60
61
Banklarning depozit va jamg‘arma sertifikatlari bozori
.
Bu uncha katta bo‘lmagan bozor hisoblanadi. Bu yerda
qimmatli qog‘ozlarning emitentlari tijorat banklaridir. Ular-
ning soni bir nechagina, holos. Sarmoyadorlar – yuridik va
jismoniy shaxslar bo‘lib, ular bir necha mingtani tashkil
etadi. Bank sertifikatlarining ikkilamchi bozori yo‘q. Davlat
mazkur bozorda tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi. Bu
birjadan tashqari bozordir. Depozit va jamg‘arma sertifikat-
larining bozori Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari bozorlaridagi va-
ziyatning tahlili haqidagi batafsil ma’lumotlar «Birja» ga-
zetasida e’lon qilinadi.
Biz yuqorida faqat bozorlarning yiriklashgan segmentlarga
bo‘linishini ko‘rib chiqdik. Segmentlar ham o‘z
navbatida
kichiq segmentlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, aksiyalar
bozorini oddiy va imtiyozli aksiyalar, egasining nomi yozil-
gan va ko‘rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalar, yopiq va
ochiq aksiyadorlik
jamiyatlarining aksiyalari, yangi tashkil
etilgan kompaniyalar va xususiylashtirish natijasida davlat
korxonalari negizida barpo etilgan kompaniyalar aksiyalari
bozorlariga bo‘lish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotda bozorlarning boshqacha tasniflanishi
ham ko‘rib
chiqiladi, jumladan:
— muddatlar bo‘yicha – qisqa muddatli, o‘rtacha mud-
datli, uzoq muddatli va muddatsiz qimmatli qog‘ozlar bozorlari;
— emissiyada davlatning ishtiroki bo‘yicha – davlat qim-
matli qog‘ozlari bozorlari va korxonalar qimmatli qog‘ozlari
bozorlari;
— emitentlarning kelib chiqishiga ko‘ra – yangi tashkil
etilgan aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlari bozorlari
va xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida barpo etilgan
aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlarining bozorlari;
—
tarmoqlar, hududiy tamoyil bo‘yicha va h.k. O‘zbe-
kistonda, masalan, 90-yillarning boshida butun fond bozori
ikkita tarkibiy qism: tijorat banklari aksiyalari bozori va
yangi tashkil etilgan ko‘p ixtisosli aksiyadorlik jamiyatlari
aksiyalari bozorining yig‘indisini o‘zida namoyon qildi.
To‘laqonli qimmatli qog‘ozlar bozorini barpo etish, uning
barcha tarkibiy qismlarining mutanosibligini ushlab turish
maqsadida ushbu bozorni tartibga
solish va nazorat qilish
faqat alohida olib qaralgan moliyaviy vositaning amal qilishi
nazariyasi va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur
o‘rganib chiqqandagina mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari,
keskin raqobat tufayli nisbatan kichiq va o‘rta investitsiya
muassasalarining faoliyati faqat ularning alohida moliyaviy
vositalar bilan operatsiyalar
qilishga tor ixtisoslashuvi
sharoitida muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: