104
105
tavsiyalar berish huquqiga ega emas, faqatgina unga mustaqil
qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni berishi
mumkin.
Investitsiya maslahatchilari quyidagi ishlar turlarini amal-
ga oshiradi:
— aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish hamda qimmatli
qog‘ozlarni muomalaga chiqarish konsepsiyalarini ishlab
chiqish, emissiya risolasini tayyorlash, emissiya risolasini
davlat tomonidan vakolatlangan organlarda ro‘yxatdan o‘t-
kazishga ko‘maklashish;
— davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga aylan-
tirish bilan bog‘liq ishlarni
tayyorlash va ularni amalga
oshirish, ta’sis hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda
ularni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish, qimmatli qo-
g‘ozlar nashrini depozitariyda ro‘yxatdan o‘tkazish, xususiy-
lashtirilayotgan korxonaning aksiyalashtirish va shunga o‘x-
shash masalalar bo‘yicha manfaatlarini davlat boshqaruvining
barcha idoralarida ifoda etish;
— kasbga o‘qitish (qimmatli qog‘ozlar bozori sohasida
mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash);
—
emitentlar,
sarmoyadorlar, investitsiya muassasalari
bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish, qimmatli qog‘ozlar
bozorining ishtirokchilariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish:
maxsus byulletenlar, axborotnomalar chiqarish,
buyurtma
bo‘yicha emitentlarning faoliyati, ularning qimmatli qog‘oz-
lari haqidagi axborotni taqdim etish, vositachini tanlash
bo‘yicha tavsiyalar berish va h.k.;
— mijozning topshirig‘iga ko‘ra u yoki bu qimmatli
qog‘ozlarning reklama qilinishini tashkil etish;
— emitentlar, investitsiya muassasalarining fond bo-
zoridagi faoliyati bilan bog‘liq konsalting xizmatlari (kontr-
agentlar, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, aksiya-
dorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
berish);
— qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga ushbu bo-
zorga oid qonun hujjatlari bo‘yicha maslahatlar berish;
— qimmatli qog‘ozlarning birja savdolariga kiritilishiga,
shu jumladan, listing tadbiridan o‘tish uchun zarur bo‘lgan
hujjatlarni tayyorlashga yordam ko‘rsatish;
— investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularni eksper-
tizadan o‘tkazish;
— qimmatli qog‘ozlar bozoridagi
vaziyatni tahlil qilish
(narxning vujudga kelishi, bozor kon’yunkturasini taxmin
qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilish imkoniyati
va h.k.);
— bitimlarni tuzishda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirok-
chilarining manfaatlarini ifoda qilish, kontragentlar o‘rtasidagi
nizolarni betaraf hakam sifatida bartaraf etish;
— investitsiyani amalga oshirish uchun emitentni va uning
qimmatli qog‘ozlarini baholash va sarmoyadorning loyihada
ishtirok etishdan bosh tortganligi munosabati bilan investitsiya
mablag‘larini qaytarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: