2.9-rasm
2.10-rasm.
TJABT faoliyatining umumlashtirilgan tizimi.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatining moddiy asosini
texnologik jarayonlar
tashkil qiladi, ularni boshqarish natijada esa ishlab chiqarishning kerakli
ko‘rsatkichlari yaratiladi. Texnologik jarayon tushunchasiga texnologik
jarayonning aynan o‘zi yoki bo‘limi va bu jarayonni
amalga oshiradigan
texnologik uskunalar kiradi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, datchik va ijro etuvchi
mexanizmlar texnologik uskunalarning tuzilish elementi bo‘lishiga qaramay,
TJABT ning texnik vositalari qismiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaralganda
texnologik jarayonni yoki bo‘limni
boshqarish - uskunalar, apparatlar yoki
agregatlarning ish holatini boshqarish demakdir.
Bu ma’noda boshqarilayotgan texnologik jarayon deganda kirishdagi nazorat
qilinayotgan parametrlari aniqlangan, obyektning kirishidagi ta’sirlari bilan chiqish
parametrlari orasidagi bog‘lanishi topilgan va jarayonning boshqarish usullariga
asoslangan jarayonga aytiladi.
Texnologik jarayonning kirish va chiqish parametrlari
haqidagi axborot
o‘lchov asboblarining datchigi va axborotni kiritish-chiqarish kompleksi orqali
raqamli hisoblash mashinasiga (RHM) boradi. Bu axborotni (yoki uning bir
qismini) operator ham aloqa qurilmasi orqali RHM ga kiritishi mumkin. Bu holda
operator nazorat qurilmasidagi ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Boshqaruvchi RHM
oldindan belgilangan algoritmlar
va boshqaruv dasturi, boshqarish maqsadi,
tanlangan optimallash simvoli, cheklashlar asosida ma’lum bir tartib bilan kirgan
Programma algoritmlari
Boshqarish maqsadi, optimallash simvoli,
cheklashlar
Kiritish-chiqarish qurilmasi
RHM bilan operator aloqasi
qurilmasi
Operator uchun control
qurilmasi
Ijro etuvchi organlar
RHM
Operator
Boshqaruv obyekti
Datchiklar
axborotni qayta ishlaydi. Tizim texnologik jarayonini
avtomatik rejimda
bosharishi mumkin yoki boshqarish rejimi shunday bo‘lish mumkinki, unda
boshqaruvchi raqamli hisoblash mashinasi (RHM) aloqa qurilmasi orqali
operatorga texnologik jarayonni ijro etuvchi organlar
yoki topshiriq bergichlarni
masofadan turib boshqarish uchun ma’lum tavsiyalar beradi (ya’ni, «maslahat
rejimi»).
ARSlarning asosiy o‘ziga xos jihati ularda boshqarish obyekti
avtomatlashtirish sistemasining tarkibiy elementi sifatida qaraladi.
Boshqarish masalasining asosiy maqsadiga ko‘ra ARSlar stabillovchi,
dasturiy boshqarish va kuzatuvchi sistemalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: