102
103
mijozning manfaatlarini himoyalash zarurati bilan bog‘liq
bo‘lgan vaziyatlar tufayli boshqa narsa kelib chiqmasa;
— mijozning talabiga ko‘ra unga topshiriqning bajarilish
jarayoni
haqida axborot berish;
— mijozga topshiriqni bajarish borasida amalga oshirilgan
bitimlar bo‘yicha olingan barcha natijalarni zudlik bilan
topshirish;
— topshiriq bajarilganidan keyin darhol mijozga amal
qilish muddati tugallanmagan ishonch qog‘ozini qaytarish
va agar shartnoma shartlari hamda topshiriqning xususiyatiga
ko‘ra talab etilsa, oqlovchi hujjatlar ilova qilingan hisobotni
taqdim etish;
— agar mijozning bitim narxini to‘lashiga ishonch bo‘l-
masa, qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish uchun topshiriq shart-
nomasini tuzmaslik;
— agar mijoz haqiqatan ham ushbu qimmatli qog‘ozlarga
va ularni topshiriq berilgan yildan boshlab 5 ish kuni ichida
investitsiya vositachisi ixtiyoriga topshirishining kafolati bo‘l-
masa, qimmatli qog‘ozlarni sotish
uchun topshiriq shart-
nomasini tuzmaslik;
— bitim bajarilganidan keyin yoki topshiriqning amal
qilish muddati tugashi bilan mijozga qimmatli qog‘ozlar
bilan bitimlarning tuzilganligi yoxud tuzilmaganligi va uning
natijalari haqida zudlik bilan xabar qilish; mijoz nomidan
qimmatli qog‘ozlar bilan ketma-ket
operatsiyalarni bajarish
uchun yoki mijozning aktivlarini boshqarish haqida mijozdan
ishonch qog‘ozini olish chog‘ida ishonch qog‘ozida kelishilgan
vakolatlar doirasiga qat’iy amal qilish, ishonch qog‘ozida
mijoz va brokerning o‘zaro munosabatlariga taalluqli barcha
shartlar belgilanishi lozim.
Dilerlarning majburiyati quyidagilardan iborat:
— qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzilgunga qadar
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va sotishning qat’iy bosh-
lang‘ich narxlarini ochiqcha e’lon qilish;
— ularga qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish
taklifi ila murojaat qilgan shaxslar bilan qimmatli qog‘oz-
larning oldindan e’lon qilingan narxlari va miqdoriga muvofiq
bitimlar tuzish hamda bunday bitimlarni tuzishdan bo‘yin
tovlamaslik.
Investitsiya brokeri – tashkilotning investitsiya vositachisi
bo‘lgan xodimi; investitsiya vositachisi – yuridik shaxs –
qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik (va dilerlik) faoliyatini
amalga oshiruvchi
investitsiya muassasasi; yakka tartibdagi
investitsiya vositachisi – maxsus shaxodatlashdan o‘tgan,
mahalliy hokimiyat idoralarida qimmatli qog‘ozlarning birja
bozorida yakka tartibdagi brokerlik va dilerlik faoliyatini
yuritishga ruxsat olgan jismoniy shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: