1
. Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
2.
Qiymat shakllarining evolyusiyasi.
3
. Pulning mohiyati.Pulning funksiyalari.
Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi.
Pul deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan
bog‘liq ziddiyatlar va«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida
xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar
va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda
pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud
emas.Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash
munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy
ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib
kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi
omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi
rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda,
kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi
lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning
kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini
qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib
taqaladi. Ma‘lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur
bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash
munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida
ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha
mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi.
Demak, ayirboshlash ―A va ―B tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan
jarayon bo‘lib, ―A o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini B tomonning tovar yoki xizmati uchun
berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib,
―A‖ tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq
tovar yoki xizmatni oladi.
PUL NIMA?
Agar siz Amerikada mustakillik uchun kechgan urushdan ilgari yashaganingizda, sizning pullaringiz
asosan ispan kumush tangalardan iborat bular edi. (kumush tangalar «pieces of eight» deb nomlanar edi).
Fukarolik urushigacha bulgan davrda AQShda pulning asosiy shakllari sifatida oltin va kumush tangalar
Do'stlaringiz bilan baham: