Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish


Asosiy metamorfik tog‟ jinslari tarkibi,strukturasi va qurilish xossalari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/94
Sana11.07.2022
Hajmi4,05 Mb.
#775432
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
Bog'liq
injenerlik geologiyasi

 
8.3. Asosiy metamorfik tog‟ jinslari tarkibi,strukturasi va qurilish xossalari 
Metamorfik tog‘ jinslarining mineralogik tarkibi, ko‘pincha magmatik va cho‘kindi tog‘ 
jinslarining aynan o‘zlaridir. Metamorfik jinslarning teksturasi - slantsli (gneyslar, gilli 
slanetslar) yoki massivli (marmar, qumtosh). Slanetsli tuzilish bir tomonlama bosim ta‘sirida 
shakli o‘zgargan jinslar uchun xarakterlidir. Ushbu metamorfik tog‘ jinslarining slanetsli 
tuzilishiga parallel bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha qurilish xossalari, masalan; sovuqbardoshligi, 
mustahkamligi pasayishi mumkin. Massivli (zalvorli) tekstura - har tomonlama bosim ostida 
hosil bo‘ladigan jinslar uchun xarakterli bo‘lib, bunda kerakli cho‘kindi tog‘ jinsi qayta 
kristallanish va zichlanish oqibatida yaxlit, tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday jinslar o‘zi hosil 
bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslariga ko‘ra, yuqori zichlikka ega bo‘ladi.
Qurilishda metamorfik tog‘ jinslaridan: 
Gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvartsitlar ishlatiladi. 

Gneyslar - mineral tarkibiga ko‘ra granit tipidagi jinslarga o‘xshash. Slanetsli tuzilishi 
bo‘lgani sababli uzoqqa chidamaydi. Qurilishda ularni ko‘prok poydevorga tosh plitka o‘rnida, 
trotuarlarga terish uchun, kanal qirg‘oqlarini koshinlashda ishlatiladi. 

Gilli slanetslar - Gillardan tashkil topgan tipik slanetsli metamorfik tog‘ jinsi bo‘lib, rangi 
qora yoki kulrang qoramtir. Gilli slanetslar suvda ivimaydi, suv bilan aralashib ketmaydi, 
nurashga qarshi yaxshi bardosh beradi, osongina yupqa varaqachalarga (3...10 mm) ajralib, 
tomga yopiladigan material sifatida ishlatiladi. 

Marmarlar - Ohaktoshlardan hosil bo‘lib, kal‘tsit Minerallarining puxta birikishidan, 
ba‘zan dolomit, marganetsli, temirli va uglerod birikmalar bilan aralashib, ularga turlicha rang 
beradi. Aralashmalar bir tekisda tarqalmaganligidan marmarlar rang - barang jilolarda tovlanib 
ajoyib ko‘rinish beradi. Marmarlarning zichligi ancha yuqori - 2900 kg/m
3
gacha, suv 
shimuvchanligi 0,7% gacha, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi -300 MPa gacha, qattiqligi -3 ga 
teng. Marmarlarga ishlov berish oson, ularni yupqa plitalarga qirqib ajratish mumkin. 
Marmarlardan binolarning ichki qismidagi devorlarga qoplama material, zinapoya sahnlarida, 
ustunlarda, qoplama material sifatida ishlatiladi. Marmarning siniqlari esa suvoqchilikda 
pardozbop qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Binolarning tashqi qismlarida ko‘pchilik 
turdagi ohaktoshlarni ishlatish yaramaydi, chunki tashqi ob - havo ta‘siridan (suv, oltingugurt 
gazi, issiq- sovuk) marmar yuzasining jilosi buziladi, ko‘zga tashlanib turadigan darajada 
yemiriladi (rangi o‘zgaradi, g‘ovak, g‘adir-budir bo‘lib qoladi).
-
Qumtoshlar (kvartsitlar) - qumlarning zichlanib, ko‘rinishi o‘zgargan jinsdir. U zich 
tuzilishli, kvartsli tsement bilan tsementlangan, qayta kristallangan kvartsdan iborat. Tashqi 
ko‘rinishidan - oq, qizil, to‘q olcha rang bo‘ladi, zichligi - yuqori, 2700 kg/m
3
atrofida, suv 


52 
shimuvchanligi 0,2% dan kichik, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi- 400 MPa gacha, qattiqligi 
7 ga teng bo‘lib, uzoqka chidaydi. Qumtoshlar tashqi yuzalarni puxta qoplamalash uchun, 
ko‘priklarning fYermalari ostida, chaqiqtosh o‘rnida, shuningdek dinasli o‘tga chidamli 
materiallar sifatida ishlatiladi 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish