Telefon (tele... olis va fon un = olisun) — 1) elektr signallarini tovush signallariga aylantirib beradigan elektrakustik asbob. Elektromagnitli, elektrodinamik va pyezoelektr xillarga bulinadi. Elektromagnitli T. eng keng tarkalgan. Uning asosiy elementlari doimiy magnit, chulgʻamli qutblar va membranadan iborat. Abonent "telefon kilganida" T. signalining oʻzgaruvchan elektr toki taʼsirida membrana tebranib, tovush hosil qiladi. T. telefon apparati, turli radiotexnika asboblari va boshqa kurilmalarda ishlatiladi;2) telefon apparatining qisqa nomi;3) telefon aloqannt qisqa nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |