82
83
— jamiyat kuzatuv kengashi tarkibi va sonini belgilash,
uning a’zolarini saylash hamda vakolatini muddatidan oldin
tugatish;
— e’lon qilingan aksiyalarning chegara miqdorini bel-
gilash, ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
— o‘z aksiyalarini sotib olish;
— aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organini tashkil etish
(saylash, tayinlash, yollash)
uning vakolatini muddatidan
oldin tugatish, agar bu jamiyat ustavida kuzatuv kengashining
vakolatiga kiritilmagan bo‘lsa;
— jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchini)
va ularning saylash vakolatini muddatidan oldin tugatish,
jamiyatning auditorini tasdiqlash;
— yillik hisobotlari, buxgalterlik balanslari, foyda va
zararlar
hisobraqamlarini tasdiqlash, jamiyatning foyda va
zararlarini taqsimlash;
— aksiyaga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni xarid
qilish uchun aksiyadorning ustunlik huquqi qo‘llanilmasligi
haqida qaror qabul qilish;
— aksiyalarni maydalash va birlashtirish;
— jamiyat aktivlari balans qiymatining 50 foizidan ko‘pini
tashkil qiluvchi mol-mulk bilan yirik bitimlarni, shuningdek,
bitim bo‘yicha to‘lov summasi va bitimning predmeti bo‘lgan
mol-mulkning qiymati jamiyat aktivlarining 5 foizidan ortiq
bo‘lgan manfaatli bitimlarni tuzish.
Aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlarning navbatdan
tashqari umumiy yig‘ilishi ham o‘tkazilishi mumkin Kuzatuv
kengashining qarori,
taftish komissiyasi, auditor yoki ja-
miyatni ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik
qiluvchi aksiyadorlarning talablari uni o‘tkazish uchun asos
bo‘ladi. Bunda yig‘ilish uni o‘tkazish haqida talablar qo‘-
yilgan vaqtdan boshlab 45 kundan kechiktirilmagan muddatda
o‘tkazilishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida aksiyadorlarning shaxsan
o‘zi yoki ularning vakillari ishtirok etishi mumkin. Aksiya-
dorlar umumiy yig‘ilishi faqat unda hammasi bo‘lib tar-
qatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning 60
foizidan ortig‘iga egalik qiluvchi aksiyadorlar, shu jumladan,
25 va undan ortiq foizli aksiyalar paketiga ega bo‘lgan
aksiyadorlar ishtirok etsa, kvorumga ega bo‘ladi Umumiy
yig‘ilishda ovoz berish, odatda, «bitta ovoz beruvchi aksiya–
bir ovoz» tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi. Agar jamiyat aksiya-
dorlarining soni yuztadan ko‘p bo‘lsa, ovoz berish faqat
byulletenlar bilan amalga oshiriladi. Bunday holatda maxsus
hisoblash
komissiyasi tuziladi, uning miqdori va xodimlari
tarkibi kuzatuv kengashining taklifiga ko‘ra aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: