1-mavzu: Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining asosiy tushunchalari, fanning maqsadi, vazifalari


Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов Ў., Норқулов Н. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамиyaт



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana10.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#768242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
huquqiy tarbiya

4
Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов Ў., Норқулов Н. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамиyaт 
тараққиёти. – Т.: Академиya, 2000. – Б. 31. 
 
5
 Зуннунов А. Ўзбек педагогикаси тарихи. Т.: Ўқитувchи, 1997. – Б.16-17.
 


ko’rsatilgan. SHaxs bo’lib yetishishda muhim omil – bilim egallash, deb qayd 
etilgan. 
Islom ta’limotida birovning haqiga hiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan 
molini, mablag’ini zo’rlik va aldov yo’li bilan olish, o’g’rilik qilish – og’ir gunoh, 
qabih odat, deb ta’kidlangan. SHuning uchun ham huquqiy ta’lim berishda Qur’oni 
Karim, hadis va boshqa manbalardagi ko’rsatmalardan foydalanish, ularni xozirgi 
zamon talablariga bog’lash zarur. Masalan, “Moida” surasidagi 3-oyatda: “Ey 
mo’minlar, Ollohning o’zi uchun haq yo’lni tutuvchi, adolat bilan shahodat - 
guvohlik berguvchi bo’lingiz. Biron qavmni yomon ko’rishingiz sizlarni adolat 
qilmaslikka tortmasin!...” – deb, buyuriladi. Demak, shaxsiy adovat orqali 
adolatsizlikka yo’l qo’ymaslik ta’kidlangan. SHuningdek, “Niso” surasida mulk 
huquqi, meros huquqi, omonat, to’g’ri guvohlik berish xususida, “Baqara” surasida 
esa ayollik huquqlari, qarz berish to’g’risida huquqiy ta’limotlar berilgan.
6
Hadislarda ham ilm haqida, bilim olish haqida hikmatlar mavjud. Jumladan, 
ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati, ilmga e’tiborsizlikning oqibati, 
kishilar dilidan ilmning ko’tarilishi, olimlarning shaxsi, tushunishi qiyin kishilarga 
ilm o’rgatish haqidagi qoidalarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
O’tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz islom 
ta’limoti asosida ijod etib, kelajak avlodlar uchun buyuk meros qoldirganlar. 
Bugungi kunda bu noyob meroslarni o’rganish, ularni tahlil qilish, ularning ijobiy 
natijalarini amalda tatbiq etish ilm-fan namoyondalarining, huquqshunoslar ilmiy 
jamoatchiligining, ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo’lajak olimlarning asosiy 
vazifasi deb hisoblanib, shaxs huquqiy ongini shakllantirishda samarali natijalarga 
erishiladi. 
Imom Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Imom Termiziy, Imom Abu 
Dovud an-Naso’iy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abdulxoliq 
G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband singari aziz-avliyolarimiz, Muhammad Muso 
Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud 
Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek kabi allomalarimiz to’plagan ilmlar ham huquqiy 
ta’limda katta ahamiyat kasb etadi. 
Imom al-Buxoriy ta’lim-tarbiya, xususan huquqiy ta’lim to’g’risidagi 
qarashlarida to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq 
kishining uchta belgisini ko’rsatadi
7
, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik 
va omonatga hiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U oilaviy muhitning barqaror
tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q bo’lishini va bir-birlarini hurmat 
qilishlarini istaydi. U o’z ta’limotida bilim o’rganish, uni o’rgatish yo’llari va 
usullari masalasiga alohida e’tibor qaratadi.
VIII asr oxiri IX asr boshlariga kelib islom va uning huquqshunoslik, 
hadisshunoslik sohalari rivojlangan. Bu davrda O’rta Osiyo jahon ilm-fanining, 
kishilik jamiyatining taraqqiy etishiga, shuningdek, islom dinining axloqiy-huquqiy 
tarbiyadagi mavqeiga katta hissa qo’shadi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish