Tajriba ishi №1 Mavzu



Download 7,22 Kb.
bet1/2
Sana06.02.2022
Hajmi7,22 Kb.
#432092
  1   2
Bog'liq
1-tajriba ishi


Tajriba ishi №1


Mavzu: Telefon turlari ishlash printsiplari haqida tushuncha


Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza stansiyaga bogʻlanadi. har qaysi baza stansiyada "uyalar" boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning kattakichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza stansiyasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza stansiyalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari birbirlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, "telefon qilgan" boshqa abonentning raqamini qayd qilish, vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin.
Dastlab 20-asr 80-yillarida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalarga asoslangan, keyinroq Mobil telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Mobil telefonga doyr xalqaro hamkorlik dastlab koʻchma radioaloqa tizimi masalalari boʻyicha nemisfransuz tadqiqotlari natijasi sifatida pochta va kommunikatsiyalar maʼmuriy xodimlarining Yevropa konfederatsiyasi SERT (Conference des admi nistrations Europcennes des Postes et Telecommunications) rahbarligida tashkil etildi. 1982 yil bu int 26 Yevropa mamlakatini, aniqrogʻi pochta, telefon va telegraf aloqa RTT (Post, Telephone and Telegraph) maʼmuriy muassasalarini birlashtirdi. Shu tariqa Yevropa konferensiyam "Mobil aloqani ishlab chiqish boʻyicha maxsus guruh" (GSM) ni tuzdi. Keyinchalik u "Mobil aloqa global tizimi" deb atala boshladi. Yevropa hududida bu tizim 1993 yil arafasida toʻliq faoliyat koʻrsata boshladi. GSM tizimi boshidanoq xalqaro koʻlamdagi tizim sifatida ishlab chiqilgan. Barcha qitalardagi koʻp mamlakatlar unga qoʻshilgan. Mobil telefon tizimi inson hayotining barcha sohalariga kirib keldi. GSM tarmoklari abonentlarining soni dunyoda 200 mln. kishidan oshib ketdi (2005).
Oʻzbekistonda ham bir necha Mobil telefon kompaniyalari faoliyat koʻrsatmokda. Ular eng keng tarkalgan zamonaviy Mobil telefon aloqa standartlari — AMPS/ DAMPS, GSM, CD MA dan foydalanadi. Respublikada quyidagi bir necha Uyali telefon kompaniyalari faoliyat yuritadi: "Oʻzdunrobita" Oʻzbekiston — Amerika QK (1992 yilda ishga tushgan; Oʻzbekistondagi 1000 dan ortiq shahar va aholi yashash punktlarini ishonchli Uyali telefon aloqasi bilan taʼminlagan); BUZTEL GSM (Bakri Oʻzbekiston telekom) kompaniyasini Indoneziyaning "Bakri kommyunikeyshn" kompaniyasi 1996 yilda taʼsis qilgan (eng arzon tarifli kompaniya); COSCOM kompaniyasi Oʻzbekiston — Amerika QK (1997 yilda ishga tushgan; Oʻzbekistonda GSM tarmoqlari eng keng tarqalgan); "Oʻzmakom" kompaniyasi (Malayziyaning "Superior Kommyunikeyshne" kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokida 1996 yilda tashkil qilingan; asosan, Toshkent shahri va unga yaqin hududlarga xizmat koʻrsatadi); Koreyaning "Daewoo Unitel" kompaniyasi (1997 yilda ishga tushgan, Oʻzbekistonning barcha hududlariga xizmat koʻrsatadi), RWC (Rubicon Wireless Communications) Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi (1997 yilda ishga tushgan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xizmat koʻrsatish doiralarini borgan sari kengaytirib boradi). Oʻzbekistonda Mobil telefon xizmatiga ehtiyoj koʻpayayotganligi uchun yana boshqa yangi kompaniyalar tuziladi.
Telefon —  uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan telekommunikatsiyalar qurilmasidir. Odatda tovushning mexanik energiyasini elektrik signallar energiyasiga aylantirish, masofadan uzatish va uni qaytadan tovushga aylantirish prinsipi bilan ishlaydi.

Download 7,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish