3.1-расм. Магматик жинс-лариннг
магмадан щосил бœлиш схемаси: 1-
чуšурликдаги 2-ер устига чикиб
колганлари.
42
5.2.Asosiy magmatik tog‟ jinslarining qurilish xossalari.
Turli inshootlarni loyihalashda va qurishda magmatik tog‘ jinslaridan juda keng
foydalaniladi. Ularning ustiga inshootlar qurishda, ularni muhandislik - geologik nuqtai
nazardan baholashda esa bu jinslarning mineralogik tarkibi, strukturasini, teksturasini,
darzlarning xarakterini va nurashga uchraganligini hisobga olish zarur. Bulardan tashqari
ularni fizika - mexanikaviy xossalarini o‘rganish ham katta ahamiyatga egadir.
G r a n i t l a r va ularga yaqin turadigan oraliq jinslar (granitoidlar) - kvarts, dala shpatlari
slyuda ba‘zan shox aldamchisi yoki avgitdan tuzilgan bo‘ladi. Jinsning rangi kul rangdan qizil
tusgacha o‘zgarib, dala shpatining rangiga qarab o‘zgaradi. Granit yuqori zichlik va
mustahkamligiga ega bo‘lishiga qaramasdan u ancha mo‘rtdir, chunki uning cho‘zilishga
bo‘lgan mustahkamligi, siqilishga mustahkamligiga qaraganda 40 . . . 60 marta kichikdir.
Granitning suv shimuvchanligi 1% dan kichik, sovuqqa chidamliligi - 200 tsikldan yuqori,
kam yeyiluvchan, yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega.
3.1
Jadval
Tog‘ jinslarining tarkibi
CHuqurlikdagi
intruziv jinslari
Magmatik tog‘ jinslari
(chuqurlikdagilarning effuziv
analogi
Ximiyaviy
Mineralogik
Qadimgi (o‘zgar-
ganlari
Yosh
(yangi)
Kislotaviy
SiO
2
65%
Kvarts, dala
shpatlari, (ko‘prok
ortoklaz, slyuda
(kamrok boshqa kora
Minerallar
Granit
Kvartsli porfir
Lipparit
O‘rta SiO
2
q65-52%
Dala shpati (ko‘proq
ortoklaz), ozrok soxta
mugo‘z biotit, o‘rta
plagioklaz, avgit,
biotit.
Sienit, Diorit.
Ortoklazli
porfir Porfirit
Traxit
Andezit
Asosiy
SiO
2
q52-
40%
Asosiy plagiok-
lazlar (ko‘prok lab-
rador) avgit bag‘zan
olivin
Gabbro
Diabaz
Bazalt
Ulg‘tra
asosiy
SiO
2
40%
Avgit, olivin, rudali
Minerallar . Olivin va
rudali Minerallar
Piroksenit
PYeridadit Dunit
-
-
-
-
Granitga ishlov berish oson. Granitlarni binolarning old qismlarini, gidrotexnik
inshootlarini qoplash uchun, pollar uchun plitkalar, zinalar uchun yo‘llarga terish uchun,
shuningdek betonga to‘ldirgich sifatida, tosh terishda ishlatiladi
Sienit - granitdan farqli o‘laroq tarkibida kvarts bo‘lmaydi, asosan dala shpatlari va to‘q
rangli Minerallar dan tashkil topgan (15% gacha). Tashqi ko‘rinishdan granitga o‘xshab ketadi.
Unda o‘rta donali struktura mujassamlangan bo‘lib, rangi qoramtirroq. Xossalari granitga
yaqin turadi, lekin turg‘unligi nurashga bo‘shroq va osongina ishlov berish mumkin.
Diorit - 3/4 qismi dala shpatlaridan iborat va 25% gacha to‘q rangli Minerallar dan tarkib
topgan. Diorit - mayda va o‘rta donali tuzilishga, kul rangli yashil va to‘q yashil rangli jinsdir.
Qurilish xossalari jihatidan granitlardan bo‘sh kelmaydi, yuqori zarbiy qovushqoqliqqa ega.
Ko‘pincha dioritdan koshinlash maqsadida va yo‘l qurilishida ishlatiladi.
43
Gabbro - Asosan dala shpati (50%gacha) va to‘q rangli Minerallar dan - avgit, shox
aldamchisi, olivindan tashkil topgan. Gabbro - yashirin kristalli bo‘lib, rangi och koramtirdan
qora ranggacha bo‘ladi.
Ohak - natriyli plagioklazlar - labradordan tashkil topgan gabbro - labrodorit deb ataladi.
Gabbro donador ko‘rinishdagi buyum sifatida qoplama, yo‘lga terishda, betonga to‘ldirgich
sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Porfirlar - ximiyaviy tarkibi bo‘yicha granitlarga yaqini (kvartsli porfir), sienitlarga yaqin
turgani (kvartssiz porfir), dioritlarga yaqini - porfirit deyilib, porfirli strukturalarga ega.
Tuzilish bir jinsli bo‘lmaganligidan nurashga qarshi turg‘un emas, yeyilishga kam chidaydi.
Boshqa xossalari jihatidan chuqurlik jinslariga yaqin turadi.
Traxit - oqib chiqqan tog‘ jinsi bo‘lib, tarkibi xuddi sienitga o‘xshaydi, lekin Yer
yuzasiga chiqib qotganligi sababli g‘ovakli tuzilishga egadir. Traxitdan qurilishda devor
materiali sifatida, shuningdek beton tayyorlashda chaqilgan tosh (shebeng‘) ko‘rinishida
ishlatiladi. Traxitning boshqacha ko‘rinishi -beshtaunit deb atalib, kislotaga chidamli
betonlarni tayyorlashda shag‘al ko‘rinishida ishlatiladi.
Andezit dioritga o‘xshash bo‘lsa-da, undan porfirli ko‘rinish bilan farq qiladi. Zich
tuzilishga ega bo‘lgan andezit toshidan kislotaga chidamli plita va kislotaga chidamli beton
tayyorlash uchun tosh ko‘rinishida ishlatiladi.
Diabaz - mineral tarkibi bo‘yicha gabbrolarga o‘xshab ketadi. Rangi esa to‘q yashildan
qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi-turli yiriklikdagi donali, kristall, va bag‘zan porfirli
tuzilishga ega bo‘ladi. Diabazlarning, ayniqsa mayda donali diabazlar yuqori mustahkamlikka
ega bo‘lib, 450 Mpa gacha yetib boradi.
Yuqori zarbiy qovushqoqlikka ega, kam yeyiladi. Singanda muntazam shakllar bo‘yicha
ajraladi.
Diabazdan yo‘l qurilish ishlarida, masalan; yo‘llarga yotqizish uchun, yo‘llar chetlariga
teriladigan tosh ko‘rinishida, betonga qo‘shiladigan chaqiq tosh ko‘rinishida va bag‘zan esa
qoplama materiali sifatida ham ishlatish mumkin.
Diabazdan qYma tosh ishlarida xom ashg‘yo sifatida, kislotaga chidamli buyumlar
tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bazalt-(diabazga o‘xshab, gabbro analogi) shishasimon yoki yashirin kristalli, bag‘zan esa
porfir tuzilishli, zich, og‘ir tog‘ jinsidir.
Bazalt kul rangdan toki qora ranggacha bo‘lib, yuqori mustahkamlikka ega (500 Mpa.)
Bazaltning porfir strukturali bo‘lishligi, magmaning sovishi paytida hosil bo‘lgan yoriqlar va
g‘ovaklilar tufayli, Bazaltning mustahkamligi 100 Mpa gacha kamayishi mumkin.
Bazaltlarning yuqori mustahkamligi va mo‘rtligi ularga ishlov berishni qiyinlashtiradi.
Bazalt ko‘prik ustunlari, poydevorlar, yo‘lkalar, katta ko‘chalar qurish uchun va tosh
yo‘llarga yotqizish uchun ajoyib material hisoblanadi. Bazaltdan shuningdek betonga
qo‘shiladigan chaqiqtosh sifatida, kislotaga chidaydigan material ko‘rinishida, qYma tosh
ishlarida, mineral paxta ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Bazaltning kamchiligi shundaki, u o‘tga ko‘p chidamli emas, katta yo‘llarga
yotqizilgan Bazalt toshlari, vaqt o‘tishi bilan juda silliq bo‘lib qoladi.
Vulqon mahsulotlari bo‘lmish, kukunsimon (1mm gacha) zarralarni - vulqon kullari, 5mm
kattalikkacha bo‘lganlari esa, - vulqon qumlari - deyilib, 5mm dan 30 mm gacha bo‘lganlari-
pemzalar deb ataladi. Bu jinslar g‘ovak tuzilishga ega bo‘lib zichligi unchalik yuqori
bo‘lmasdan, issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lib - 0,13-0,23 VT/(M
0
S), siqilishga bo‘lgan
mustahkamligi - 2...3 MPa ni tashkil etadi. Pemza va pemza qumlarini yengil betonlarga
to‘ldirgich sifatida, issiqdan va tovushdan himoya qiladigan materiallar ishlab chiqarishda va
buyumlarni jilvirlash materiali sifatida ishlatiladi. Bu tog‘ jinslari amorf ko‘rinishidagi
44
qumtuproq va vulqon shishasidan tuzilgani bois, ulardan mineral bog‘lovchi moddalar
tarkibiga faol qo‘shimchalar sifatida qo‘shish mumkin.
Vulqon tuflari - vulqon qumlarini tabiiy tsementlanish, so‘ngra zichlanish tufayli hosil
bo‘ladi. Ko‘p zichlangan vulqon tuflariga trasslar kiradi.
Qaynab, qizib turgan suyuq lava tarkibiga anchagina miqdorda vulqon kullari va
qumlari aralashib, tufalova deb ataluvchi jinsni tashkil etadi. Ko‘pchilik vulqon tuflari va tufli
lavalar g‘ovakli tuzilishga ega, ularning mustahkamligi yuqori bo‘lmasdan, issiqlik
o‘tkazuvchanligi kichik bo‘ladi. Rang - barang ko‘rinishdagi bu jinslarga jilo berish osondir.
Qurilishda tuflar devorga qirqib tayyorlangan tekis tosh, xarsang tosh sifatida devorga
qoplanadigan plitalar ko‘rinishida, maydalagichda yanchilib, siniqlari yengil betonga
to‘ldirgich sifatida aralashtiriladi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |