namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari, shu
jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga
ega. Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin islom olamida yangi qonun va qoidalarni
paydo bo’lish jarayonini to’xtadi. Ana shu davrdan
boshlab barcha huquqiy
muammomalar Qur`oni Karimda va Payg’ambar alayhissalom sunnatlarida
korsatilib berilgan vaqonun qoidalar hal etilib xuquqiy tarbiya beriladigan boldi.
Islom huquqshunosligi asosan Qur`oni Karim va sunnati nabaviya asosida
shakllandi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hadislarni jamlab kelajak avlodni
huquqiy tarbiyalash ehtieji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd ibn
al-Xasanning «Majma` ul-fiqh», Malik ibn Anasning «al Muvatga» nomli vaAhmad
ibn Hanbaning «al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ushbu
hadislarning mualliflari mavjud hadislarni saralab toplashni ozlariga vazifa qilib
qoymasdan, muayan huquqiy tarbiyaga javob beradigan
zarur hadislarni toplash
bilan chegaralangan. keyinchalik bu hadis ilmi bilan shug’ullanadigan olimlar
tomonidan davom ettirildi.Ulardan butun islom olamida e`tirof etiladigan «Olti
ishonchli toplam» ( kutub assahih assitta) deb yuritiladigan toplamlar alohida orin
tutadi. Bular Imom al-Buxoriy va imom Muslimlarning «Jome` as-sahih» (ishonchli
toplam) an Nasoiy, Abu Dovud, atTermiziy va ibn Mohjalarning «As sunnan» nomli
hadislar toplamlaridir. Buyuk islom olimi, faqih burhoniddin al-Marg’inoniy Qur`on
va Hadisni mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya
chuqur bilimga ega bolgan va huquqiy tarbiya sohasida beqies durdonalar yaratgan.
U ta`limni dastlab Marg’ilonda, keyinchalik Samarqandga kochib borib, butun islom
olamida mashhur «Al hidoya» asarini 573 yili (1170) ezgan.Bu asar ovrupo xalqlari
tillariga
tarjima qilinib, katta qiziqish bilan organilganligidan uning kopgina
mamlakatlarda hun`un` ilmi rivojiga sezilarli ta`sir korsatganligiga shubha yoq.
Jumlada «Al hidoya»ning ingliz tilidan Vishnegorskiy tarjima qilib, N.M.Grodakov
tahriri ostida 1893 yili Toshkentda rus tilida nashr etilishi fikrimizning dalilidir. «
Al hidoya» bir necha asrlar davomida kop musulmon mamlakatlarida, jumladan,
markaziy Osieda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik asosiy manbalardan bolib keldi.
1917 yilgi tontarishdan keyin ham, to 1930 yillargacha shariat qonun-qoidalari bekor
qilinib, shoro huquq tizimi joriy qilingunga qadar u amalda boldi. 100 Chor
Rossiyasi tomonidan Markaziy Osieni zabt etishdan
to Oktyabr tontarishgacha
mustamlakachilik zulmini otkazishda yaxshi ish bergan hujjatlar 1865 yilgi
«Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom», 1867 yilgi « Ettisuv
vaSirdare viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom», 1886 yilgi G` Turkiston
olkasini boshqarish haqidagi Nizom», Chor Rossiyasi bilan Buxoro amirligi va Hiva
xonligi ortasidagi tuzilgan shartnomalar, Turkiston generalgubernatori
tomonidan
tasdiqlanib, xonlik va amirlik hududidagi rus fuqarolarining huquqlarini, mulklarini,
shaxsini ximoya qilish haqidagi huquqiy tarbiyaga oid hujjatlarni organish
oquvchilarda katta qizig’ish uyg’otadi.
SHarqda taraqqiy etgan ta’lim-tarbiya to’g’risidagi ta’limotlarni o’rganishda
falsafa,
huquqshunoslik, sharqshunoslik, tarix, filologiya, pedagogika sohasida ish
olib borgan H.Boboev, A.Jo’zjoniy, V.Zohidov, A.Zunnunov, M.Inomova,
Z.Muqimov, S.Nishonova, A.Saidov, H.Samatova, M.Xayrullaev, O.Eshonov,
SH.O’razaev, K.Hoshimov kabi olimlar alohida o’rin egallaydilar
3
. Ular ta’lim-
tarbiya sohasida huquqiy ta’lim-tarbiyaning, jumladan, huquqshunoslik,
fiqhshunoslik, hadisshunoslik yo’nalishlarining rivojlanishida juda ko’p ijobiy
natijalar ro’y berganligini isbotlab berganlar.
Tadqiqot jarayonida O’zbekiston hududida huquqiy ta’lim tizimining
shakllanishi va rivojlanishini
Do'stlaringiz bilan baham: