionar tipli DEZ ishlatiladi. Avtomobilь yoki temir yul 
platformasiga urnatiladigan Kuchma DES da esa 25-150 kVt li agregatlar 
qo’llaniladi. DES kupincha qishloq, urmon xujaligi va kidiruv partiyalarida 
asosiy yoki rezerv stantsiya sifatida ishlatiladi, dizel elektrovoz va dizel 
elektroxodlarda esa undan asosiy elektr qurilma sifatida foydalaniladi. 
Gidroelektr stantsiya (GES). Suv okimi energiyasini elektr energiyaga 
aylantiradigan stantsiya GES deyiladi. GES tarkibiga gidrotrubina va 
gidrogeneratordan tashkari tugon va boshka gidrotexnik inshootlar ham kiradi. 
Suvdan foydalanish sxemasi va suv bosimini xosil kilish usuliga kura GESlar 
uzanli, tugonli, derivatsion va gidroakkumlyatsiyalovchi stantsiyalarga bulinadi. 
GESlarning ishga tushirish davomiyligi 1-5 minut, foydali ish koeffitsienti η=85-
87% buladi.
Tugonli va uzanli GES. Bunday GESlar tekislikda okadigan sersuv daryolarda 
yoki togdan okib tushadigan daryolarda kuriladi. Bu ikki xil GESda ham suvning 
bosimini xosil kilish uchun uning satxi tugon vositasida kutariladi. GESlarda 
elektr stantsiya binosi tugon inshootining bir qismini tashkil qiladi.
Derivatsiyali GES. Daryo uzanidan ajratib chiqarilgan ma’lum kiyalikdagi 
kanal, trubalar yoki tonnelga kurilgan D.GES deyiladi. D.GES asosan uzani katta 
kiyalikka ega bulgan daryolarda kuriladi.
Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stantsiya (GAES). GAES ikki rejimda 
ishlaydi: 1. Elektr energiyasiga extiyoj kam bulgan davrlarda, masalan, tungi 
paytlarda, uning nasos rejimida ishlaydigan agregatlari boshka elektro 
stantsiyalardan energiya olib, pastki ombordagi suvni yuqoridagi omborga 
chiqaradi, bunda GAES ning generatorlari motor vazifasida, trubinalari esa nasos 
bulib ishlaydi, bu vaqtda omborda suv yigiladi (akkumulyatsiyalanadi).
2. elektr energiyasiga extiyoj eng katta bulgan vaqtlarda GAES elektr stantsiya 
rejimida ishlaydi va unda ishlab chiqarilgan elektr energiya energiya sistemaga 
uzatiladi (generatsiyalash rejimi). Bunday elektr stantsiyalarning foydali ish 
koeffitsienti η=70-75% buladi.
Atom elektro stantsiyasi (AES). Atom energiyasini elektr energiyasiga 
aylantirib beradigan stantsiya AES deyiladi. AESlarda radiaktiv elementlar 
yadrosining atom reaktrida parchalanishi natijasida xosil bulgan elektr 
energiyasidan truboagregatlarini harakatga keltiruvchi rux xosil kilinadi. 
AESlarning ishga tushirish davomiyligi 3-6 soat, foydali ish koeffitsienti η=35-
38% buladi.
Davlat rayon elektro stantsiyasi (DRES). Energiya manbalari yakinida 
kurilgach katta quvvatli KES va GES Lar DRES deyiladi. DRESlar 


mamlakatning turli rayonlaridagi elektr iste’molchilarini energiya bilan 
ta’minlaydi. SHu sababli ular davlat rayon elektro stantsiyalari deb yuritiladi. 
IESlar esa nisbatan kichik quvvatli buladi va elektr iste’molchilariga nisbatan urta 
joyga kuriladi. SHu sababli ular maxalliy stantsiyalar qatoriga kiradi.
Elektr tarmoklari.
Elektr tarmoklari. Elektr energiyasini iste’molchilarga uzatadigan va 
taksimlaydigan qurilmalar E.t. deyiladi. Xozirgi paytda elektr energiyasining 
taxminan 98 foizi Hamdustlik mamlakatlari yagona energik sistemasiga kirgan 
turli kuchlanishdagi E.t. orqali uzatiladi va taksimlanadi. E.t.i: ta’minlovchi va 
taksimlovchi, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok tarmoklariga, 1000 V gacha va 
yuqori kuchlanishli, ochiq simli va kabeli, radial va xalkali tarmoklarga ajratish 
mumkin. E.t. tarkibiga, elektr uzatish liniyalaridan tashkari, kuchlanish kiymatini 
va tok turini o’zgartiruvchi transformator va o’zgartkich podstantsiyalari hamda 
taksimlash qurilmalari RU (raspredelitelьnoe ustroystva) kiradi. Hamdustlik 
mamlakatlarida 750 KV va 1150 KV li E.t. ni ishga tushirish borasida 
tayyorgarlik ishlari olib borilmokda. 
Taksimlash qurilmalari (TK). Tok taksimlovchi shinalar sistemasidan hamda 
kommutatsion va himoya apparatlaridan iborat qurilma T.k. deyiladi. T.k. ning 
turi uzatiladigan elektr energiyaning quvvati va kuchlanishiga hamda uzatish 
liniyalari va ularning tarmoklari soniga karab tanlanadi. Kupincha T.k. ma’lum 
sxemalarga muvofik komplekt xolda zavod sharoitida ishlab chiqariladi. Bunda 
ularning hamma uskuna va apparatlari metall shkaflarga joylangan buladi. Turli 
tipdagi ana shunday tayyor T.k. guruxidan ularning talab etilgan sxemasini tuzish 
mumkin. Transformator pod (kichik) stantsiyasi. Kuchlanishni o’zgartiruvchi 
transformatoralar va elektr energiyasini taksimlovchi qurilmalar birgalikda T.p. 
deyiladi.
T.p. elektr energiyasi bilan ta’minlash sistemasining asosiy zvenosi 
hisoblanadi. 
Taksimlash punkti (TP). Berilgan elektr energiyani kabul kilib olib, uni shu 
kuchlanishda iste’molchilarga taksimlaydigan podstantsiya qurilmasi T.p. 
deyiladi.
Komplekt transformator podstantsiyalari. 1 MVA gacha quvvatli, 6-10, 04-023 
kV kuchlanishli, berk korpuslarga urnatilgan bita yoki ikkita transformator, 
kommutatsion va himoya apparatlari bilan jixozlangan (zavod sharoitida 
komplektlangan) podstantsiya KTP deyiladi. Sanoat korxonalari va kurilish 
ob’ektlarida bunday KTP lardan keng foydalaniladi. 

Elektr yuritma. Elektrodvigatel va uning harakatini ish mashinasiga 
uzatuvchi mexanizmdan (reduktor yoki uzatma qutisidan) hamda boshqaruvchi 
elektr apparatlardan iborat sistema 

Download 381,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish