xamda xususiy banklar tomonidan muomalaga chikarilgan banknotalar, veksellar mavjud edi . Xozirgi
kunda AQShda pul sifatida xukumat tomonidan muomalaga chikarilgan
nafakat tangalar va dollar
banknotalari, balki banklardagi mavjud xisobrakamlarga yozilgan cheklarni pul sifatida ishlatishingiz
mumkin. Turli davrlarda pul kurinishida xar xil tovarlar ishlatilishig karamasdan, pul doimo insonlar va
iqtisodiyot uchun muxim xisoblangan.
Pulning iqtisodiyotga tasirini tushunish uchun, pulning aynan nima ekanligini bilishimiz zarurdir. Ushbu
bobda pulning funksiyalari, iqtisodiyotni samaradorligini oshirishda ularning urni, pulning tarixiy
shakllari va ularni ulchashning yangi yondashuvlari kurib chikiladi.
Pulning mohiyati
Biz kunlik nutkimizda ishlatadigan ‖Pul‖ suzining mazmuni iqtisodchilar uchun aloxida moxiyatga ega
xisoblanadi. Yuzaga kelishi mumkin bulgan chalkashlikdan kochish maksadida, odatiy foydalanishdan
farkli ravishda iqtisodchilar tomonidan ―Pul‖ suzini kay tarika ishlatilishini aniklashtirib olishimiz lozim.
Iqtisodchilar pul (yoki pul massasi) ni cheksiz ravishda tovar va xizmatlarni ayirboshlashda, shuningdek
karz majburiyatlarini sundirishda qullaniladigan umumkabul kilingan tulov vositasi sifatida
belgilashadi. Dollar banknotalari va veksellardan tashkil topgan nakd pullar tulaligicha ushbu karashga
mos keladi va pullarning bir turi xisoblanadi. Kuplab odamlar pul xakida gapirishganda, nakd pullarni
nazarda tutishadi. (kogoz pullar va tangalar).Agarda, masalan, kimdir sizning oldingizga kelib,
shunday desa ― Pulingiz yoki xayotingiz , ―Pul deganda aynan nimani nazarda tutdingiz? ‖
deyishdan tiyilgan xolda siz tezda barcha pullaringizni unga tutasiz. Iqtisodchilar pulning moxiyatini
fakatgina nakd pullar bilan cheklanishini juda xam tor deb xisoblashadi.
Cheklar xarid uchun tulov
vositasi sifatida ishlatilganligi bois, chek depozitlari xam pul urnida kuriladi. Ammo pulning moxiyatini
yanada kengrok aniklash zarur: xattoki amaliyotda jamgarma depozitlar nakd pullar va chek depozitlarga
tezda aylanganligi bois pulning urnida ishlatilishi mumkin. Shunday kilib, iqtisodchilar pul yoki pul
massasining umumiy va anik tushunchasiga ega emaslar. ―Pul‖ suzi tez-tez ―boylik‖ suzi bilan
sinonim sifatida ishlatilishi, tushunchaning moxiyatini yanada murakkablashtiradi.
Odamlar
tomonidan ―Joe juda xam boy – uning juda kup puli bor‖suzining aytilishi, nafakat uning nakd puli va
bankdagi depozitida kup mablag borligini, balki aksiyalari, obligatsiyalari, turtta mashinasi, uchta uyi va
yaxtasi borligini bildiradi. Uz navbatida, nakd pullar ―pul‖ suzining tor ma‘nosini anglatsada, ushbu
suzning ―boylik‖ ma‘nosida ishlatilishi juda xam keng ma‘nosini bildiradi. Iqtisodchilar pullarni (nakd
kurinishida,talab kilib olinguncha depozitlar va boshkalar) sotib olish uchun ishlatiladigan va boylik –
jamgarilgan mulkning kiymati sifatida farklashadi.oylik uz ichiga nafakat pullarni, balki boshka aktivlar
kurinishidagi obligatsiyalar, oddiy aksiyalar, san‘at asarlari, er, mebel, avtomobil va uyni uz ichiga oladi.
Sheyla – juda xam zur qalliq, unda juda xam ajoyib ish bor va kup pul ishlab topadi‖
kabi misolda
iqtisodchilar tomonidan ―daromad‖sifatida olingan kursatkich, odamlar tomonidan ―pul‖ sifatida
tavsiflanadi. Ammo daromad bir vakt birligida mablaglar okimini bildiradi. Aksincha, pul bu –ayni
vakt xolatiga ma‘lum bir summani ifodalovchi zaxira xisoblanadi. Agar sizga kimdir uning daromadi
1000 doll. ni tashkil qilganini ma‘lum kilsa, kaysi davr oralig‘ida (yilda, oyda, kunda) ishlab topilganligi
tug‘risida ma‘lumotga ega bo‘lmasdan, siz ushbu daromad kam yoki kup ekanligini ayta olmaysiz.
Kimdir sizga uzining chuntagida 1000 AQSh dollari borligini ma‘lum kilsa, siz ushbu summaning kam
yoki ko‘pligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz. Eslab utish joizki,
ushbu kitob cheklovlarsiz
tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashda qullaniladigan pulning umumkabul kilingan tulov
vositasi,shuningdek, daromad hamda boylikdan tashqari qarz majburiyatlarini so‘ndirish vositasi
sifatida o‘rganishga bag‘ishlangandir.Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda
mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida
mahsulot
ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan.
Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik
hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida
mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash
munosabatlarini
faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi;
ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining
vujudga kelishi;
ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta‘minlanganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: