Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Birinchi bosqich
(1992–1993y.y.). Bu bosqich uy-joy-
larning xususiylashtirilishi, yer uchastkalarining qishloq aho-
lisiga yordamchi xo‘jalik yuritish uchun shaxsiy tomorqa
qilib berilishi bilan tavsiflanadi (bu «kichik» xususiylashtirish,
deb nomlanadi). «Kichiq» xususiylashtirish davrida «Mahalliy
sanoat», «O‘zmaishiyuyushma» (maishiy xizmatlar ko‘rsa-
tish), «O‘zbeksavdo» kabi sohalarning kichiq va o‘rta obyekt-
lari mehnat jamoalariga imtiyozlar berilgan holda jamoa
korxonalariga hamda yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirildi.
Ikkinchi bosqich
(1994 – 1998-y.y.). Mazkur bosqichda
xususiylashtirish jarayoniga minglab o‘rta va yirik korxonalar
jalb etildi, bunda xususiylashtirish davlat korxonalarini ochiq
turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish yo‘li bilan olib
borildi (keng ko‘lamli xususiylashtirish). Aksiyalashtirish bilan
bir qatorda kichik biznes keng rivoj topdi. Aynan ushbu
davrda davlat korxonalari negizida paydo bo‘lgan aksiyadorlik
jamiyatlari aksiyalarining ommaviy muomalaga chiqarilishi
sababli fond bozori (aksiyalar bozori)ning tegishli segmentiga
asos solindi.
Uchinchi bosqich
(1998-yildan boshlandi). U Vazirlar
Mahkamasi tomonidan respublikaning xalq xo‘jaligi uchun
muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan va xususiylashtirilishi
mumkin bo‘lmagan davlat mulki obyektlari ro‘yxatining tu-
zilishi bilan tavsiflanadi. Hozirgi paytda mazkur ro‘yxatga
kirmagan deyarli barcha obyektlar va korxonalarda xususiy-
lashtirish jarayoni kechmoqda. Iqtisodiy rivojlanishning hozir-
gi bosqichidagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylash-
tirish respublikadagi yirik strategik davlat korxonalarining
mulkchilik shaklini o‘zgartirishga xalqaro texnik va moliyaviy
maslahatchilarni jalb etgan holda alohida yondashuv bilan
ajralib turadi.
Sharqiy Yevropa va sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamla-
katlarida – ya’ni Chexiya, Slovakiya respublikalari, Polsha,
Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda ommaviy xusu-
siylashtirish davlat korxonalari aksiyalarining aholi o‘rtasida
vaucher tarqatish yo‘li bilan yo bepul, yo bo‘lmasa, eng kam
to‘lovlar evaziga taqsimlanishini nazarda tutdi. 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish