Gollandcha kimoshdi savdosi . Savdolarni o‘tkazishning
mazkur usulida xaridorlarning buyurtmalari oldindan jam-
lanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan yoki
uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan
sirtdan ko‘rib chiqiladi. Yagona rasmiy narx belgilanadi, bu
narx xarid qilish uchun tushgan buyurtmalarning nashrning
butunlay sotilishi imkonini beruvchi (ajratilish narxi deb
nomlanuvchi) eng past narxiga teng bo‘ladi (ya’ni ushbu
narx va undan yuqori narxdagi buyurtmalarning summasi
nashrni butunlay qoplaydi). Boshqa variantlar ham mavjud,
unda buyurtmalar berilgan narxlar bilan qanoatlantiriladi,
yoki barcha buyurtmalar o‘rtacha o‘lchangan narx bilan
qondiriladi (bu narx ajratilish rasmiy narxidan yuqori). Shu
tariqa nashr butunlay xarid qilinadi. O‘zbekistonda bunday
usul davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining birlamchi
joylashtirilishi bo‘yicha kimoshdi savdolarini o‘tkazishda qo‘l-
laniladi, bunda kimoshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmlari
quyidagicha:
Respublika valuta birjasi tomonidan xaridorlar buyurt-
malarining yig‘ilishi;
— buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga
taqdim etish;
Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan xari-
dorlarning sirtqi bahslashuvi va narxning pastki chegarasini
belgilash (buyurtmalarining narxi ajratilish narxidan past
bo‘lgan xaridorlarni ajratib qo‘yish);
— buyurtmalarni qondirish.
Qo‘shaloq kimoshdi savdolari . Ular onkol bozorlari va
uzluksiz kimoshdi savdolari bozorlariga bo‘linadi.
Savdo-sotiqning mazkur usullari Yevropa fond bozorlarida
ishning qo‘shaloq tartibini tashkil etish uchun qo‘llaniladi:
birja savdolari boshlangunga qadar hamda ularning ochilishi
vaqtida onkol bozori tizimi bo‘yicha buyurtmalar jamg‘ariladi
va qondiriladi, so‘ngra esa, uzluksiz kimoshdi savdosi amalga
kiradi.
Onkol bozorlari . Savdolarni olib borishning bunday usu-
lida xarid qilish haqida buyurtmalar va sotish uchun takliflar
jamlanadi, ular so‘ngra narx takliflari, kelib tushish ketma-
ketligi hamda miqdor bo‘yicha taqsimlanadi. Ko‘rsatilgan
galma-gallikda buyurtmalar qanoatlantiriladi. Bir-biriga mos
tushgan buyurtmalar qiyoslanadi. Belgilangan qoidalarga ko‘ra
rasmiy kurs – buyurtmalar va takliflarning eng ko‘p miqdorini
qanoatlantirish mumkin bo‘lgan narx belgilanadi. Ushbu
buyurtmalar qanoatlantirilganidan keyin qolgan mavqelardan
amalga oshirilmagan buyurtmalar va takliflarning ro‘yxati
shakllanadi.