yo‘naltirilishi, huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi,
bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor
bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar
olishi, kelgusida o‘qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi,
aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta’kidlangan.
Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga
o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o‘z
huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish,
burchlarini bajarish,
jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.
Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan
mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakl va
vositalarini joriy etish, moddiy-texnik bazani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan
demokratik islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - adolatli fuqarolik jamiyatini
shakllantirish va demokratik huquqiy davlat barpo etishdir.
Aholining, ayniqsa,
yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini hamda konstitutsiyaviy-huquqiy
bilimlarini oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar
va islohotlar samaradorligining muhim shartidir. Shu bois aholi o‘rtasida inson
huquq va erkinliklari, qonunga qat’iy rioya etadigan fuqarolarning xatti-
harakatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, o‘zining konstitutsiyaviy
huquqlarini anglab yetish, Vatani, sodir bo‘layotgan voqealarga daxldorlik hissini
oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasida qator vazifalar
hal etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi”da “...bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan
holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar
targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora-
tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi
aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi,
fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi”, - deb
qayd etgan edi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda huquqiy ta’lim-
tarbiya tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Dastlab ijtimoiy munosabatlarning
mustahkam huquqiy asoslarini belgilovchi qator normativ-huquqiy
hujjatlar qabul
qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13
iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi
to‘g‘risida”gi 296-sonli Qarori, Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda
tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”
to‘g‘risidagi 466-1-sonli Qarori va shu qaror asosidagi Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 29-maydagi 235-sonli “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy
dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga
yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi
Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar
tayyorlash
Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-
iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini
yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni, 1997-yil 6-
oktyabrdagi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish,
barkamol avlodni voyaga yetkazish” to‘g‘risidagi Farmoni, 2001-yil 4-yanvardagi
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi
farmoyishi, 2004-yil 1-iyuldagi “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish
davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini
taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” Qarori shular jumlasidandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimiga ilg‘or
pedagogik
texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi belgilandi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim
texnologiyalarini yaratish va ularni huquqiy ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llash,
birinchidan,
huquqiy ta’limni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish
maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish;
ikkinchidan,
an’anaviy
o‘qitish tizimida yozma va og‘zaki usullarning ijobiy tomonlarini qo‘llash;
uchinchidan,
huquqiy axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi sababli ularni
tizimli ravishda yoritish va tushuntirish;
to‘rtinchidan,
har bir ta’lim oluvchining
potensial imkoniyatlarini rivojlanish kabilarni taqazo etadi.
Oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga
oshirgan ishlar hech kimdan
kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy, ijtimoiy-
huquqiy yuksalishida mustahkam zamin yaratdi.
Davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga
oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Konstitutsiya alifbosi”,
“Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Davlat va huquq asoslari”, “Konstitutsiyaviy
huquq asoslari” fanlari bo‘yicha darslar joriy etildi.
Prezident I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida
ta’kidlaganidek, «Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rgatishni,
maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida
o‘rganishni bugun barcha mutassaddi rahbar va tashkilotlarimizga topshiriq
tariqasida
aytmoqchiman.
Toki
unib-o‘sib
kelayotgan yosh avlodimiz
Konstitutsiyaning ma’no-mazmunini, u xalqimizning
istiqlol yillarida erishgan
ulkan tarixiy yutug‘i ekanini teran anglab yetsin»
16
.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquqiy ta’limga doir qabul qilingan Davlat
ta’lim standarti, o‘quv dasturi kabi me’yoriy hujjatlarning maqsadi yuqoridagi
vazifani amalga oshirishda muhim hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim standartining asosiy maqsadlaridan biri kuchli huquqiy
demokratik davlat qurishda yoshlarimizning huquqiy ongini oshirish, qonunni
yoshlarning hayotiy dasturiga aylantirish, jamiyatda ularning huquqiy faolliklarini
oshirishdan iborat, deb belgilangan. Huquqiy ta’lim standartining oldiga qo‘yilgan
Do'stlaringiz bilan baham: