O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib
olinganidan keyin musulmon
maktablarida o’zgarishlar ro’y bergan va Turkistonda dastlabki rus-tuzem
maktablari ochilgan.
Uchinchi davr
–
XX asr boshlaridan to O’zbekiston
Respublikasining
mustaqilligigacha (1917 yildan to 1991 yilga qadar) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
XX asr boshlarida Turkistonda eski usuldagi maktab o’z faoliyatini davom
ettirgan. 1917 yil inqilobidan keyin tashkil etilgan maktablarda ikki bosqichli – 9
yillik va 7
yillik ishchi-yoshlar maktabi, o’rta hunar bilim yurtidan iborat ta’lim
tizimi bo’lib, unda ayrim qonunlarning o’rganilishi bilan cheklanilgan.
Turkiston maorif komissarligi tuzgan dasturda huquqiy ta’limning asosiy
maqsadi o’quvchilarni kommunizm ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
XX asr boshlarida jiddiy tus olgan jadidchilik
harakatining namoyandalari
milliy mustaqillik, ozodlik uchun kurashlarini ma’rifat uchun kurash bilan bog’liq
holda olib borganlar.
Ilmiy tadqiqot davomida respublika davlat arxivi materiallari
12
bilan tanishib
chiqilganda quyidagilar aniqlandi:
1.
Xalq maorifi vazirligining Bosh inspektori A.Kupning 1876 yil 13
yanvarida qilingan dokladiga binoan rus-tuzem maktablarida musulmon
huquqining o’qitilishi man etilgan.
2.
A.Kupning 1881 yil 27 avgust dokladiga binoan va 1881 yil 31
oktyabrdan Xalq maorifi vazirligi departamentining qaroriga binoan haftada bir
yoki ikki marta Samarqand shahar bilim yurtida yevrey o’quvchilar
uchun
yevrey dini haqidagi qonunlar o’qitilishi joriy etilgan.
3.
1902-1903 o’quv yilidan boshlab, haftada 2 soat “Zakona Bojiya”
(Xudo qonunlari)
fani kiritilib, dastur ishlab chiqilgan. Bu fanni o’qitadigan
muallim “Zakonouchitelь” (Qonunshunos o’qituvchi) deb atalgan.
4.
SHo’rolar davrida esa ishchi fakulьtetlarda “Jamiyatshunoslik” kursida
yoshlar mehnati, mehnatga haq to’lash, mehnat muhofazasiga oid masalalar
o’rgatila boshlangan. SHuningdek, ba’zi ishchi fakulьtetlarda davlat to’g’risida
ham bilim berilgan. Samarqanddagi oliy pedagogika institutida (1927-1929 y.)
III kurs o’quv rejasiga “Osnovы Sovetskogo prava” fani kiritilgan. Toshkent
industrial texnikumida (1928-1929 yy.) IV kurs o’quv rejasiga “Rabochee i
promыshlennoe zakonodatelьstvo” fani kiritilgan. O’zbek
davlat paxtachilik-
irrigatsiya institutida (1930-1931 yy.) o’quv rejasiga mehnat,
suv huquqi,
mehnat muhofazasi fanlari kiritilgan.
5.
O’zbekistonda 1937 yildan boshlab maktablarda VII sinfda “SSSR
Konstitutsiyasi” o’qitila boshlangan. Bu kurs bo’yicha o’qitish metodikasi
ishlab chiqilgan. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham “SSSR
Konstitutsiyasi” o’qitilgan va imtihon bilan talabalar bilimi aniqlangan. O’rta
ta’lim maktablari uchun (1937-1938 yy.) Konstitutsiyani o’qitish metodikasi
yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: