369
Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish,
samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el
investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular
milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag’batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el
kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bo’lmasligi
mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga
taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt o'tgach
asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan
xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu
borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko’ra “Chet el investitsiyalari to’g’risida“gi
Qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
✓
chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
✓
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro
ommaviy huquq subʼektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;
✓
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib
kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
✓
chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet
ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Xorijiy investitsiyalarning shakllari quyidagilardan iborat:
✓
ulush qo’shib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish;
✓
100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
✓
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’ʼba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
✓
konsessiya va lizing sharnomalari tuzish;
✓
tenderlar eʼlon qilish;
✓
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
✓
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
Mamlakatimizda 2017-yilda 199 ta investitsion loyiha bo‘yicha 4,505 mlrd dollar
miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu Prezident Shavkat
Mirziyoyev qarori bilan tasdiqlangan joriy yil uchun investitsion dasturda o‘z aksini topgan.
Dasturga muvofiq xorijiy kreditlar hisobiga hukumat kafolati ostida 79 ta loyiha bo‘yicha
1,854 mlrd dollar, 120 ta loyiha bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan —
2,65 mlrd dollar o‘zlashtirish belgilangan. Xorijiy investitsiyalarning eng katta qismi — 37
ta loyiha bo‘yicha 2,47 mlrd dollar — yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Xulosa qilib aytganda xorijiy sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yaxshi samaralar
bermoqda. Negaki, O’zbekistonda xorijiy investorlar ishonchini mustahkamlash uchun barcha
shart-sharoit yaratilgan. Mamlakatimizning davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga
mo’ljallangan bo’lib, investorlarning samarali ishlashi uchun zarur barcha sharoitni yaratib
berishga qaratilgan. O’zbekistonning geografik jihatdan qulay yerda joylashgani, transport
tarmog’ining rivojlangani, tabiiy resurslarning ko’pligi, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy
infratuzilmaning yuqori darajada taraqqiy etgani, malakali kadrlarning mavjudligi va boshqa
omillar investorlarga kelajakka ishonch bilan qarash imkonini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: