Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Tayanch so‘z va iboralar
Aksiyador
Moliyaviy resurs
Ochiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
Nazorat paketi
Ustav fondi
Moliyaviy majburiyat
Yopiq aksiyadorlik jamiyati
Rezerv fondi
Dividend
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Aksiyadorlik jamiyatining ta’sischilari kimlar bo‘lishi mumkin?
2. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi qancha?
3. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi qanday?
4. Direktorlar kengashining vazifalarini aytib o‘ting.
5. Aksiyalarga dividend to‘lash tartibini tushuntiring.
4-MAVZU
INVESTITSIYA MUASSASALARI.
INVESTITSIYA MUASSASALARIGA UMUMIY TA’RIF
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat

qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muo-
malasi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha litsen-
ziyalanadigan faoliyat turi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat qim-
matli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli
davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga
oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan
mustasno.
Investitsiya muassasalari – bu qimmatli qog‘ozlar bilan
o‘z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qim-
matli qog‘ozlar bozorining professiopal ishtirokchilaridir.
Investitsiya muassasasi bo‘lgan yuridik shaxsning ustavida
uning asosiy faoliyat turi albatta ko‘rsatilishi kerak (bu –
investitsiya muassasalarini oddiy xo‘jalik yurituvchi subyekt-
laridan ajratib turuvchi birinchi xususiyat). Boshqa mamla-
katlarda investitsiya muassasalari qimmatli qog‘ozlar bozo-
rida o‘z faoliyatini maxsus faoliyat sifatida amalga oshiruvchi
tashkilot, deb ta’riflanadi.
Mamlakatimiz fond bozori rivojlanish bosqichida bo‘lib,
qimmatli qog‘ozlarning likvidligi yuqori bo‘lmagan hozirgi
sharoitida investitsiya muassasasi maqomini olishga da’vo-
garlik qiluvchi tashkilotlar uchun bunday sharoitda o‘z
faoliyatini amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun
fond bozorida ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar shakllanish
bosqichida o‘zlarini ular faoliyatining taqiqlanmagan boshqa


96
97
aniq investitsiya muassasasining faoliyati bilan qo‘shib olib
borilishidan olingan daromadlar hisobidan qo‘llab-quvvat-
lashi hech qanday xavfli emas.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat
quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
— investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);
investitsiya maslahatchisi;
— investitsiya fondi;
— investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
— depozitariy;
— hisob-kitob — kliring palatasi;
— transfer-agent;
— qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdosi tash-
kilotchisi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli
qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish
uchun yoki mazkur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya
berilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional
faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog‘ozlar
bozorida professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish
uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi.
Faqat qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka
guvohnomasi bo‘lgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxs-
lar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qog‘ozlar
bozorining professional ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Qim-
matli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi
uch yil muddatga beriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amal-
ga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati,
qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat
bilan birga qo‘shib olib borilishi mumkin emas.
Depozitariyning professional faoliyatini birga qo‘shib olib
boruvchi transfer-agent investitsiya vositachisining profes-
sional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Professional faoliyatni birga qo‘shib olib borish va qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga doir qo‘shim-
cha cheklovlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoridagi har xil faoliyat
turlarining birlashtirilishi bir shaxsning o‘ziga investitsiya
muassasasining har xil turlari sifatida faoliyat yuritish uchun
bir necha litsenziyalarni berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Investitsiya muassasalari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar
qatnashishi mumkin. Yuridik shaxs hisoblangan investitsiya
muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Investitsiya
muassasalarining litsenziyalanishi ular faoliyatining davlat
tomonidan nazorat qilinishini anglatadi. Qimmatli qog‘ozlar
bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozorni tartibga
soluvchi organning muayyan litsenziyasi to‘g‘ri keladi. Jis-
moniy shaxslar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya
maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat
ko‘rsatishi mumkin. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun
jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar
sifatida ro‘yxatga olinishi hamda fond bozorini tartibga
soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shaxrdat-
nomasiga va litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka sha-
xodatnomasi 3 yil muddatga beriladi.
Investitsiya muassasalarining ikkinchi o‘ziga xos xususiyati
shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan:
— investitsiya muassasalarining rahbarlari;
— investitsiya muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bilan
investitsiya muassasasi nomidan bitimlar tuzishda bevosita
ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi muta-
xassislari fond bozorining ahvoli uchun mas’ul bo‘lgan organ-
da majburiy ravishda shaxodatlashdan o‘tishlari kerak.


98
99
Investitsiya muassasasida ishlovchi va qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga imzo chekish
huquqiga ega bo‘lgan shaxodatlashdan o‘tgan mutaxassislar
kamida ikkita xususiyatga ega bo‘lishi zarur.
Nihoyat, investitsiya muassasalarining uchinchi o‘ziga
xos xususiyati shuki, ular yetarli darajadagi o‘z mablag‘lariga
ega bo‘lishi lozim. O‘z mablag‘lari deganda ustav, qo‘shimcha,
zaxira fondlari va bevosita foydadan tashkil topgan mablag‘lar
hajmi tushuniladi. Investitsiya muassasalarining muayyan
turlari uchun belgilangan majburiy iqtisodiy me’yorlarning
mohiyatini keyingi boblarda ko‘rib chiqamiz.
Yuqorida ta’kidlanganidek, 1996-yilgacha O‘zbekiston
fond bozorida istalgan professional faoliyat turini amalga
oshirish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorida vositachilik fao-
liyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega
bo‘lishning o‘zi yetarli edi. Bu yilga kelib asosan brokerlik,
dilerlik, maslahat va depozitar (yagona, ammo yirik «VAQT»
Milliy depozitariy doirasida) kabi faoliyat turlari rivoj topdi,
bunda ayniqsa broker – dilerlik faoliyatini maslahat faoliyati
bilan birga olib borish kuchli taraqqiy etdi.
Quyida biz 01.01.2011 dekabr holatiga ko‘ra qimmatli
qog‘ozlar bozorida professional faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
investitsiya muassalalari haqidagi ma’lumotni ko‘rishimiz
mumkin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish