Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


MARKETINGNI BOSHQARISH VA KORXONALARDA



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

MARKETINGNI BOSHQARISH VA KORXONALARDA
MARKETING XIZMATLARI 
 
N.A.Iminova (TATU, kafedra mudiri) 
О.A.Ishanxodjaev (TATU, magistrant)
 
Marketing insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondrishga qaratilgan 
faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o‘rganish, iste’molchi buyurtmasiga ko‘ra mahsulotlar 
assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Marketing 
konstruktor, muhandis, iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor ehtiyojlari bilan tanishish, 
iste’molchi ushbu mahsulotning qanday bo‘lishini istashi, unga qancha haq to‘lashi, u kim uchun 
zarurligi haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor konyunkturasi, bo‘lajak sheriklar 
imkoniyatlari, narxlar o‘zgarishi haqida axborot olish asosida o‘z ishlab chiqarishini moddiy-
texnikaviy ta’minlash va kapital qurilishni tovarlar va xizmatlar bozoridan (bevosita ishlab 
chiqaruvchidan, ulgurji savdoda, shu jumladan, yarmarka, kimoshdi savdosi hamda moddiy 


367 
ta’minot va boshqa vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib olish yo‘li bilan amalga oshiradi. 
Natijada korxonaning reja-iqtisod, texnika, texnologiya, ta’minot va sotuv bo‘limlari vazifalari 
o‘zgaradi. Chunki korxona muhandis-texniklari resurslardan qay darajada foydalana olish 
imkoniyatiga ega ekanliklarini bilishlari, bozor ta’siridan erkin bo‘lishlari uchun korxonada bozor 
iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va moliya siyosati masalalari bo‘yicha axborot manbasi 
bo‘lgan maxsus marketing xizmatini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi. 
Marketing bo‘limi bozorni, ijtimoiy talab holati va o‘zgarishi, konyunkturani o‘rganish 
natijasida korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot zarurligi, istiqboli masalasini hal etadi. 
Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushkul bo‘lib, katta hajmda reja-hisob 
kitoblarini, kadrlarni qayta tayyorlashni, boshqaruv vazifa va usullarini tubdan o‘zgartirishni talab 
qiladi. Faqat korxona, butun iqtisodiyot xo‘jalik mexanizmini tubdan qayta qurishi asosidagina 
marketing tendensiyasini qo‘llash mumkin. Aks holda korxona tez o‘zgaruvchan talabga moslasha 
olmay raqobat kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda ko‘rmasligi va undan kelib 
chiquvchi boshqa oqibatlarga olib keladi. Chunki faqat iste’molchilar ehtiyojini hisobga olib, fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalana olgan korxonagina o‘z mahsulotini sotishdan foyda 
olishi mumkin. 
Marketingni boshqarish vazifalari jumlasiga talab darajasi, vaqti va xususiyatiga tashkilot 
oldida tutgan maqsadga erishish uchun yordam berish niyatida ta’sir etish ham kiradi. Boshqacha 
qilib aytganda marketingni boshqarish talabni boshqarishdir. Haqiqiy talab darajasi istalgandan 
past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Bunday holat bilan marketing bo‘yicha boshqaruvchi duch 
kelishi mumkin. 
Marketing bo‘yicha boshqaruvchi – tashkilotning marketing vaziyatini tahlil qilish, 
belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi va nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi xodimidir. 
Bunga savdo xizmati boshqaruvchisi va xodimlari, reklama xizmati xodimlari, savdoni 
rag‘batlantirish bo‘yicha mutaxassislar, marketing bo‘yicha tadqiqotchilar, tovarlar bo‘yicha 
boshqaruvchilar va narxni tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar kiradilar. 
Bozor o‘zgarmas emas va doimo uni o‘rganishini, savdo imkoniyatlari masalasi bo‘yicha 
ma’lumotlarni tahlil etishni talab qiladi. Bozorni o‘rganish maqsadni belgilash va izlanish rejasini 
tuzishdan belgilanadi. Undan keyin bir necha yil davomida mahsulot sotish natijalari tahlil qilinib, 
xato va noaniqliklar aniqlanadi, marketing bo‘yicha mutaxassislar fikri o‘rganiladi. Axborot turli 
manbalar: matbuot, reklama, telefon orqali, so‘rov anketalari tarqatish va yig‘ish vositasida 
yig‘iladi. Anketa so‘rovi intervyu olish yoki telefon orqali so‘rov o‘tkazish bilan to‘ldirilishi 
mumkin. Bozorda mavjud vaziyatni bilgan holda korxonada ishlab chiqarish va ta’minlov – savdo 
faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavisiyalar ishlab chiqish mumkin. 
Korxonalar davriy ravishda (yiliga bir necha marta) bozordagi o‘z holatini aniqlash lozim. 
Bozor potensial sig‘imi deganda ma’lum vaqt davomida amalga oshirish mumkin bo‘lgan savdo 
hajmi tushuniladi. Uzoq istiqbol uchun rejalar 15-20 yilni, o‘rta muddatli 5 yil, qisqa muddatli 1-
2 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Bozorni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish ko‘p mablag‘ talab etadi, shu sababli 
mavjud axborot manbalaridan iloji boricha keng foydalanish lozim. Тadqiqot davomida barqaror 
qonun va qonuniyatlarni aniqlash muhimdir. Bozor sig‘imini o‘rganish bo‘yicha marketing 
izlanishlarini olib borishda raqobatchilar faoliyatini, reklama, savdo siyosatini, tovarlar 
assortimentini, texnik xizmati, bo‘limlar tashkiliy tuzilishini tahlil etishni unutmaslik kerak. Bozor 
bu orzu emas, balki qat’iy, ba’zan shavqatsiz, xayolni tan olmaydigan, o‘ylanib qadam bosish 
lozim bo‘lgan haqiqatdir. 
Bozor korxonalarni demopollashtirish, qat’iy raqobat kurashi, korxonaning butun xo‘jalik 
mexanizmini qayta tashkil etishni, ilg‘or texnologiyani joriy qilish, loyiha-konstruktor 
mutaxassislarning malakasi yuqori bo‘lishiga, marketing bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish va 
boshqalarni ko‘zda tutadi. Juda ilg‘or g‘oya va tajriba konstruktorlik loyihalari mavjud bo‘lsa ham, 
zamonaviy texnologiyasiz jahon bozori talablariga javob beruvi mahsulot ishlab chiqarib 
bo‘lmaydi. Umumiy holda bozorni egallash strategiyasi quyidagicha bo‘ladi: 


368 

qator tadbirlarni amalga oshirish hisobiga dastlabki jamg‘arish (maqsadni aniqlash, 
tashkiliy tarkibni takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, ishlab 
chiqarish intizomini kuchaytirish, mehnat va moddiy xarajatlarni qisqartirish va hokazo); 

yangi texnologiyalarni, imkoni bo‘lsa, qo‘shma korxona tuzish yo‘li bilan sotib olish; 

iqtidorli menejer va konstruktorlarni jalb etish yo‘li bilan yangi, yuqori sifatli mahsulot 
ishlab chiqarish; 

xalqaro talabga javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarish va uni jahon hamda ichki 
bozorga olib chiqish; 

korxonani ulgurji savdo bilan shug‘ullana oluvchi yuqori samarali xo‘jalikka 
aylantirish. 
Bozorni egallash strategiyasi asosiy maqsadga erishishni oliy sifatli mahsulot yetishtirish, 
korxonada ishlovchilar turmush farovonligini oshirish, belgilangan ijtimoiy dasturlarning 
bajarilishini ta’minlashdan iborat. Belgilangan tadbirlarning muvaffaqiyatli bajarilishi mehnat 
jamoasining har bir a’zosi ishning oxirgi natijasidagi manfaatdor bo‘lishiga bog‘liqdir. Jamoa 
moddiy manfaatdorligini ijtimoiy faolligi va javobgarlik hissini oshirishi zarur.
Korxona butun marketing faoliyati va rejalashtirishni amalga oshiruvchi marketing tizimini 
yaratishi kerak. Agar bu kichik korxona bo‘lsa, marketing xizmatini bir kishi bajarishi kerak. U 
ham marketing tadqiqotlarini olib boradi, ham savdo va reklamani tashkil etadi, ham mijozlarga 
xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi. Agar korxona katta bo‘lsa, marketing xizmati bilan marketing 
bo‘limi shug‘ullanadi. Bo‘limda agentlar, marketing bo‘yicha tadqiqotchilar, reklama bo‘yicha 
mutaxassislar, mahsulot ishlab chiqarishni boshqaruvchilar, bozor segmentlari bo‘yicha 
boshqaruvchilar, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ishlaydi. 
Har bir korxona marketing bo‘limini u ishlab chiqarish barqarorlashuvi va mahsulot sotish 
ko‘payishiga yordam berishi uchun tuziladi. 
Marketing xizmatini tashkil etishning eng keng tarqalgan turi – funksional tur bo‘lib, unda 
marketing bo‘yicha mutaxassislar marketing faoliyatining turli vazifalarini bajarishga rahbarlik 
qiladilar. Ular faoliyatini tartibga soluvchi marketing bo‘yicha vitse-prezident (direktor 
o‘rinbosari)ga bo‘ysunadilar. Funksional xizmatning afzalligi – uni boshqarish osonligidadir.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish