Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi



Download 32,77 Kb.
bet1/7
Sana06.08.2021
Hajmi32,77 Kb.
#139692
  1   2   3   4   5   6   7

Kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasini isloh qilish. 2soat.

Reja:

  1. Ta’lim tizimidagi islohatlar: “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.

  2. Tarix-xalq ma’naviyatining asosi.

  3. O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi Qonuni


Tayanch iboralar: Ma’naviy kamolot, milliy mafkura, milliy istiqlol g’oyasi, qadriyatlar, ma’naviy meros, Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
1. Ta’lim tizimidagi islohatlar: “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.

Ma'lumki ta'lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-madaniy hayotining muhim tarmog'idir. Ta'lim asoslari O'zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Ta`lim to'g'risida»gi Qonun bilan kafolatlangan.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyul-dagi qaroriga asosan «Ta'Nt to'g'risida»gi O'zbekiston Respublika­sining Qonuni amalga kirdi.

Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy rivojlantirish-ning ustuvor sohasi ekanligi e'tirof etilgani holda ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va boshqaru-vi tartibi, ta'lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi.

Xalq ta'limi xodimlari hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta'limi sohasini barcha yo'nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo'l ochdi.

Oliy o'quv yurtlari mamlakat ta'lim tizimida yetakchi bo'g'indir. Chunki oliy maktab O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlovchi milliy boylikning o'sishiga imkon yaratuvchi, kuchli, qat'iyatli mu-taxassislar shu bo'g'inda tayyorlanadi.

Ma'lumki, sho'rolar hukumati davrida hukmron tuzum o'zining jahonda eng insoniy, eng odil va eng demokratik, eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi eng o'qimishli mamlakat», «oliy ma'lumotli mutaxas-sislar soniga ko'ra jahondagi birinchi davlat» degan soxta ta'riflar rasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviq qilinardi.

Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o'rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko'rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko'p bo'lgani bilan jahoniy an-dozalar darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kom-munistiq jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o'sha yolg'on va o'lik g'oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekani shubhasiz.

Shuning uchun O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalari singari ta'lim sohasini ham tub-dan isloh qilish vazifasi jamiyat oldida ko'ndalang bo'ldi. Chunki sho'ro hukumati boshqa sohalar singari milliy kadrlar tayyorlash masalasida ham riyokorona siyosat olib borardi. Eng nufuzli, jahon mezonlariga javob beradigan mutaxassislar yetishtiradigan o'quv muassasalari aksariyat Markazda-Rossiyada joylashgan bo'lib, it-tifoqdosh respublikalar, xususan O'rta Osiyo mintaqasidan bu dar-gohlarga sanoqli vakillargina qabul qilinar, bunday imkoniyat che-garalangan edi. Natijada milliy respublikalarda noyob ixtisosga ega mutaxassislar yetishmaydi, degan muammo sun'iy ravishda vujudga keltirilib, bu yurtlarga ming-minglab «o'z odamlari» jo'natilar edi.

Shu bois istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o'quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o'zgartirildi. Eng zamonaviy, shu paytgacha bo'lmagan eng zarur ixtisosliklar bo'yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshida Har­biy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiya-si, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoli va diplomatiya uni­versiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik instituti kabi o'nlab yangi o'quv muassasalari tashkil etildi.

Viloyatlarda ham yangidan-yangi o'quv yurtlari ochildi. Birinchi Prezident I.Karimovning 1992-yil 28-fevral Farmoni bilan 8 viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respubli-ka hukumatining izchil madaniy-ma'rifiy siyosatining yana bir da-lili bo'ldi. Bunday yangilanishdan ko'zda tutilgan maqsad birinchidan, viloyatlarda oliy universitet ta'limini tashkil etish, bu joylarda ilmiy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirishga, eng olis va chekka shaharlarni madaniy-ma'rifiy markazga aylantirishga asos bo'ldi. Ilmiy va ma'rifiy ishlar xalq hayotiga tobora chuqurroq kirib bora boshladi. Bu mamlakat aholisi ongi va dunyoqarashini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. Bevosita mehnat jarayoni bilan bog'liq odamlar endi ilmiy yangiliklardan doimo va o'z vaqtida xabardor bo'lib bor-dilar. Yangidan-yangi ilmiy-texnikaviy ishlanmalar, ixtirolar yaratil-gan joyida tezroq ishlab chiqarishga joriy etilish imkonlari vujudga keldi.


Download 32,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish