17
Qarang: G’oziev E. Psixologiya. –T.: O‘qituvchi, 1994. 109-b.
Vatanim”, “O‘tmishni o‘rganish – burchimiz”, “Vatan himoyachilari”,
“Konstitutsiya – hayotimiz qomusi”; odobnoma darslarida – “Oila – muqaddas
dargoh”, “Farzand burchi”, “Tabiatni asrash burchi”, “Ota-onam – davlatim”; ona
tili darslarida – “Davlat tili”, “O‘zbek alifbosi yoki alfavit” kabi mavzularni
o‘zlashtirishda Konstitutsiyaning tegishli qoidalari o‘rgatiladi. Ushbu darslar
jarayonida fanlar bo‘yicha beriladigan amaliy topshiriqlar, mashqlar mazmuniga
konstitutsiyaviy me’yorlarni misol tariqasida kiritish ijobiy natijalar beradi.
Boshlang‘ich ta’limda (3-4 sinflarda) xatto matematika darslarida ham
Konstitutsiya o‘rgatilishi mumkin, deb hisoblaymiz. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishiga oid misollar va masalalar tuzish
mumkin. Ya’ni har bir bo‘limga tegishli boblarni qo‘shish natijasida Konstitutsiya
necha bobdan iborat ekani, boblarga tegishli moddalarni qo‘shish natijasida esa
Konstitutsiya necha moddadan iboratligi, u yoki bu bo‘limda nechta bob, nechta
modda borligi ham turli matematik ifodalar bilan aniqlanishi mumkin.
Ona tili darslarida gap, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabi grammatik
qoidalarni o‘rgatishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnidagi
me’yoriy qoidalar misolida grammatik, leksik tahlilni amalga oshirish mumkin.
Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari
– bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega
(Topshiriq: Ushbu gapdagi so‘z turkumlarini
aniqlang).
5-7-sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” fanida dastlabki tushunchalar
murakkablashib, hayotiy misollar orqali davlat va shaxsning o‘zaro munosabati,
shaxsiy mustaqillik, barchaning qonun oldida tengligi, so‘z erkinligi, axborot olish
kafolatlari erkinligi, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi va javobgarligi, o‘smir
va qonun kabi mavzular yoritiladi.
8-sinfda “Davlat va huquq asoslari”, 9-sinfda “Konstitutsiyaviy huquq
asoslari” asosiy fanlar tarkibida o‘qitilib, bunda huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy
vazifasi o‘quvchilarda davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ilmiy,
madaniy taraqqiyoti yo‘nalishlariga mos darajadagi bilimlar tizimini shakllantirish,
ijodiy fikrlay oladigan, hayotiy muammolarga mustaqil munosabat bildira oladigan,
yoshlarni shakllantirishga qaratilgandir.
Davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘quvchilar:
- huquqiy ta’limga oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish;
- davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari, boshqaruvni amalga oshirishning
demokratik va nodemokratik usullarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini
tushuntira olish;
- davlat organlarining tuzilish asoslarini tasvirlab berish;
- axloq va huquq tushunchalarini bilish;
-huquq me’yorlarini bilish hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatlarini ana shu
me’yorlarga monand boshqara olish malakasiga ega bo‘lish;
- huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishini, bu sohalarning huquqiy
munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini tushunish;
- huquq funksiyalarini bilish hamda o‘z huquqlaridan foydalanish ko‘nikmasiga
ega bo‘lish;
- huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va muammolarini,
O‘zbekistonda demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini
tushuntira olish;
- Prezidentimiz asarlarini bilish va ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida
mushohada yurita olish;
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi va mazmunini tavsiflay
olish;
- inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, ulardan
foydalanish kafolatlarini bilish;
- Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, ularni hurmat qilish malakalariga ega
bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini
va ularning huquqiy asoslarini bilish;
- O‘zbekiston Respublikasining davlat boshlig‘i, davlat hokimiyati tizimi: qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishini, ularning vazifalarini
tushuntira olish;
- Davlat boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining konstitutsiyaviy
tuzumni muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga
chiqarish borasida zarur chora-tadbirlar belgilashini, xalqaro munosabatlarda
Respublika nomidan ish ko‘rishini bilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar tushunchasi,
ularga qo‘llaniladigan huquqiy aktlar, voyaga yetmaganlarning huquqiy holatlarini
bilish;
- ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari,
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy kamoloti uchun barcha huquqiy asoslar
mavjudligini bilish;
- o‘zini kelajagi buyuk davlat bunyodkori sifatida his etib, mamlakat
taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishga doir bilim, ko‘nikma va malakaga ega
bo‘lishi lozim.
Davlat ta’lim standartida belgilanganidek, “Davlat va huquq asoslari” fanining
maqsad va vazifalari mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik
jamiyatini qurish va shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limning muvaffaqiyat
bilan amalga oshirilishiga bog‘liq. Huquqiy ta’limning asosiy maqsadi va
vazifalariga o‘quvchilarni Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini qonun doirasida boshqara olish
malakalarini shakllantirish; har qanday huquqbuzarlikni oldini olish; milliy va
umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarash va qadrlashni o‘rgatish;
o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilishga odatlantirish; Konstitutsiyaviy burch va
majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish; faol
fuqarolik burchini shakllantirish; jamiyat oldidagi burch-majburiyatlarni tarkib
toptirish kabilar kiradi.
8-sinfda “Davlat va huquq asoslari” fanidan o‘quvchilar huquqiy ta’limga oid
asosiy tushunchalar; davlat organlari, idora va tashkilotlari, ularning asosiy
vazifalari hamda tizimi; davlat shakllari, davlat tuzilishi shakli, davlat boshqaruv
shakli, davlat boshqaruvini amalga oshirishning demokratik va g‘ayridemokratik
usullari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari; axloq tushunchasi, axloqning jamiyat
hayotida tutgan o‘rni, axloq va huquqning o‘zaro munosabatlari hamda ular
orasidagi farq; huquqning paydo bo‘lishi, huquq normalarini hayotga tatbiq yetish,
davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligi; huquq me’yorlarining mazmuni, huquq
me’yorlariga amal qilish, huquq me’yorlariga amal qilmaslik oqibatlari, huquq
me’yorlarining amal qilish muddatlari to‘g‘risidagi tushunchalarini; demokratik-
huquqiy davlat tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari; fuqarolik jamiyati
tushunchasini; Prezident asarlaridagi davlat va huquqqa, davlat va jamiyat hayotiga,
davlat va uning organlarini isloh qilish va rivojlanishiga oid asosiy g‘oyalarni; huquq
tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishi, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni
tartibga solishdagi ahamiyatini; huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish
yo‘llari va muammolarini, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat
va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini; davlat boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi
Parlamentining konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilishi, milliy davlat tuzilishi
masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga chiqarishi borasida zarur chora-tadbirlar
belgilashini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish ko‘rishini;
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida
bola huquqlari kafolatlarining belgilanishini; O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida voyaga yetmaganlar tushunchasi, ularga qo‘llaniladigan huquqiy
aktlarni; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, oila, mapmuriy, fuqarolik protsessual,
jinoyat, jinoyat protsessual kodekslarida voyaga yetmaganlarning huquqiy holatlari,
jinoyati belgilarini; oilada (bola) voyaga yetmaganlarning huquqlari, fuqarolik
tushunchalari, fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashlari zarur.
Shuningdek, o‘quvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib
o‘tiladigan darslarda davlat boshqaruvi shakllarining o‘zaro farqini ajratish; davlat
boshqaruvi va tuzilishi shakllarining farqini tushunish; davlat va huquqning o‘zaro
bog‘liqligini asoslay olish, fikrini misollar bilan to‘ldira bilish; davlat organlarini va
ularning tizimiga oid tushunchalar orqali ularning farqini bilish; Prezident asarlarida
ilgari surilgan O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyati qurish to‘g‘risidagi asosiy g‘oyalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish; davlat
boshqaruvi va tuzilish shakllarini mustaqil tahlil qila olish; hozirgi zamondagi
davlatlar boshqaruvi va tuzilishi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish;
axloq va huquq normalarining o‘zaro munosabatlari va ularning farqlarini bilish, o‘z
hatti-harakatlarini ularga binoan amalga oshirish; milliy huquqning rivojlanishi
haqidagi bilimlarni egallash; voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari,
majburiyatlariga oid kazuslarni yecha olish; iqtisodiy, siyosiy, mapnaviy, maprifiy
sohalarga oid qonunlarning mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish
kabi huquqiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
9-sinfda o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi tarixiy shart-sharoitlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat
mustaqilligining asosiy belgisi, Konstitutsiyaviy huquq – huquq sohasining asosi,
Konstitutsiyaning
o‘ziga
xos
xususiyatlari,
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va
qonun ustuvorligi; inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, burchlari, O‘zbekiston
Respublikasida fuqarolik, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, ularning
kafolatlari; jamiyat va shaxs, shaxsning jamiyatdagi o‘rni; mulk shakllari;
O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning huquqiy holati; O‘zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati va uning tashkil etilishi, faoliyati; O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va uning huquqiy maqomi; fuqarolarning huquqlari,
burchlari va majburiyatlari, inson huquqlari va erkinliklarining kafolati; ta’lim
sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari haqida huquqiy
bilimlarni o‘zlashtirishlari lozim.
Shuningdek, huquq me’yorlari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lish va ularga
mos xatti-harakatlarni anglash; inson va fuqarolarning huquqlari va burchlariga oid
huquqiy hodisalarni tushunib, tahlil qilish; Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan
olgan bilimlari asosida referatlar tayyorlay olish; zarur hollarda davlat hokimiyati
tarmoqlari: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga murojaat etish;
Konstitutsiyaviy huquqqa oid tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish;
alohida shaxs va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini tahlil qila olish; mulk
va mulkchilik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish; o‘z hatti-
harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshirish; davlat
hokimiyati va uning tarmoqlari funksiyalarini tahlil qila olish kabi huquqiy
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi
“O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-
sonli Qaroriga ko‘ra umumta’lim maktablarining o‘qitish dasturlarini, jumladan,
huquq fanlari dasturlarini isloh qilish, to‘qqiz yillik umumiy o‘rta ta’limning sifat
jihatidan yangi tizimini yaratish, uning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan
davomiyligini va uzviy bog‘liqligini ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan.
Huquq fanlari dasturlari o‘quvchilarning muntazam bilim olishini, ularda bilim
olish ehtiyojini rivojlantirishni, asosiy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni
shakllantirishni; o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb
tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilishni; milliy va umumbashariy
qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni
tarbiyalashni, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishni; 1-9-sinflar
o‘quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi o‘qitish
dasturlari bilan o‘zaro uzviy bog‘lanishini ta’minlashi lozim.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq o‘qish
muddati 9 yil bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim (maktabning I-IX sinflari) majburiy
hisoblanadi. U boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda uzluksiz
ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’limning ushbu turi maqsadlari va
vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, psixologik-pedagogik, uslubiy,
moddiy-texnikaviy va sanitar-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi. Davlat ta’lim
standartlariga muvofiq o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash hamda o‘quvchilarning
ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi
hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim barcha bilimlar kabi huquqiy bilimlar zarur hajmiga asos
soladi, o‘quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari va huquqiy xulq-atvor, amaliy
tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasb yo‘nalishini va ta’limning
keyingi bosiqichini tanlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib,
umumiy o‘rta ta’limda huquq fanlarini o‘qitishning quyidagi vazifalari belgilangan:
Birinchidan, o‘quvchilar tomonidan muntazam huquqiy bilimlar olinishini
ta’minlash, ularda huquqiy bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, tayanch o‘quv, ilmiy
va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
Ikkinchidan, o‘quvchilarda ongli mehnat intizomi ko‘nikmalarini, ijodiy
mustaqil, huquqiy fikrlashni, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni
hosil qilish;
Uchinchidan, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish
asosida o‘quvchilarda yuksak ma’naviy-huquqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z
Vataniga va xalqiga sodiq huquqiy savodxon fuqaroni shakllantirish;
To‘rtinchidan, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, maktab o‘quv
dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi “Huquqshunoslik”,
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” o‘quv dasturlari bilan uzviy o‘zaro
bog‘lanishini ta’minlash.
O‘quv fanlari va umumiy ta’lim dasturlari ro‘yxati umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
O‘quvchilar bilimi sifatini va o‘qitish natijalarining davlat ta’lim standartiga
muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini
o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat - so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar
tarzida o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam nazorat
qilinadi;
oraliq nazorat - chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi
tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini baholash
uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar
shaklida o‘tkaziladi;
bosqichli nazorat - o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test
sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va
o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
yakuniy nazorat - o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |