Toshkent «noshir» 2017



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Kuzatuv kengashi
Aksiyadorlik jamiyatining (aksiyadorlar umumiy yig‘i-
lishining maxsus vakolatiga kiruvchi masalalardan tashqari)
faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish kuzatuv kengashi tomo-
nidan amalga oshiriladi Agar jamiyatni ovoz beruvchi
aksiyalarining egalari bo‘lgan aksiyadorlar soni 30 nafardan
kam bo‘lsa, kuzatuv kengashining vazifalari jamiyat aksiya-
dorlari umumiy yig‘ilishining zimmasiga yuklatiladi. Kuzatuv
kengashining a’zolari aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
tomonidan saylanadi, bunda ular ijroiya organning a’zolari
bo‘la olishmaydi. Ovoz beruvchi aksiyalar egalarining soni
500 dan ortiq bo‘lgan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun
kuzatuv kengashi a’zolarining soni yetti kishidan kam bo‘l-
masligi, aksiyadorlarining soni ming kishidan ko‘p bo‘lgan
jamiyatlar uchun esa to‘qqiz kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Kuzatuv kengashining raisi kengash tarkibidan uning a’zo-
larining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi. Jamiyatning kuzatuv
kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan miq-


84
85
dorda qayta saylanishi mumkin. Ustav fondida davlatning
ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatidagi
davlatning vakili, shuningdek aksiyadorlik jamiyati aksiya-
larining davlatga tegashli paketini boshqarishga ishonch bil-
dirilgan shaxs (uning vakili) o‘z lavozimiga ko‘ra kuzatuv
kengashining a’zolari hisoblanadi va aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishi tomonidan saylanishi shart emas.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining vakolatlari:
— jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
— aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy
yig‘ilishlarini chaqirish;
— aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibini tayyorlash;
— aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga
ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish sanasini belgilash;
— aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga hal etish uchun
qonunchilikda belgilangan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
maxsus vakolatiga doir masalalarni kiritish;
— jamiyatning ustav fondini aksiyalar nominal qiymatini
oshirish yo‘li bilan e’lon qilingan aksiyalar miqdori va turlari
chegarasida oshirish, agar jamiyat ustaviga yoki aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq unga bunday huquq
berilgan bo‘lsa;
— obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish,
agar jamiyat ustavida boshqa narsa ko‘zda tutilmagan bo‘lsa;
— mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;
— jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obliga-
tsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, agar
jamiyat ustavida unga bunday huquq berilgan bo‘lsa;
— ijroiya organga to‘lanadigan mukofotlar va tovon pullari
miqdorini belgilash, agar jamiyat ustavida bu hol uning
vakolatiga kiritilgan bo‘lsa;
— jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan
mukofotlar va tovon pullarining miqdori bo‘yicha tavsiyalar
berish, auditorning xizmatiga haq to‘lash miqdorini belgilash;
— aksiyalar bo‘yicha dividendning miqdori va uni to‘lash
tartibi bo‘yicha tavsiyalar berish; jamiyatning zaxira va boshqa
fondlarini ishga solish;
— jamiyatni boshqarish organlarining faoliyat ko‘rsatish
tartibini belgilab beruvchi hujjatlarni tasdiqlash;
— filiallar barpo etish va jamiyatning vakolatxonalarini
ochish;
— jamiyatning sho‘ba va tobe korxonalarini tashkil etish;
— mol-mulkni xarid qilish va begonalashtirish bilan
bog‘liq yirik bitimlarni, shuningdek, manfaatli bitimlarni
tuzish.
— Kuzatuv kengashining majlisi uning raisi tomonidan
o‘z tashabbusi bilan, kuzatuv kengashi a’zosi, taftish komis-
siyasi yoki auditor, ijroiya organning, shuningdek, jamiyat
Ustavida belgilangan shaxslarning talabiga ko‘ra chaqiriladi.
Kuzatuv kengashining majlisini o‘tkazish uchun kvorum
Ustav bilan belgilanadi, lekin kengash a’zolarining 75 foizi-
dan kam bo‘lmasligi kerak. Kuzatuv kengashining qarorlari
unda ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan
qabul qilinadi.
Vazifalar kuzatuv kengashining raisi tomonidan kengash
a’zolarining o‘rtasida uning har bir a’zosi uchun aniq qilib
taqsimlanadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomo-
nidan kengashning har bir a’zosi uchun alohida mukofot
miqdori ham belgilanishi mumkin.
Quyidagi hollarda kuzatuv kengashining a’zolari shaxsiy
moliyaviy manfaatdorlikka ega hisoblanadi, agar kuzatuv
kengashi a’zolarining umr yo‘ldoshlari, ota-onalari, bolalari,
aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek, barcha affilyatsiya-
langan shaxslari:
— bitimning tomoni bo‘lib yoki unda vakil yoxud vo-
sitachi sifatida ishtirok etsa;
— bitimning tomoni bo‘lib yoki unda vakil yoxud vosita-
chi sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxs aksiyalari
(ulushi)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga ega bo‘lsa;


86
87
— bitimning tomoni bo‘lib yoki unda vakil yoxud vo-
sitachi sifatida ishtirok etayotgan yuridik shaxsning boshqaruv
idoralarida lavozimga ega bo‘lsa.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish