6.2. Mineralogik va kimiyoviy tarkibi,strukturasi, teksturasi, yotish sharoitlari.
Qurilish maqsadlarida ishlatilayotgan cho‘kindi tog‘ jinslari ko‘pincha quyidagi
ximiyaviy tarkibga ega bo‘ladi: Amorf va kristall ko‘rinishdagi qumtuproq (suvli va suvsiz),
alyumosilikatlar (asosan suvlilari), karbonatlar (suvsizlari), Sulfatlar (suvli va suvsiz). Ana shu
birikmalardan qurilishda ishlatiladigan cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy Minerallari hosil
bo‘ladi: kvarts, opal, kaolinit, kal‘tsit, magnezit, dolomit, gips, angidrit.
Kvarts (kristalli qumtuproq) - nurashga chidamligi sababli ximiyaviy o‘zgarishsiz qolib,
ko‘plab cho‘kindi tog‘ jinslarini tarkibiga kiradi (qumlar, qumtoshlar, giltuproqlar). Amorf
holatida opal - minerali ko‘rinishida uchraydi.
Opal (SiO
2
nH
2
O) - kvartsga nisbatan bo‘shroq, zichligi- 1900-2500 kg/m
3
va
mustahkamligi kamroqdir. Opal - juda mayda zarrali va ichki tuzilishi ko‘p mayda
g‘ovakchalardan tashkil topgani sababli kalg‘tsiy gidrooksid va oksidlar bilan shiddatli
reaktsiyaga kirishadi. Amorfli qumtuproqning bu xossasi aralash mineral bog‘lovchi moddalar
ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Kaolinit (Al
2
O
3
2SiO
2
2H
2
O) - alyuminiyning suvli silikatlari bo‘lib, dala shpatlari va
slyudalarning parchalanishdan hosil bo‘ladi. Rangi begona aralashmalar bo‘lmasa oq rangda
bo‘ladi, zichligi - 2600 kg/m
3
, qattiqligi - 1ga teng. Kaolinit va Al
2
O
3
nSiO
2
mH
2
O turdagi
suvli alyumosiliqatlar gillarni hosil qiluvchi asosiy Minerallardir. Ular ohaktoshlar,
qumtoshlar, gipslar va boshqa cho‘kindi jinslar tarkibiga aralashgan bo‘ladi. Ularning tog‘
jinslarning tarkibida bo‘lishligi, sovuqbardoshligi va suvbardoshligini kamaytiradi.
Kalg‘tsit (CaCO
3
) - 3 yo‘nalishli mukammal birikuvga ega. Zichligi 2700 kg/m
3
,
qattiqligi - 3 ga teng. Kal‘tsit kislotalarda eriydi, suvda oz eriydi - (0,03
2
/l). Ohaktoshlar
tarkibida eng ko‘p tarqalgan mineral rangi oq, kulrang, ba‘zan tiniq rangda bo‘ladi.
Magnezit (MgCO
3
) - zichligi 2900-3100 kg/m
3
, qattiqligi 3,5-4,5 ga teng. Kal‘tsitga
ko‘ra tabiatda kam tarqalgan.
Dolomit (CaCO
3
MgCO
3
) - fizikaviy xossalari jihatidan kal‘tsitga yaqin turadi, qattiqligi
3,5 - 4, zichligi 2900 kg/m
3
ga teng, mustahkamligi yuqori. Rangi aralashmalar borligiga
qarab, oqdan to‘q kul ranggacha o‘zgaradi. Ohaktoshlar va boshqa cho‘kindi jinslar tarkibida
uchraydi.
Gips (CàSO
4
. 2H
2
O) - kristall tuzilishli mineral bo‘lib, kristallari - donador, ustunsimon,
plastinkasimon, ninasimon va tolali tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Rangi oq bo‘lsada,
aralashmalar borligiga qarab rangi o‘zgarib boradi. Bir xil yo‘nalishli birikishga ega. Gipsning
zichligi - 2300 kg/m
3
, qattiqligi - 2 ga teng bo‘lib, suvda osongina eriydi. Gips tog‘ jinsini
tashkil etadi.
Angidrit (CàSO
4
) - Gipsning suvsiz ko‘rinishi bo‘lib, shu nomdagi jinsni tashkil etadi.
Zichligi 2900-3000 kg/m
3
, qattiqligi 3 - 3,5 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |